Ii. Asosiy qism Me’yordan og’ishlik tiplari


Meyordan ogʻish turlari va ular haqida umumiy tasnif


Download 66.33 Kb.
bet6/10
Sana19.04.2023
Hajmi66.33 Kb.
#1366422
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Meyor va meyordan og\'ishlik ijtimoiy pedagogik muammo sifatida

3.Meyordan ogʻish turlari va ular haqida umumiy tasnif
Og`ish turlari. Me`yordan chetga chiqishni shartli ravishda to’rt guruhga ajratsak bo’ladi: jismoniy, ruhiy, pedagogik va ijtimoiy. Quyida ularga batafsil to’xtalib o’tamiz.
Me`yordan jismoniy og`ish, avvalambor, inson sogligiga bog`liq. Sog`liqdagi og`ish irsiy omillar yoki biror-bir tashqi holatlar og`ir ekologik vaziyat, ichimlik suvining sifatsizligi, oila hayoti darajasining pastligi va boshqalar asosida yuzaga kelishi mumkin.
Sog`ligida va rivojlanishida og`ishga moyillarning xilma- xil tasniflari mavjud. Umumjahon sog`liqni saqlash tashkiloti 1980 yilda cheklangan imkoniyatlarning uch bo’g`ini shkalasining britancha variantini qabul qildi:

  1. kasallik, xastalik — ruhiy yoki fiziologik funkiiyalar, anatomik struktura unsurlarini har qanday yo’qotish yoki ularning anomaliyasi;

  2. cheklangan imkoniyat — inson uchun norma hisoblangan chegarada biror-bir faoliyatni bajarish qobiliyatini yo’qotish yoki cheklab qo’yish;

  3. nogironlik yosh, jins yoki ijtimoiy omillardan kelib chiqib, insonning biron-bir faoliyatni bajarishini cheklovchi yoki unga to’sqinlik qiluvchi cheklangan imkoniyat.

G`arb davlatlarida “imkoniyatlari cheklangan shaxs” tushun­chasi mavjud. Ularga ta`lim standartlarini o’zlashtirishga to’sqinlik qiluvchi jismoniy yoki ruhiy kamchiliklarga ega bo’lgan bolalar kiradi. SHuningdek, '‘nuqson” tushunchasi ham mavjud bo’lib, uning to’rt turi: ruhiy, jismoniy, murakkab va og`ir turlari mavjud.
Jismoniy nuqsonlarga inson organining faoliyat yurgizishiga yoki rivojlanishiga halaqit beradigan doimiy yoki vaqtinchalik kamchiliklar, shuningdek, har qanday somatik yoki yuqumli xastaliklar kiradi.
Ruhiy nuqsonlarga insonning ruhiy rivojlanishidagi doimiy yoki vaqtinchalik kamchilik kiradi. Bularga nutq va miya faoliyatining, shuningdek, aqliy rivojlanishning buzilishlari xosdir.

Download 66.33 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling