Ii- mavzu. Talab va taklif nazariyasi
Misol: Talab va taklifning o`zgarishi
Download 1.2 Mb.
|
2 MAVZU.
Misol: Talab va taklifning o`zgarishi. Faraz qilaylik, issiq havo va bo`ron bir yozning o`zida sodir bo`ldi. Bu kombinatsiyani tahlil qilish uchun biz yana uch qadamga ergashamiz.
Biz ikkala chiziqning ham siljishini aniqlashimiz zarur. Issiq havo talab egri chizig’iga ta’sir etadi, chunki bu iste’molchilarning istalgan narxda sotib olishni xohlagan muzqaymoq hajmini o`zgartiradi. Bir vaqtning o`zida bo`ron shakar narxini oshirsa, bu muzqaymoq uchun taklif egri chizig’ini o`zgartiradi, chunki bu firmaning har qanday narxda muzqaymoq sotish hajmini o`zgartiradi. Egri chiziqlar biz avval tahlil qilganimizdek bir xil yo`nalishda o`zgaradi: talab egri chizig’i o`ngga siljiydi va taklif egri chizig’i chapga siljiydi. 12-rasmda bu o`zgarishlar tasvirlangan. 12-rasmdan ko`rinib turibdiki, ikkita mumkin bo`lgan natija talab va taklifning nisbiy o`zgarishiga bog’liq. Ikkala holatda ham muvozanatli narx oshadi. (a) rasmda taklif biroz tushganda talab ko`proq oshmoqda, muvozanatli miqdor ham oshmoqda. (b) rasm bilan qiyoslaganda, talab biroz oshganda taklif biroz tushmoqda, muvozanatli miqdor ham pasaymoqda. Shu sababli, bu hodisalar muzqaymoq narxini shubhasiz oshirmoqda, lekin sotilgan musqaymoq miqdoriga ta’siri ikki xil (bu ikki xil yo`l bilan ham ketishi mumkin). Xulosa. Biz muvozanat o`zgarishini tahlil qilish maqsadida talab va taklif egri chiziqlaridan qanday qilib foydalanishni uchta misolda ko`rib chiqdik. Biror hodisa taklif egri chizig’ini, talab egri chizig’ini yoki ikkala egri chiziqni o`zgartirsa, siz bu usullardan muvozanatli miqdor va sotilgan mahsulot narxiga qanday ta’sir qilishini prognoz qilishingiz mumkin. 4-jadvalda ikkala egri chiziqning har qanday kombinatsiyasida natija qanday bo`lishini prognoz qilish mumkinligi ko`rsatilgan. Talab va taklif usullaridan qanday foydalanish kerakligini tushunganlikka ishonch hosil qilish uchun bu jadvalga bir nechta ma’lumotlar kiriting va nima sababdan jadval prognozlarni o`z ichiga qamrab olishini tushintirib bera olishingizga ishonchingiz komil bo`lsin. Download 1.2 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling