Ii bob. Badiiy asarlarda muhabbat konsepti


O‘zbek tilida “ ostona” konseptining o‘ziga xosliklari


Download 84.32 Kb.
bet6/7
Sana05.01.2023
Hajmi84.32 Kb.
#1079794
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
ernazarova tildan kurs ishi oxirgi

2.1. O‘zbek tilida “ ostona” konseptining o‘ziga xosliklari
O‘zbek millatiga xos takrorlanmas lingvomadaniy birliklarning biri “ostona” leksik birligi yillar davomida umummilliy qadriyatlarning ko‘p ma’noli birligiga aylanib, muhim konsept sifatida mukammallashib borayotganligini kuzatish mumkin. Mazkur konsept ko‘p qirrali, u shu millat vakilining qalbida faxr, viqor, mehr-muhabbat tuyg‘ularini uyg‘otuvchi ijobiy birlikdir. Kognitiv tilshunoslik bo‘yicha olib borilgan tadqiqotlarda konsept bu ong birligi bo‘lib, qabul qilingan bilim, erishilgan tajriba, inson hayoti faoliyatidagi natijalari, muayyan madaniyatga taalluqli tasavvur va bilimlar majmuasi hisoblanadi. Hozirgi kunda tilshunoslikda “konsept” atamasiga ikki xil yondashuv mavjud: unga kognitiv tilshunoslik va lisoniy madaniyatshunoslik kategoriyalari tomonidan yondashilmoqda.Kognitiv tilshunoslikda konsept insonning bilimi va tajribasini, mental leksikasini, butun olam manzarasini, miyaning konseptual va til tizimini, insonning ruhiyatini ifodalovchi vosita sifatida o‘rganiladi. Konsept madaniy universaliyalarni ifodalaydi va u tafakkurda mavjud bo‘ladi, o‘zida kognitiv-ratsional hamda emotsional-psixik mazmunni biriktiradi.“Ostona” konsepti qamrovidagi har bir ifoda unga xos leksik-semantik maydonning muayyan tashkil etuvchisi hisoblanadi. Ularning tashqi va ichki madaniyat bilan bog‘liq bo‘lgan ma’nolarini atroflicha tahlil qilish uchun asosiy manba – badiiy adabiyotlardir.Jumladan,
Yashash darbozasi ostonasidan
Zarhal kitob kabi ochilur olam,
Tiriklik ko‘rkidir mehnat, muhabbat,
Fursatdir qilguvchi aziz, mukarram. (G‘.G‘ulom “Vaqt”)
She’rning birinchi misrasini ifodalayotgan ichki ma’nosiga ko‘ra
quyidagilarga ajratamiz: yashash darbozasi – vatan sarhadlari; darboza ostonasi – vatan chegara hududlarida joylashgan sarhadlar. She’rda milliy qadriyatlarimiz aniq namoyon bo‘lgan, desak xato qilmagan bo‘lamiz. Shoir aytmoqchi, tiriklikning tayanchi va mehr-u muhabbat ostonadan boshlanadi. Yaratgan insonni uning ko‘rki hisoblangan odob -axloqiga yarasha mukarram va aziz qiladi. Mana shu keltirilgan birgina to‘rtlik “ostona” leksik birligining qator ichki ma’nolarini yuzaga chiqara olgan. Shu bilan birga “ostona” konsepti milliy qadriyatlarimizda salbiy ma’no va tushunchalarni ham ifodalaydi. Masalan, “Nikohsiz ostona hatlab kirib chiqishlaring qandoq bo‘larkin, gap so‘zga qo‘ymanglar meni, dedilar”.Mazkur parchada ostona so‘zi pokiza xonadon tushunchasini anglatadi. Tor ma’noda esa milliy urf-odatlarga ko‘ra xotin-qizlarning nikohsiz boshqa xonadonga xotin yoki bo‘lajak xotin sifatida ostona hatlab o‘tishi umuman mumkin emasligini bildiradi. Bu qadriyat milliy mentalitetimizda me’yoriy holat hisoblanadi. O‘zbek tili va madaniyatida “ostona” konsepti muhim ahamiyatga ega bo‘lib, lingvomadaniy birliklar tizimida alohida o‘rin egallaydi. U barcha lingvistik konseptlar singari madaniyatning kichik bir modeli sifatida namoyon bo‘lgan. Milliy lingvomadaniy birliklar insoniylik, vatan va oilaga sadoqat, ibo- hayo, hurmat- izzat kabi qadriyatlarni o‘zida mujassamlashtirganligi kuzatildi.
“Ostona” konsepti lingvomadaniy birliklari lingvistik (xususan, leksik) yo‘nalishda ilmiy tahlil qilinganda, ularning lug‘atlarda aks ettirilmagan ichki ma’no-mazmunga egaligi namoyon bo‘ldi. Alohida ta’kidlash o‘rinliki, hozirgi davrga qadar lingvomadaniy birliklar ning ichki, ko‘chma ma’nolarini aks ettirgan izohli lug‘atlar ko‘p yaratilgan emas. Mazkur birliklarning shunday xususiyatga ega bo‘lmagan so‘zlardan farqi shundaki, ular o‘zida ikki xil ma’noni mujassamlashtirganligidir. Birinchisi, leksik ma’no bo‘lsa, ikkinchisi, madaniyatimizga bevosita bog‘liq konseptdir. Har bir lingvomadaniy birlikning ichki ma’nosi so‘zlarning qay holatda ishlatilishiga, salbiy yoki ijobiy hissiyotlar, qahr-g‘azab yoxud xursandchilik tuyg‘ularini turli xil vaziyatlarda ifodalashga bevosita bog‘liq bo‘ladi.“Ostona” konseptining milliy madaniyat bilan bog‘liq bo‘lgan ma’nolar ko‘lami ummon singari tubsiz va cheksizdir, zero, uning to‘xtovsiz bardavomiyligini badiiy asarlar xamda buyuk daholarimiz o‘gitlari tashkil etadi. Shu o‘rinda hazrat Ibrohim alayhissalom saboqlaridan birini keltirishni joiz deb bildik: “Hazrati Ibrohim alayhissalom to‘ng‘ich o‘g‘li Ismoil alayhissalomni ko‘rgani Makkaga keldi. O‘g‘lining uy eshigini taqillatganda bir xotin eshikni ochib qo‘pollik va zarda bilan so‘radi: – Kimsan, kimni so‘rayapsan? – Siz kimsiz? – deya so‘radilar Ibrohim alayhissalom. – Men Ismoilning xotiniman, – dedi ayol o‘shqirib.
– Ismoil qaerda? – so‘radilar otalari. – Uyda yo‘q, ovga ketgan. Ismoil alayhissalomning bu xotini qo‘pol va sovuq ayol edi. Tarbiyasi ham yomon, o‘zi yaramas axloqli edi. Uning aqli past, qalbi kir bo‘lganidan qariyaning kimligini ham so‘ramadi. Ibrohim alayhissalom otdan ham tushmay, ularning ahvolini so‘radilar.
Bunga javoban xotin: “Juda qiyinchilik bilan yashayapmiz”, deb aytdi. Ibrohim alayhissalom o‘g‘lining bunday nonko‘r, qo‘pol, axloqsiz ayolga uylanganidan ranjib, ketar chog‘ida: – Ering kelishi bilan unga aytib qo‘y, uyining ostonasini almashtirsin, – deb tayinladilar. Kunlardan bir kun Ibrohim alayhissalom yana o‘g‘illarini ko‘rgani keldilar. Bu gal eshikni yoshgina ayol ochdi va “Erim uyda yo‘q, ovga ketgandi”, dedi. Ibrohim alayhissalom ularning ahvolini so‘radilar. Xotin: – Allohga shukr, juda yaxshi, tashvishimiz yo‘q, – deb javob qildi va yana, – hazratim, uzoq erdan kelayotgan ko‘rinasiz, uyga kirib biroz dam oling, ovqat ila mehmon qilaman, – deb Allohning payg‘ambariga iltifot, hurmat ko‘rsatdi. Qo‘yarda-qo‘ymay u kishining otda turgan hollarida oyoqlarini yuvib, kiyimlarini tozalab berdi. Ibrohim alayhissalom egilib bu odobli, chiroyli, go‘zal xulqli kelinlarining boshidan o‘pdilar va ketarda tashakkur aytib, unga tayinladilar: – Xojangga ko‘p salom ayt, uyining ostonasini yaxshilab muhofaza qilsin, qo‘riqlasin.Ismoil alayhissalom otalarining tavsiyalari bilan avvalgi badfe’l, badaxloq xotinlarini haydab, keyingi xushxulq, tavoze’li, mehmondo‘st, serhimmat xotinlariga ko‘p minnatdorchiliklar izhor qildilar”.Tahlil uchun tanlangan matnning o‘zagi (yadro) “ostona” konsepti hisoblanib, uning atrofida quyidagi odob madaniyatiga doir kalit so‘zlar tizilgan: qo‘pollik, zarda, kimsan, kimni so‘rayapsan?, o‘shqirish, ketgan (turmush o‘rtog‘iga nisbatan) qo‘pol va sovuq ayol, tarbiyasiz, yomon, yaramas axloqli, aqli past, qalbi ko‘r, qariyaga hurmatsiz, noshukurlik (juda qiyinchilik bilan yashayapmiz), nonko‘r, axloqsiz, badfe’l, badaxlok; yoshgina ayol, Ollohga shukur, juda yaxshi ovqat ila mehmon qilaman, iltifot, hurmat ko‘rsatadi, oyog‘ini yuvib, kiyimlarini tozaladi, odobli, chiroyli, go‘zal xulqli, xushxulq, mehmondo‘st, serhurmat. Kalit so‘zlarning ikki guruhga bo‘linganligi xonadon bekalariga berilgan salbiy va ijobiy tasniflar hisoblanib, izohga muhtoj emas.1
Matn markaziy mavzusi – uy ostonasi, oila tayanchi xushfe’l ayol sifatida voqe’langan. Hazrati Ibrohim alayhissalom ta’birlari bilan aytganda “Xojangga ko‘p salom ayt, uyining ostonasini (bekasini) yaxshilab muhofaza qilsin, qo‘riqlasin”.Lingvomadaniy birliklar adabiy uslubda ham, so‘zlashuv uslubida ham ifodalanganligi nazarda tutilgan badiiy asarlar tahlili jarayonida ma’lum bo‘ldi. Adabiy me’yor sifatidan belgilangan leksik birliklar bilan bir qatorda lingvomadaniy konseptlar hududiy dialektal so‘zlar bilan ham ifodalanganligi kuzatildi. Badiiy nutq usulining kitobxon yoki tinglovchiga estetik va emotsional ta’sir etishi lingvomadaniy birliklarning o‘ziga xos xususiyati ekanligi tahlil uchun tanlangan asar matnlari orqali izohlab berildi.
Asar qahramoni nutqida xalq tilida ko‘p qo‘llaniladigan leksik va frazeologik birliklar, ostona konsepti kabi lingvomadaniy birliklar ko‘p ishlatilgan. Shu bilan birga yozuvchi umumxalq tilining universal turi adabiy so‘zlashuv uslubidan ham o‘rni bilan foydalangan. Mavzu doirasidagi tahlillar natijasiga ko‘ra Said Ahmad badiiy asarlarining tilini shakllantirishda adabiy uslubni ham, oddiy (sodda) so‘zlashuv uslub ini ham yuksak mahorat bilan qo‘llagan, degan xulosaga kelish mumkin. Misol: “Bechora Risolatning shu bittagina nevarasidan boshqa hech kimi yo‘q. Tolib bolam, marakaga o‘zing bosh bo‘l. Hoy Zaynab yugur, qo‘ni-qo‘shnini chaqir. Yurtga xabar qilishsin. O‘lim qursin, o‘limgina qursin, shunaqa bemahalda, bemavrid keladi. Qoqilganning ostonasidan o‘tadi. Qoqilganni qoqib yiqitadi. Sho‘rginang qurg‘ur Risolatning ko‘rgan kuni ozmidi”.Mazkur badiiy matnda Bodomgulning o‘z joniga qasd qilganini eshitgan Risolat buvining so‘zlari keltirilgan. Uning oxirgi jumlalarida til va madaniyat birligi bo‘lgan “ostona” so‘zi ishlatilgan: “Qoqilganning ostonasidan o‘tadi”. “Ostona” so‘zi bilan birikma hosil etgan “qoqilmoq” so‘zida matniy ma’no quyidagicha: yurib ketayotganda biror narsaga qoqilib yiqilmoq. Ushbu so‘zning matniy ma’nosi esa xato qilgan, tuzatib bo‘lmaydigan xatodir. 1
Matndan anglashiladiki, “qoqilgan” so‘zi xiyonat qilmoq ma’nosida qo‘llanilmagan. Asar mazmunidan kelib chiqilsa, bunday ko‘chma ma’noda tushunish xato hisoblanadi. Mazkur so‘zning majoziy ma’nosini kechirilmas xato tarzida izohlash o‘rinlidir. “Ostona” konsepti mazkur matnda quyidagi ma’nolarga ega: xonadonning ostonasi, xonadon, oila yashash joyi, vatan. Shuningdek, kechirib bo‘lmas xato qilganning uyiga fojia, o‘lim keladi, degan ma’noda ham anglash mumkin. Asarda keltirilishicha, bu xato faqatgina o‘zigagina emas, balki, yagona farzandi – o‘g‘lining boshiga ham og‘ir kunlarni soladi.
Agar matnning lingvistik tahlili cheksiz, obrazli tarzda ifodalasak, tubsiz ummon bo‘lsa, semantik tahlil uning kichik bir irmog‘idir. Barcha til birliklari semantik ma’nolarsiz mavjud emas, ya’ni matnni tashkil etgan so‘z, so‘z birikmalari (erkin va turg‘un), gaplar ifoda etadigan ma’no va mazmunlar tadqiqi o‘ziga xos izlanishlar olib borishni talab etadi. Bu yo‘nalishdagi ilmiy ishlar o‘ziga xos xususiyatga ega. Badiiy matnlarda mavjud “ostona” konsepti birliklarini aniqlash, tahlil qilish, semantik izlanishlarning usul va vositalarini belgilash va ulardan olingan natijalarni asoslash muhimdir.Badiiy matnning semantik tahlili undagi kalit so‘zlarni aniqlashdan boshlanadi (albatta, matnga nom berishdan keyin), so‘ngra lingvomadaniy birliklar aniqlanadi va oxirida ular turli aspekt hamda metodlar bo‘yicha tadqiq etiladi. Shuningdek, badiiy matnda takror so‘zlar ham (mavjud bo‘lsa) o‘z o‘rnida tahlil qilinadi. Quyida Tohir Malikning “Shaytanat” romanidan olingan matn parchasining semantik tahlilini havola etishni maqsadga muvofiq deb bildik. Matnni “Asadbek kulfatda” deb nomladik. Asadbek kulfatda “Boshqa vaziyat bo‘lganida Jalil “Odamga o‘xshab gapirishni ham bilar ekansan, a” deb uzib olgan bo‘lardi. Hozir esa “ukamdan xabar olay-chi”, deb ota hovlisiga kirib ketdi Sovuq uy. Sovuq tancha. Xuddi qirq yil avvalgi kabi. Ho‘l paltosini echmay tanchaga o‘tirib qo‘nishdi. Eti uvishdi. Deraza orqali tashqariga qaradi. Oradan ko‘p fursat o‘tmay er sathi oqardi. Asadbekning xayoliga urilayotgan fikrlar bu beozor qor zarralari kabi emas, balki beayov uriluvchi do‘l singari edi.1
U bir-ikki qadam bosardi-yu, ammo uy ostonasiga etib kelolmasdi”. Tahlil uchun tanlangan matn hajmi unchalik katta bo‘lmasa-da, mazmunan insonlar uchun og‘ir kunlardagi holat mohirona tasvirlangan. Matnni “Asadbek kulfatda” deb bejiz nomlamadik, chunki unda Asadbekning ichki dardli hissiyotlari bayon etilgan. Matn tahlili uchun uning kalit birliklarini ajratamiz: sovuq uy, sovuq tancha, eti uvishdi, osmonu zamin hukumronligi, sovuq nafas, junjikmoq, beozor qor, beayov do‘l, uy ostonasi, “toychoq”, xalq dushmani, sovuq saslar. Ajratilgan kalit so‘z va birikmalarni semantik guruhlarga bo‘lish uchun, avvalo, guruhlarning o‘zak (yadro) so‘zini, keyin ularning yadro atrofidagi variantlarini keltirsak, u quyidagi shakllarga ega bo‘ladi.
1-shakl 2-shakl

sovuq, sovuq uy, sovuq tancha, sovuq
nafas, qor zarralari, muzlayotgan
zamin, junjikmoq, beayov do‘l,
sovuq sas, beozor qor zarralari



ostona, eshik, uy, deraza, hovli, ota
hovli.



Birinchi shakldagi “ostona” konseptida “sovuq” leksemasining matnda besh marotaba takrorlangani asar qahramoni boshiga tushgan kulfatlarning naqadar og‘irligini anglatadi. SHuningdek, sovuq yadro so‘z maydonidan joy olgan eti uvishdi, qor zarralari, muzlayotgan zamin, junjikdi, beayov do‘l kabi til birliklari Asadbek boshiga tushgan mudhish hodisalar darajasini inson ko‘tara olmaydigan yukka aylantiradi. Semantik nuqtai nazardan qaraganda, birinchi chizmadan o‘rin egallagan so‘z va so‘z birikmalarining aksariyati ko‘chma ma’no ifodalaydi. Qarang: sovuq uy (havo), eti uvishdi (et, go‘sht), kishining sovuq nafasi (qish nafasi), beozor qor zarralari, beayov do‘l, sovuq sas (ovoz, tovush). Mazkur guruh tarkibidagi o‘nta kalit so‘zlarning ettitasi ko‘chma ma’no ifodalaydi.Hajm jihatidan mitti, mo‘‘jazgina matnda ko‘chma ma’noli barcha til birliklari asar qahramonlarining ruhiy holatiga hamohang mazmunda qo‘llangan: “Kishining sovuq nafasiga”, “Dadasining “Toychoq!” degan xitobini, Xalq dushmani! degan sovuq saslari bo‘g‘ib o‘ldirardi” va boshqalar.


Yozuvchi Asadbekning ichki iztiroblarini tasvirlash uchun “sovuq” so‘zini matnda takror-takror ifodalash bilan kifoyalanmasdan, ichki mazmuniga ko‘ra shunga yaqin bo‘lgan “bo‘g‘ib o‘ldirdi” so‘z birikmasi orqali ham ifodalab, badiiy matnning ta’sir darajasini yuqori cho‘qqilarga ko‘targan. Matndagi takroriy so‘zlar bir mavzu va ma’no doirasida voqelanadi, ular ifodalaydigan ko‘chma matniy ma’nolar ma’nodoshlar singari bir-biridan farqlanadi. Bu esa o‘z navbatida asar qahramonlarining ichki kechinma va his-hayajonini ifodalashga yordam beradi. Alohida e’tirof etish kerakki, lingvomadaniy birliklarning matnlarda voqelanishi murakkab lingvistik hodisalardan biridir, chunki ularning leksik-semantik ma’nolari faqatgina semalar doirasi bilan cheklanmaydi. Ostona konsepti o‘z lug‘aviy ma’nosini anglatuvchi leksik birliklar va majoziy-ramziy ko‘chma ma’noli so‘zlar orqali verballashadi. Leksik birliklarning ma’no ko‘chishida ushbu konseptning voqelanishi o‘ziga xos lingvomadaniy va ko‘p kuzatiladigan lingvistik hodisalardan biridir. O‘zbek badiiy adabiyoti namunalarida, chunonchi,hadislarda, Said Ahmad va Tohir Malik asarlarida mazkur konsept orqali vatan tushunchasini ifodalash ustuvorlik kasb etadi.O‘zbek milliy madaniyatini bevosita aks ettiruvchi konseptlarni, jumladan, ostona konseptini tadqiq etish, shunga doir olamning lisoniy manzarasini yaratish, uning milliy qadriyatdagi o‘rnini baholash, konseptosferasini aniqlash, semantik tizimini o‘rganish hamda uslubiy, pragmatik va lingvokulturologik xususiyatlarini aniqlash,unga doir masalalarni badiiy-estetik qiymati yuksak darajadagi asarlar misolida yechish muhim ahamiyat kasb etadi.1

XULOSA
Konseptlarning nutqda qo‘llanishi insonlarning ichki tuyg’ulari ro‘yobini ko‘rsatadi,nutqning madaniyligini ta’minlashga asos bo‘ladi, ushbu tushunchaning turli vaziyatlarda amaliy tatbiq qilinishi muhim ta’limiy -tarbiyaviy ahamiyat kasb etadi. Bu konseptning taʼlim-tarbiya birligiga asoslanishi, oʼsib kelayotgan yosh avlodda g‘oyaviy, maʼnaviy-axloqiy, insoniy fazilatlarni, yuksak ong va madaniyatni, intellektual salohiyatni shakllantirishda va rivojlantirishda salmoqli o‘rin egallaydi. Konsepti keng ma`noli va har bir millatga xos tushuncha. Konsept turlari o‘zbek xalqining shaxs haqidagi qarashlari, oilaviy an‟analar borasidagi xalqona xususiyatlarni aks ettiradi.Yuqorida keltirilgan badiiy matnlar matn tarkibidagi gaplar konsept bo‘la olishi, ularning kognitiv-semantik xususiyatlari butun ma’noni anglashga yordam berishi, aynan ushbu jihatlar orqali sintaktik konsept anglashilishi va sintaktik konsept ham milliy madaniy o‘ziga xosliklarga ega bo‘lishining isboti bo‘la oladi. Xulosa qilib aytish mumkinki, konsept markazida qadrlilik turadi, u til madaniyat tadqiqiga xizmat qiladi, madaniyat asosida aynan qadrlilik prinsipi yotadi. Har bir konsept murakkab mental uyg‘unligi, ma’noviy tuzilishdan tashqari insonni ifodalanayotgan obyektga munosabati va umuminsoniy yoki umumiy, milliy -madaniy, ijtimoiy, til egalariga tegishli, shaxsiy-individual komponentlarni o‘z ichiga oladi. Til leksikasi insoniyat madaniyatini ifodalovchi vosita sifatida dunyoning bir biridan farq qilmaydigan xalqlarida aks etgan muayyan madaniy konseptual tushunchalarni aniqlashga va mazmun mohiyatini ochib berishga yordam beradi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati :



  1. Normativ-huquqiy hujjatlar va metodologik ahamiyatga molik nashrlar:

1. Karimov I.A. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch. – T., 2008.
2. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. – T., 1998.
3.O`zbekiston Respublikasi Prezidenti.SH.M. Mirziyoyevning 2019 -Yil 20-oktyabirdagi "O`zbek tilining davlat tili sifatidagi nufizi va mavqiyini tubdan oshirish chora tadbirlari tug`risidagi"farmono. www.lex.uz
II. Ilmiy adabiyotlar:
1.E.S.Kubryakova,V.Z.Demyankov,YU.G.Pankrats,L.G.Luzina.Kratkiy slovar kognitivnыx terminov.– Moskva, 1997. – B. 90
2. Usmankhadjayeva, M. The efficacy of projects method in teaching of foreign
languages. Uchyonыy XXI veka, 6(2), 30-31.
"Science and Education" Scientific Journal February 2021 / Volume 2 Issue 2 www.openscience.uz 325
3. Abdukhalilova, D. (2019). Morphological features of double words in German.
Scientific discussion: problem solving and achievement. Proceedings of the republican
scientific-practical conference. 117-118.
4. Rakhmanova, D., Zaripova, G., Rakhmatov, F., & Abdukhalilova, D. (2020).
Nemis va ozbek tilshunosligida frazeologizmlar tasnifi. Science and education, 1(8).
5. Abdukhalilova, D. (2020). The study of double words in linguistics
[Conference session]. "Current problems of linguistics and translation studies in the
XXI century: theory, practice, innovation" Scientific-practical online conference at the
level of higher education institutions under the Ministry of Higher a nd Secondary
Special Education of the Republic of Uzbekistan, National University of Uzbekistan.
6. Usmonhodjae, M. A. (2021). Psychological Basis Of Teaching German
Language. The American Journal of Social Science and Education Innovations, 3(01),
446-450.
7. Sanakulov, Z. (2020). Affixation as one of the important objects of grammar.
In Current issues of 21st century linguistics and translation studies: theory, practice,
innovation. NUU.
8. Abdukhalilova, D. (2020, March). Semantic features of double words in
German and Uzbek languages [Paper presentation]. International scientific-practical
conference on modern problems and prospects of learning foreign languages in the
education system,, Bukhara.
9. Sanakulov, Z. (2020). Comparative analysis of word formation systems in
German and Uzbek languages. In SCIENCE AND EDUCATION IN UZBEKISTAN
(pp. 345-348).
10. Abdukhalilova, D. S. (2019). The formation of double words and their place
in linguistics. Proceedings of the scientific-practical conference "Young philology of
Uzbekistan - 2019". Tashkent, National University of Uzbekistan.
11. Sanaqulov, Z. I. (2020). Kompozitaning lug‘atlarda aks ettirish
tamoyillari. Pragmalingvistika, funksional tarjimashunoslik va til
o‘rgatish jarayonlari integratsiyasi, 1(1), 336-340.
12. Safarov Sh. Kognitiv lingvistika. Jizzax -2006. 10-bet.
13. Maslova V. A. Kognitivnaya lingvistika. – Minsk: TetraSistems, 2008. –B.50.
14. Mahmudov N. Til tilsimi tadqiqi.Toshkent. “MUMTOZ SO‘Z”2017. 60-bet.
15. Safarov Sh. Kognitiv tilshunoslik. Jizzax -2006. 25-bet
16. Anvar Obidjon. Saylanma. Toshkent -2019. 161-bet
17. Antologiya konseptov. Pod red. V. I. Krasika, I. A. Sternina. Tom 1.
Volgograd: Paradigma, A 21 2005. – 352S.
18. To‘xtasinova N.R. Uyat" konsepti tadqiqi. NamDU ilmiy axborotnomasi -Nauchnыy vestnik NamGU 2021 yil 2-son . Pp. 361-364.
19. Kaziyev Z. Muomala psixologiyasi.- T.,2001
20. Adabiyotshunoslikka kirish: Oliy o‘quv yurtlari uchun darslik. – T.: A. Qodiriy nomidagi xalq merosi nashr., 2004 y. 224-b.
21. Muhabbat / A.Qahhor. – Toshkent: Yangi asr avlodi. – 248b.
22. Maxmudova S. National cultural features of the concept «ostona» (on the
example of S.Ahmad’s novel «UFQ») // Middle european scientific bulletin ISSN
2694-9970 Vol. 5, October – 2020. – Pp. 125-127. (Impact Factor 5.6)
23. Maxmudova S. Eastern Culture Reflected In Concept Units // International
Journal of Progressive Sciences and Technologies (IJPSAT) Vol. 25 No. 2 March
2022. – Pp.19-23. (Impact Factor 6.62)
24. Maxmudova S. Lingua-cultural units of the concept «Ostona» in national
values (Ostona threshold as a national value)// Buxoro davlat universiteti
ilmiy axboroti. – Buxoro, 2020. – №6. – B. 148-153. (10.00.00; №1)
25. Maxmudova S. «Ostona» lingvomadaniy birligining leksik-semantik
maydoni // O‘zbekiston milliy universiteti xabarlari, 2021. [1/5/1] ISSN 2181-7324.
– B. 254-257. (10.00.00; №15)
26. Maxmudova S. «Ostona» lingvomadaniy birliklari (Tohir Malik
asarlari matnida) // Ta’lim va innovatsion tadqiqotlar. – Buxoro, 2022. – №1.
– B. 106-111. (10.00.00)
27.T.Malik. SHaytanat. 4 kitob. – Toshkent: Hilol-nashr, 2017. ‒ B. 8
28.Alisher Navoiy. Tarixi anbiyo va hukamo. Asarlar. O‘n besh tomlik. T.15. – Toshkent, 1968. – B. 445
29. Maxmudova S. Said Ahmad hikoyalarida milliy madaniyat talqini //
International conference science and education uluslararasi konferans bilim ve
eğitim April 2021. Antalya Turkey. – B. 132-134.



Download 84.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling