1-rasm. Dunyo siyosiy xaritasining shakllanish bosqichlari
Dunyoning siyosiy xaritasida davlatlarni siyosiy rejimi, davlat tuzumi va
tuzilishi bo‘yicha o‘rganish alohida ahamiyatga ega.
Mustaqil mamlakatlar davlatni tashkil etishning turli shakllariga ega. Ulardan
eng muhimi davlat tuzumidir. U monarxiya va respublika bo‘lishi mumkin.
Hokimlikning respublika shaklida davlat hokimiyatining oliy organlari
saylanadi yoki umummilliy vakillar muassasi-parlament tomonidan tuziladi.
Respublika tuzumida qonun chiqaruvchi hokimiyat –parlamentga, ijroiya hokimiyat
hukumatga tegishlidir. Bunda Prezident juda katta vakolatga ega bo‘lgan va
hukumatni boshqaradigan Prezident respublikasi (AQSh, Lotin Amerikasi
mamlakatlarining ayrimlari) va Prezidentning roli kamroq, hukumatni esa bosh vazir
boshqaradigan parlament respublikalari bir-birlaridan farq qiladi. Dunyoda bunday
respublikala soni 140 dan ko‘proq. Hokimlikning monarxiya shaklida oliy davlat
hokimiyati monarxlarga - qirol, knyaz, sulton, shoh, amirga qarashli bo‘lib,
hokimiyat meros orqali avloddan-avlodga o‘tadi. Dunyo siyosiy xaritasida 30 ta
monarxiya bor, shu jumladan, Osiyoda-14, yevropada 12 Afrikada 3, Okeaniyada-
1.
Do'stlaringiz bilan baham: |