3
2-rasm. Hozirgi zamon dunyo siyosiy xaritasi
4
Monarxiyalar konstitutsion va mutlaq tiplarga bo‘linadi. Ularning ko‘pchiligi
konstitutsion monarxiya bo‘lib, unda monarx ramziy "podsholik" qiladi, lekin
davlatni boshqarmaydi (Buyuk Britaniya, Norvegiya, Shvetsiya), real qonun
chiqaruvchi hokimiyat parlamentga, ijroiya hokimiyat hukumatga qarashlidir.
Mutlaq monarxiyada monarx hokimiyati deyarli cheklanmagan, hukumat va boshqa
hokimiyat organlari faqat monarx oldida ma'sul va javobgardir (Saudiya Arabiston,
Birlashgan Arab Amirliklari, Omon, Bruney, Quvayt va boshqalar). Teokratik
monarxiyada davlatni diniy boshqaruv amalga oshiradi. Davlat tuzilishi shakli uning
ma'muriy-hududiy tashkil etilishidir. Davlat tuzilishi bo‘yicha barcha davlatlar
turlarga bo‘linadi (3-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: