Ii. Asosiy qism Vaqtinchalik oqar suvlar. Ularning geologik ishi
Doimiy oqar suvlar-daryolarning geologik ishi
Download 264.97 Kb.
|
VAQTINCHA VA DOIMIY OQAR SUVLAR
Doimiy oqar suvlar-daryolarning geologik ishi
Oʻzanlardan yil boʻyi uzluksiz harakatlanadigan suv oqimiga doimiy oqar suvlar yoki daryolar deb ataladi. Daryolar kontinentlar yuzasining relyefini oʻzgartiruvchi keng koʻlamli denudatsion va akkumulyativ ishlarni bajaradi. Ular muhim xalq xoʻjalik ahamiyatiga ega. Daryolarning suvlari ichimlik va sanoat suvi taʼminotida, ekin maydonlarini sugʻorishda, arzon elektroenergiya ishlab chiqarishda asosiy manba sanaladi. Daryolarning suv sarfi vaqt davomida oʻzgarib turadi. U daryo larning toʻyinish turiga va iqlim xususiyatlariga bogʻliq boʻladi. Daryolar yer yuzasi va yerosti suvlaridan toʻyinadi. Har qanday daryo uchun ham toʻlib oqish va sayozlashuv xarakterli boʻladi. Toʻlib oqish vaqtida suv miqdori 5-20-martaga ortishi mumkin. Daryolarning geologik ishi va suv oqimining kuchini boboko lonimiz Beruniy Amudaryo misolida chuqur oʻrganib, keyinchalik Beruniy qonuni deb atalgan qonunni kashf etgan. Bu qonun quyidagicha tavsiflanadi; «Daryolarda tashilayotgan boʻlaklarning oʻlchami shu daryodagi suv oqimining tezligiga toʻgʻri proporsionaldir, formulasi quyidagicha: v = √15gd+6g mm/s. Bu joyda v - suv oqimining tezligi, d - choʻkindi jinslarning diametri, g – oqim tezligi. Daryolarning eroziya ishida choʻkindi togʻ jinslarining dif ferensiatsiyasi juda katta ahamiyatga ega. Materiallar differen siatsiyasi tufayli daryolarning yuqori qismida yirik boʻlakli xar santoshlar va gʻoʻlatoshlar, oʻrta qismida graviy va qumlar, quyi qismida esa yaxshi silliqlangan va dumaloqlangan alevrit zarralari choʻkmaga oʻtadi. Materiallar differensiatsiyasi togʻ jinsi boʻlaklarining solishtirma ogʻirligiga qarab ham amalga oshishi mumkin. Daryolarning yuqori oqimida solishtirma ogʻirligi katta boʻlgan minerallar va quyi qismlarida solishtirma ogʻirligi kichikroq boʻlgan minerallar va togʻ jinslari boʻlaklari choʻkmaga oʻtadi. Daryo oqimlari energiyasi suvning massasi va oqimining tezligiga bogʻliq. Oqim tezligi qancha katta va suvi koʻp boʻlsa, u shunchalik koʻp ish bajaradi. Daryoning ishi quyidagilardan iborat boʻladi: - eroziya (yuvish); -nurash va eroziya jarayonida hosil boʻlgan boʻlakli jinslarni va erigan moddalarni tashish; - akkumulyatsiya (toʻplash, yotqizish) Daryoning oqim kuchi (K) va tashiluvchi yukning (L) nisbatiga bogʻliq holda yuqorida qayd etilgan daryolar bajaradigan ish tur larining nisbati oʻzgarib turadi. Bunda uch xil variant boʻlishi mumkin: K > L - eroziya ustuvorlik qiladi. Bu koʻtarilayotgan yosh togʻ daryolarida kuzatiladi; K + L - eroziya va akkumulyatsiya oʻrtasida muvozanat oʻrnatiladi; 3. K < L - akkumulyatsiya ustuvorlik qiladi. Bu keltirilgan nisbatlar bir daryoning turli qismlarida va vaqt davomida oʻzgarib turadi. Bu yer poʻstining harakatlari, mexanik taʼsirga bardoshliligi turlicha boʻlgan jinslarning oqim boʻyicha almashinishi, vaqtincha oqar suvlarning chiqaruv konuslari bilan oʻzanning toʻsib qoʻyilishi va boshqa omillar bilan bogʻliq boʻladi. Dastlabki bosqichlarda daryoning rivojlanishi regressiv eroziya tufayli eroziya bazisidan oqim boʻyicha balandga qarab boradi. Agar daryo oqimi yoʻnalishi boʻyicha qoyali zinalar (ostona) uchrasa, sharsharalar hosil boʻladi. Daryodagi erozion jarayonlar, ularning yoʻnalganligi va nisbati daryo vodiysining rivojlanish bosqichiga bogʻliq. Ular oʻzandagi tub jinslarni yuvishdan iborat boʻlgan chuqurlatish eroziyasi va vodiyni kengaytirishga olib keluvchi yon eroziyaga ajratiladi. Chuqurlatish eroziyasi. Daryo rivojlanishining boshlangʻich bosqichlarida chuqurlatish eroziyasi ustuvor boʻladi. Bunda u eroziya bazisiga nisbatan muvozanatga kelish uchun jadal suratda oʻzining oʻzanini chuqurlatib yuvaboshlaydi. Eroziya bazisi eroziya chuqurigini belgilaydi. U asosiy daryo va uning irmoqlaridan iborat boʻlgan butun bir tizimni rivojlantiradi. Yon eroziya. Daryo vodiylarida chuqurlatish eroziyasi bilan bir qatorda yon eroziya ham rivojlanadi. Daryo rivojlanishining dastlabki bosqichlarida uning hissasi juda kam boʻladi. Muvozanatlik profilining shakllanishi davomida chuqurlatish eroziyasi susayib boradi va yon eroziya bilan almashadi. Yon eroziya tufayli daryo har ikkala sohilini yuvib, vodiyni kengaytirib boradi. Tashish (transportirovka). Daryo oqimlari nurash va eroziya jarayonlarda hosil boʻlgan materiallarni oqimga qoʻshib oladi va ularni oqim yoʻnalishida tashiy boshlaydi. Bunday tashish turli usullarda sodir etiladi: 1) oʻzan tubida dumalatish; 2) loyqa sifatida muallaq holda, 3) kolloid va chin eritmlar holida. Oʻzan tubida dumalatish yoʻli bilan koʻchiriladigan material chuqurlatish eroziyasini kuchaytiradi va oʻzi ham asta-sekin mayda lanadi va dumaloqlanadi. Shu yoʻsinda gʻoʻlatoshlar, graviy va qum donalari vujudga keladi. Daryo suvlarida erigan holda karbonatlar (CaCO3, MgCO3, Na2CO3), sulfatli birikmalar (CaSO4, MgSO4, Na2SO4), tuzlar va kremnezem tashiladi. Erigan moddalarning 60% karbonatlardan iborat boʻladi. Allyuviyning shakllanishi (akkumulyatsiya). Daryolarning eroziya ustuvor boʻlgan dastlabki rivojlanish bosqichlaridayoq uning baʼzi uchastkalarida boʻlakli jinslar toʻplana boshlaydi. Oldin bu yotqiziqlar turgʻun boʻlmaydi. Daryolar toʻlib oqqanda, suv hajmi va oqim tezligi oshishi tufayli, ular yana oqimga qoʻshilib ketadi va pastga qarab tashila boshlaydi. Ammo muvozanat profili shakllanishida va vodiyning kengayib borishi jarayonida doimiy turgʻun boʻlgan yotqiziqlar toʻplana boshlaydi. Bunda birinchi navbatda oqimning quyi qismida, muvozanat maydonida choʻkindilar toʻplanadi. Keyinchali regressiv eroziyaning rivojlanishi va muvozanat profilining shakllanishi daryo vodiysining boshqa qismlarida ham akkumulyatsiya uchun sharoit tugʻdiradi. Daryo oqizib kelgan yotqiziqlarni allyuvial yotqizqlar deb ataladi. Allyuviy kontinental yotqiziqlarining muhim genetik tipi sanaladi. Ular turli yoshdagi yotqiziqlarda uchraydi. Ularning toʻrtlamchi davr yotqiziqlari kesmasida ahamiyati juda kattadir. Allyuvial yotqiziqlar daryo supalarini va keng allyuvial vodiylarni qoplab yotadi. Ular yirik boʻlakli togʻ jinslaridan tortib to mayda donali qumlar va alevrit zarralaridan tarkib topgan boʻladi. Alyuvial yotqiziqlar orasida oʻzan va qayir fatsiyalari ajratiladi. Odatda oʻzan fatsiyasi yirik boʻlakli, qayir fatsiyasi esa mayda zarrali choʻkindilardan tarkib topgan boʻladi. Bevosita daryo oʻzani hosil qilgan yotqiziqlar oʻzan allyuviyi (fatsiyasi) deyiladi. Ular butun vodiy maydonini qoplab yotadi. Koʻp hollarda tekislik daryolarining oʻzan fatsiyasi yaxshi saralangan turli donali qumlardan iborat boʻladi. Kesmasining asosida esa graviy qoʻshimchalariga ega boʻlgan dagʻal donali qumlar uchraydi. Allyuvial yotqiziqlar oʻzandagi suv oqimlarining boʻlakli materiallarni tashishi tufayli hosil boʻladi. Ular uzan tubida, qayir va qayrusti supalari tagida rivojlangan boʻladi. Togʻ va tekislik daryolarining allyuviy yotqiziqlari ajratiladi. Togʻ daryolarining allyuvial yotqiziqlari. Togʻ daryolari kuchli oqim tezligi, oqimining tartibsiz turbulentligi bilan farq qiladi. Bunda oʻzanda yirik boʻlakli material tashiladi. Togʻ daryolarining allyuvial yotqiziqlari asosan graviy va dagʻal donali qum linzalariga ega gʻoʻlaktoshlardan iborat boʻladi, boʻlaklarining dumaloqlanganligi va petrografik tarkibining xilma-xilligi bilan farq qiladi (135-rasm). Daryo o`zanidagi allyuvial jinslar Gʻoʻlaktoshlarning joylashishida oqimga qarshi qiyalangan moʻljallanish kuzatiladi. Tekislik daryo-larining allyuvial yotqiziqlari. Tekislik daryolari allyuviyi tar-kibida qumlar ustuvor-lik qiladi, ammo gʻoʻlaktoshlar, graviy, qum, supes, suglink, gillar, torf boʻlishi mumkin. Allyuviyning oʻzan, qayir va staritsa fatsiyalari ajratiladi. Oʻzan fatsiyasi gʻoʻlak-qumli materi-aldan iborat boʻladi. Qayir allyuviyining qum-gilli fatsiyasi oʻzan allyuviyini qoplab yotadi. Allyuvial yotqiziqlarning bunday ikki hadli tuzilishi ularning harakterli xususiyati hisoblanadi. Allyuviyning staritsa fatsiyasi daryoning oldingi oʻzanidagi linzalardan iborat boʻladi. Oʻzan allyuviyi daryoda suv toʻlib oqqanda shakllanadi va meandrlarning siljishi tufayli vodiy tubining butun yuzasi boʻylab oʻtadi. Oʻzan allyuviyi oqimning yuqori tezligi sharoitida toʻplanganligi sababli yirik donali tarkibi, yaxshi saralanganligi va dumaloqlanganligi hamda mineral-petrografik tarkibining turli-tumanligi bilan xarakterlanadi. Daryolarning quyi oqimida bardoshli minerallar koʻpchilikni tashkil etadi. Tekislik daryolari oʻzan fatsiyasining bosh kmponenti boʻlib yaxshi yuvilgan qiyshiq qat-qatli qumtoshlar sanaladi. Saralangan allyuviy jinslarida gʻovaklik darajasi yuqori boʻlganligi sababli ularda yerosti suvlarining linzalari, uglevodorod flyuidlarining konlari rivojlangan boʻladi. Daryo tеrrasalari. Daryo vodiylarida kopincha zinapoyaga oxshash yerlar uchraydi. Bu zinapoyalar daryo tеrrasalari dеb ataladi, ular eroziya bazisining ozgarishi natijasida vujudga kеladi. Tеrrasalar ikki xil: boylama va kondalang boladi. Boylama tеrrasalar odatda yumshoq jinslar orgasida biron qattiq jins qatlami chiqib qolib, vodiyni bir tеkis yuvilishdan toxtatadigan joylarda va eroziya bazisining chokili natijasida chеkinish eroziyasitufaylihosilboladi.Ularningozanida15—50, hatto100m libaland sharshara, undan yuqorida kеng vodiy boladi. Chotqol, Piskom daryolarida va Sirdaryoning yuqori oqimidagi Norin daryosida sharsharalar bor. Afrikaniyag Zambеzi daryosidagi Viktoriya sharsharasi 130 m balandlikdan, Hindistonning Gang daryosidagi Jеrzonna sharsharasi 243 m balandlikdan oqib tushadi. Bir daryoda bir yoki bir nеcha sharshara bo`lishi mumkin va ular eroziya protsеssining qanday tеzlikda borayotganidan dalolat bеradi. Daryo yotqiziqlari asosan 3 xil: ozan allyuviysi, qayir allyuviysi va mеandr yoki qolgan ozan allyuviysidan iborat boladi. Daryo suvi eng kamaygan vaqtida sayoz qismining ozani ochilib qoladi. Shu joydagi shagal va qumlar ozan allyuviysi nomi bilan yuritiladi. Ozan allyuviysini shagal qismi yaxshi saralangan bolib, oval (tuxumga oxshash) shaklida silliq, oqimga tomon yotadi. Uning ustini qum qatlami qoplaydi (tog daryolaridagi allyuviyda qum qatlami bolmasligi mumkin). Qayir allyuviysi suv toshqini vaqtida ozan allyuviysi ustida toplangan loyqa (soz tuproq) dan iborat boladi. Orta Osiyo toglari daryolarida qayir allyuviysiga yonbagirdan tushuvchi dеlyuviy jinsi qoshilib, qalinligi ortib boradi. Mеandr (starichniy fatsiya — eski daryo fatsiyasi) allyuviysining tarkibi bir xil bolmaydi. Chunki daryo tеkislikda yon eroziyasi tufayli ilon izi bolib oqib, song eski ozanni tashlab togrilanib kеtishidan qolgan eski ozanda shagal, qum, soz tuproq va osimlik qoldigi—torf ba’zan tuzli jinslar hosil boladi. Bu yerda bir qatlam ikkinchisi bilan navbatlanib linza shaklini hosil qiladi. Dеlta yotqiziqlari hosil bolish tarkibiga qarab har xil bolishi mumkin. Masalan, baland tеkislikdan va baland togdan oqib kеluvchi daryolar dеlta yotqizigi biri ikkinchisidan mutlaqo farq qiladi. Shuning uchun dеltalardagi yotqiziqlar har xil boladi. Eng kop uchraydigan dеlta yotqiziqlariga: 1. Allyuviyozanyotqiziqlari—qum, maydashagal, soztuproq, gil, toglardan kеluvchi daryolar dеltasida esa hatto yirik shagallar ham boladi. 2. Kol yotqiziqlar gil va osimlik qoldiqlariga boy boladi. 3. Botqoqlik yotqizigi torf—soprofil. 4. Esl yoki shamol ta’siridan hosil bolgan qum yotqigiqlari. 5. Dеngiz yotqiziqlari dеltadagi boshqa yotqiziqlar orasida ham uchrab turadi.Bulardan tashqari dеlta yotqiziqlari biri ikkinchisi bilan navbatma-navbat almashib hosil boladi. Bunday hodisa daryo dеltasining tubini ozgarishiga, ya’ni chokishi yoki kotarilishiga bogliqdir. Dеlta yotqizigining qalinligi har xil boladi. Masalan, Missisipi daryosi dеltasi yotqizigi qalinligi 660 m dan ortiq, Volga daryosiniki undan koproq. Daryo dеltasining chokishi tufayli chokindi qalinlasha boradi. Binobarin, daryo paydo bolgandan bеri Missisipi yoki boshqa daryolarni quyi qismining, Qanchalik chokkanligini chokindi qalinligidan bilish mumkin. Qadimiy dеltalar. Hozirgi zamon dеlta yotqiziqlarini organish quruqliknikg yuzasidagi qadimgi yotqiziqlarni qanday sharoitda hosil bolganligini aniqlashda va ular orasida uchraydigan foydali qazilmalarni topishda katta ahamiyatga egadir.Daryolar Еr tarixida qadimgi davrlarda ham bolgan, ularning kеltirgan chokindilari dеltalarda va dеngiz, kol tubida toplangan. Chokindilar tarkibi, tuzilishi, joylanishi va minеral tarkibi hozirgi daryo yotqiziqlarinikiga oxshashdir. Еr posti quruqlik qismi tеktonik harakat tufayli kotarilishidan chokindilar yemirilib quruklikning bir qismini chokishidan hosil bolgan botiqlarda qatlamli chokindi tog jinsini hosil qilgan. Ularni hozirgi chokindiga taqqoslab tеkshirish tufayli qazilma dеlta yotqiziqlari ekanligini aniqlashga imkon bеradi (masalan, Surxondaryo viloyatidagi yura davri yotqiziqlari shundaylardan). Dеlta va allyuviy yotqiziqlari orasida har xil chokindi foydali qazilmalar hosil boladi.Masalan, Moskva komir havzasi karbon davridagi daryo dеltasi va kollarda hosil bolgan dеb aniqlangan. Shuningdеk, Fargona vodiysi atrofidagi va Angrеndagi qongir komir koni yura davridagi daryo dеltasi va kollarda hosil bolganligi aniqlangan. Daryo dеltasi, dеngiz osti dеlta yotqiziqlari orasida gaz, nеft konlari ham hosil boladi. Volga daryosi dеltasidagi oltingugurtga boy gaz koni (3800 m dan chiqadi) shular jumlasidandir. Qoldiq ozanlarda rudali minеrallardan oltin, tеmir, marganets, mеandrda esa har xil tuzlar hosil boladi. Tog etaklari yoki oraliqlaridagi daryo yotqizigi to`planadigan botiqlarda allyuviyning qalinligi 100mdan 500—600mgacha boradi.Masalan, Fargona vodiysi dеprеssiyasi (botigi), Toshkеnt shahridagi Chirchiq botigi shular jumlasidandir. Bunday botiqlarda chokish vayemirilish protsеssining tеzligi toplangan yotqiziqlar qalinligiga qarab aniqlanadi. O’rta Osiyodagi Amudaryo, Sirdaryo va Zarafshon daryolari, Qirgiziston, Ozbеkiston va Tojikiston tеrritoriyasidagi Tyanshan bilan Pomir toglaridan boshlanadi. Umuman Ozbеkistonda togli va tеkisliklardan oqib otadigan daryolar soni600 dan ortiq, ularning kopchiligivaqtinchaoqar bolib, faqat 4 tasikattadaryodir. Sirdaryo — Talas Olatovidan boshlanadi. Suv yigadigan havza maydoni 46 200 km2, uzunligi 2670 km, Ozbеkiston tеrritoriyasidan uning 385 km oqib otadi.Unga Fargona vodiysining ong tomonida Norin, Pochchaota, Qosonsoy, Govasoy, Chadoqsoy, chap tomonidan Fargona, Oloy, Turkiston toglaridan Aravan, Oqbura, Isfayrеm, Shohimardon, Sox, Isfara, Xojabaqirgan, Oqsuv va boshq adaryolar qoshiladi. Amudaryo—Afgonistonning Hindiqush togidan boshlanadi. Panj vaVaxsh daryolari kеlib qoshilgandan song Amudaryo nomini oladi. Uzunligi 2540 km, suv yigadigan havzasining maydoni 22 730 km2 dan ortiq. Ozbеkiston tеrritoriyasidan 245 km ni bosib otadi. U Orta Osiyodagi azim daryolardan bolib, ozanini tеz-tеz ozgartirib turadi. Sirdaryo bilan Amudaryo Orol dеngizigaboribquyiladi. Zarafshon va Qashqadaryo suvlari otmishda Amudaryoga qoshilgan bolsa-da,hoziryetibbormaydi. Zarafshon daryosining umumiy uzunligi 735 km bolib Ozbеkiston tеrritoriyasidan 455 km otadi, suv yigadigan maydoni 17 770 km2 Turkiston,Zarafshontoglaridansuvoladi. Qashqadaryo — Hisor togining janubi-sharqidan boshlanib tog etaklarida sugorish sistеmasiga va suv omborlariga yetib boradi.Bu daryolarning irmoqlari bahor faslida tog jinslarini yemirib bir nеcha million t shagal, xarsang va mayda qumlarni olib kеlib, daryo allyuviy yotqizigini hosil qiladi. Xulosa
Yer yuzasidagi oqar suvlar quruqlik denudatsiyasining eng muhim omillaridan biri. Suv oqimlari relyefning parchalanishiga va materiklar yuzasining pasayishiga olib keladi. Ular atmosfera yogʻin- sochinlari va qorlarning erishi tufayli vujudga keluvchi differensiatsiyalanmagan mayda jilgʻalardan tortib to azim daryolar tizimigacha boʻlgan suv oqimlarini oʻz ichiga oladi. Yer yuzasi oqim suvlarining geologik ishi suvning massasiga va uning oqim tezligiga bogʻliq boʻladi. Uning ishi togʻ jinslarini yuvish, nurash mahsulotlarini tashish va yotqizishdan iborat. Yuza suvlari bajarayotgan barcha jarayonlar va bunda hosil boʻlgan yotqiziqlar majmuasi flyuvial (lotinchada “flyuvios” – daryo, oqim degan maʼnoni anglatadi) jinslar deyiladi. Nurash mahsulotlarining asosiy qismi suv oqimlari yordamida koʻchiriladi. Bunday oqimlar quruqlik oqimlari (daryolar, soylar) va havza oqimlaridan (sohilboʻyi, kontur, tranzit va turbid oqimlari) iborat boʻladi. Quruqlikda suv oqimlari relyef qiyaligi tufayli vujudga keladi. Bunday suv oqimlarining tezligi tekisliklarda 1,5-1,6 m/sek, togʻlarda 5-8 m/sek gacha boradi. Oqim tezligining oʻzgarishi oʻzan kengligiga, chuqurligiga va relyef qiyaligiga bogʻliq. Oʻzanning torayishi oqim tezligini oshiradi. Suyuqlikning turli kinematik va dinamik xususiyatlariga asosan laminar va turbulent oqimlar ajratiladi. Laminar oqimlarda oqim chiziqlari (suyuqlik zarralarining harakat yoʻnalishi) bir-biriga parallel va bir xil tezlikda boʻladi. Bunda oqim parallel qatlamlar toʻplami sifatida harakatlanadi. Laminar oqimlar nisbatan sekin, asosiy oqimga mos kelmaydigan komponentlari amalda hisobga olinmaydigan darajada kichik boʻladi. Turbulent oqimlarda oqim chiziqlari buralib oʻzgaruvchi uyurmalar tizimini tashkil etadi. Bunda oʻzgaruvchi uyurmalarning yoʻnalishi va tezligi oʻrtacha arifmetik oqimnikidan farq qiladi. Boshqacha qilib aytganda, uyurmalarda suv massasi chapdan oʻngga, pastdan yuqoriga va aksincha harakatlanib, “oʻynab” oqadi. Turbulent oqimlarda uyurmalarning tezligi oʻrtacha oqim tez- ligidan uncha farq qilmasada, butun oqimga kuchli taʼsir etadi. Chunki turbulentlik orqali terrigen zarralar doimo muallaq holda (gil zarralari) yoki vaqtincha muallaq holda (qum donalari) koʻchiriladi. Daryolarda turbulentlikni asosan ogʻirlik kuchining oʻzan boʻylab yoʻnalgan tashkil etuvchisi - urinma vujudga keltiradi va oʻzan tubining notekisligi orqali kuchayadi. Turbulentlik oqimda koʻchirilayotgan zarralarning suspenziya holatida boʻlishiga yordam beradi. Turbulent oqimlarning siljituvchi kuchi shu tezlikdagi boshqa oqimlarnikiga qaraganda 3-4-marta katta boʻladi. Bu xususiyat choʻkib ulgurgan zarralarni qaytadan koʻtarib, oqim suspenziyasiga qoʻshishda katta ahamiyatga ega. Chunki choʻkib ulgurgan zarralarni oʻz joyidan koʻtarib, koʻchirish uchun oqimning katta suruvchi kuchlanishi kerak boʻladi. Ayniqsa, bu mayda plastinka shaklidagi zarralarga va yuzasi suv oʻtlari bilan qoplanib ulgurgan yotqiziqlarga taalluqlidir. Choʻkib ulgurgan zarralarni qaytadan oqimga qoʻshishda oqimdagi mavjud zarralarning tirnash kuchi ham katta ahamiyatga ega boʻladi. Turbulent oqimlarda yirik boʻlakli jinslar (gʻoʻlaklar va graviy) dumalab, qum donalari saltatsiya (sakrab-sakrab) yoʻli bilan, alevrit va gil zarralari esa muallaq holda koʻchiriladi. Turbulent oqimlar laminar oqimlarga aylanib, tezligi susayganda yirik boʻlakli jinslar oqim oʻzanida choʻkib qoladi, qum donalari dumalash orqali, alevrit va gil zarralari oqim tufayli, hali suspenziyada boʻlganligi sababli, muallaq holda koʻchiriladi. Laminar oqimlarda oʻzan tubidagi notekisliklar choʻkindi materiallar bilan toʻlib, tekislanib boradi. Turbulent oqimlarda esa chuqurlatish eroziyasi tufayli oʻzan tubi notekisligicha qolaveradi. Foydalanilgan adabiyotlar 1. Islomov O.I., Shoraxmedov SH.SH. Umumiy geologiya T., «Ukituvchi» 1971 yil. 2. Kuznetsov S.S. Geologiya ,UzSSR «Urta va oliy maktab», davlat nashriyoti,T., 1960. 3. «Geologiya lugati»UzSSR FA nashriyoti T.,1958. 4. Ananyev V.P., Peredelskiy A.V. Injenernaya geologiya. Iz-vo «Vo`sshaya shkola», M-1980. 5. IslomovO.I.“Umumiygeologiya”«O’qituvchi»1991yil. 6. Shoraxmedov SH.SH.“Umumiy va tarixiy geologiya”«O’qituvchi»1989yil. 7. Qurbonov A.S.“Geologiya”«O’qituvchi»1991yil. 8. QurbonovA.“Geologiya”O’qituvchi1992yil Download 264.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling