Ii- mavzu. Talab va taklif nazariyasi


Chekishga bo`lgan talab miqdorini kamaytirishning ikki yo`li


Download 1.2 Mb.
bet7/16
Sana13.11.2023
Hajmi1.2 Mb.
#1770723
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16
Bog'liq
2 MAVZU.

Chekishga bo`lgan talab miqdorini kamaytirishning ikki yo`li


Jamiyatdagi siyosatchilar insonlar chekishining hajmini kamaytirishga ko`p harakat qilishadi. Ushbu maqsadga erishishning ikkita yo`li bor.
Birinchisi, sigareta va tamaki mahsulotlariga bo`lgan talab egri chizig’ini o`zgartirish kerak. Ya’ni istalgan turdagi sigaretalar haqida ommaviy axborot vositalaridan, televideniyadan chekishni ta’qiqlaydigan ko`rsatuvlarni qo`yish, sigareta qutilariga yozish kerak. Agar bu muvaffaqiyatli bo`lsa, sigaretalarga bo`lgan talab egri chizig’i 4 rasm (a)qismdagidek chapga siljiydi.

Rasm


Talab egri chizig’i va talab egri chizig’ing ko’chishi o’rtasidagi
Agar sigaret qutisidagi ogohlantirish chekuvchilarni kamroq chekishga ishontirsa, talab egri chizig’i chapga siljiydi. (a) qismda talab egri chizig’i D1dan D2ga siljiydi. Bir paketi 2$ bo’lsa, talab miqdori kuniga 20ta sigaretdan 10ta sigaretga tushadi. Natijada o’zgarish Anuqtadan B nuqtaga tushadi. Agar sigaret narxiga soliq oshsa, talab egri chizig’i o’zgarmaydi. Bunda talab egri chizig’ida turli nuqtalarda o’zgarishlarni ko’rishimiz mumkin. (b) qismda narx 2$dan 4$ga oshganda talab miqdori kuniga 20ta sigaretdan 12taga pasayadi. Natijada o’zgarish A nuqtadan C nuqtaga ko’chadi.

1 pachka sigaret narxi
Talab egri chizig’idagi o’zgarish
Chekishdan umidsizlantirish
siyosati natijasida talab egri chizig’ining chapga siljishi
1 pachka sigaret narxi
Talab egri chizig’idagi ko’chish
Sigaret narxlariga soliqning kutarilishi natijasida talab egri chizig’ining o’zgarishi



Kunlik chekiladigan sigaret miqdori Kunlik chekiladigan sigaret miqdori

Muqobil yo`llardan biri siyosatchilar sigaretalar narxini oshirishi kerak. Agar hukumat sigaret ishlab chiqarishga katta soliq joriy qilsa, masalan, soliqlar hisobiga sigaretalar narxini oshirish kerak. Yuqori darajadagi narx chekuvchilarni ular chekadigan sigaretalar miqdorini kamaytirishga undaydi. Shu sababdan, bu talabni oshirmaydi. Buning o`rniga 4-jadvaldagi (b) qismdagi kabi miqdorni kamaytiradi.


Narxni qanchaga o`zgartirsak, chekish hajmi kamayadi va qanchaga? Iqtisodchilar sigareta narxida qancha o`zgarish bo`lishi kerakligi yuzasidan izlanish olib bordilar. Ular aniqlashdiki, narxning 10 %ga oshishi talab hajmini 4 %ga qisqartiradi. O`smirlar sigareta narxiga ta’sirchan bo`lishadi. Narxning 10 %ga ortishi o`smirlar orasidagi chekishni 12 %ga kamaytiradi.

Xuddi shunday savol - sigaretalarning narxini oshishi marixuana kabi taqiqlangan dorilarga bo`lgan talabga qanday ta’sir qiladi. Sigareta va marixuana bir-birini to`ldiruvchi tovarlar hisoblanib, sigaretaning narxini oshishi marixuananing iste’molini oshiradi. Ko`pchilik ekspertlar sigaret narxini pasayishi tamaki va marixuanani paydo bo`lishiga olib kelishadi deb hisoblaydilar.
    1. Taklif


Biz endi bozorning ikkinchi tomonidan tahlilni davom ettiramiz. Yana bir marta fikringizni jamlang, keling muzqaymoq bozori haqida o`ylab ko`ramiz.

Download 1.2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling