Ii-bob. Harbiy faoliyat va ma’naviyat uyg‘unlashuvi: milliy tendensiyalarning falsafiy-axloqiy tahlili


Download 77.32 Kb.
bet2/10
Sana09.06.2023
Hajmi77.32 Kb.
#1475637
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
U. Ibragimov (Dissertatsiya)

Tadqiqot mavzusining dolzarbligi.
Dunyoda g‘oyaviy va siyosiy kurashlar keskinlashayotgan sharoitda yoshlarda vatanparvarlik, xususan, harbiy vatanparvarlik hissini shakllantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Jumladan, rivojlangan mamlakatlarda fuqarolarning vatanparvarlik tarbiyasi bo‘yicha davlat dasturlari va harbiy vatanparvarlik tarbiyasi samaradorligini oshirish konsepsiyalari qabul qilinmoqda. Jahonda mamlakat mudofaasining asosiy ko‘rsatkichi vatanparvarlik hissi yuqori darajada rivojlangan, fidoiy, bilim va tajribasini Vatanga baxshida etuvchi avlodni shakllantirish hisoblanadi. Bu, o‘z navbatida, mazkur fazilatlarni shakllantirish mexanizmlarini, rivojlantirish texnologiyasini ishlab chiqishni taqozo etishi bilan ushbu mavzuning dolzarbligini belgilaydi.
Muammoning o‘rganilganlik darajasi.
Insoniyat yaratgan ma’naviy merosda vatanparvarlik, qahramonlikka doir g‘oyalar mifologik, diniy-didaktik, epik yo‘nalishdagi Avesto, Tripitaka, Ramayana, Maxabxarata, Iliada, Alpomish kabi asarlarda, Qur’oni karim va hadisi shariflarda1 hamda mumtoz adabiyotimiz namunalarida, ko‘plab faylasuflarning asarlarida uchraydi. O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti
Islom Karimov asarlari2 asosida vatanparvarlikning o‘ziga xos mexanizmlarining amalga oshirilishi, mamlakatimiz ma’naviy-axloqiy taraqqiyotining yangi bosqichini boshlab bergan. O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev asarlaridagi yoshlarda vatanparvarlik, harbiy vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash borasidagi g‘oyalar3 mazkur tadqiqotga metodologik asos bo‘lib xizmat qildi.


Ilmiy tadqiqot ishining maqsadi.
Harbiy vatanparvarlikni rivojlantirishda axloqiy munosabatlarni shakllantirish va tadqiq etish, harbiy faoliyatning jamiyat hayotida o‘rni va mavqeini belgilash hamda hozirgi zamon axloqiy muammolarini tahlil qilish.
Ilmiy tadqiqot ishining vazifasi.

  • “Harbiy vatanparvarlik” tushunchasining tarixiy va zamonaviy talqiniga doir nazariy-uslubiy muammolarini aniqlash.

  • Harbiy xizmatning axloqiy ahamiyatini ochib berish.

  • Yosh avlodda harbiy vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlashning samarali yo‘l va vositalarini izlab topishga doir ilmiy-amaliy xulosalar, taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.


Download 77.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling