Ii. Asosiy qism Vaqtinchalik oqar suvlar. Ularning geologik ishi
Download 264.97 Kb.
|
VAQTINCHA VA DOIMIY OQAR SUVLAR
Chiqaruv konusi
Tekislik hudud-larda yumshoq lyossimon jinslarning yuvilishi natijasida jarlar hosil boʻladi. Jarlar yumshoq jinslarda juda tez rivojlanadi. Jarlar bir-biriga tutashib jarliklar tizimini hosil qiladi. Jarliklar tizimining rivojlanishi qishloq xoʻjaligiga katta ziyon yetkazadi, ularning rivojlanishi tufayli koʻplab ekin maydonlari ishdan chiqadi. Bunday joylardagi oʻsimliklar, qalin oʻrmonlar, ayniqsa tropik oʻrmonlar va, hatto, tik yonbagʻirdagi yuvish jarayonlarini ham birmuncha sekinlashtiradi. Oʻsimliksiz va oʻsimlik siyrak oʻsadigan yerlarda eroziya kuchli boʻladi. Oʻrta Osiyodagi togʻla-rning etaklarida hosil boʻlgan prolyuvial yotqiziq-lar vaqtincha oʻzanli oqar suvlar hosilasidir. Togʻ etagida hosil boʻlgan chiqaruv konuslari ustida qishloq, shaharlar barpo etilgan. Masalan, Margʻi-lon, Qoʻqon, Konibodom shaharlari huddi shunday-lardan. Daryo vodiysining vujudga kelishi va rivojlanishida ham oʻzanli vaqtincha oqar suvlar katta ahamiyatga ega. Oʻrta Osiyo daryolarining oʻrta, yuqori oqimlarida oʻzanli oqar suv keltirgan choʻkindilar eroziya bazasiga, yaʼni daryo oʻzaniga yoki togʻ etagiga koʻplab toʻplanadi. Togʻ etagida yigʻilgan prolyuvial yotqiziqlar bir necha yuz ming m2-maydonni qum, shagʻal, xarsang va lyossimon jinslar bilan toʻldirib, ustki koʻrinishi konus shaklini hosil qiladi. Umuman, oʻzanli vaqtincha oqar suvlar mahsuloti - prolyuvial yotqiziqlar deyarli yaxshi saralanmagan va lyossga nisbatan ogʻirroq, 1,4-1,5 g/sm3, gʻovakligi taxminan 46%, tarkibida oson eriydigan tuzlar eol lyossidagiga nisbatan kam, donadorligi va mineralogik tarkibi esa, eol lyossiga oʻxshab ketadi. Prolyuvial lyossimon jinslar vaqtincha oqar suvlar keltirgan mayda zarrali jinslar boʻlib, uning tuzilishi eol jarayonida paydo boʻlgan jinslarga oʻxshab, koʻpincha qatlam - qatlam boʻladi. Baʼzan unda qum qatlamchalari, linzalari va yirik donali materiallar uchraydi. Lyossimon jinslar uzoq vaqt namlansa, gʻovakligi kamayadi. Prolyuvial lyossimon jinslar togʻ etagida va keng vodiylarda toʻplanadi. Qalinligi bir necha 10 m dan 100 m gacha boradi, ular tub jins va shagʻal ustida yotadi. Delyuvial lyossimon jinslar togʻ yonbagʻirlarida, gumbazsimon tepaliklarda, jar va daryo supalarining yonbagʻirlarida keng tarqalgan. U sargʻishsimon, mallasimon boʻz tuproqdir. Gorizontal boʻyicha bir xil, vertikal boʻyicha esa, turlicha oʻzgarish (tovlanish) xususiyatiga ega. Uning bunday oʻzgarish xususiyatiga ega boʻlishi oʻzi paydo boʻlgan ona jinsning tarkibiga bogʻlik. Gʻ.O.Mavlonov delyuvial lyossimon jinslarni ikkiga ajratadi; birinchisi asosan mayda donali tuproqlardan iborat: unda chaqiq., yirik donali mahsulotlar (yirik qum, chagʻirtosh, shagʻal va qum linzalari) aralashgan boʻladi. Bunday jinslar togʻli va baland togʻli oʻlkalarning yonbagʻirlarida keng tarqalgan. Delyuvial lyossimon jinslar yonbagʻirdagi yogʻin suvlari surib, sidirib keltirishidan toʻplanadi. Ularning qalinligi bir necha santimetrdan bir necha oʻn metrgacha boradi. Ikkinchi xil delyuvial lyossimon jinslar asosan changsimon va gil zarralardan iborat boʻlib, ularda chaqiq jinslar uchramaydi. Ular asosan yalangliklarda tarqalgan lyoss va lyossimon jinslardan iborat boʻlib, koʻhna supalarning yemirilib, qayta yotqizilishidan vujudga kelgan. Ellyuvial lyossimon jinslar sargʻish - boʻz yoki malla - boʻz rangda boʻladi. Ular asosan gʻovak, mayda donali, koʻpincha saralanmagan, oʻzi paydo boʻlgan tub jins ustida yotadi, ostida va orasida siniq jinslar boʻladi. Ellyuvial lyossimon jinslar togʻlardagi kichik maydonchalar, masalan, suvayrgʻichlarda, qirlar ustida va suv yuvmaydigan joylarda uchraydi. Ularning qalinligi bir necha santimetrdan 2 - 3 m ga boradi. Download 264.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling