Ii-bob. Harbiy faoliyat va ma’naviyat uyg‘unlashuvi: milliy tendensiyalarning falsafiy-axloqiy tahlili


Yoshlarda harbiy vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada rivojlantirish omillari: “Temurbeklar maktablari” misolida


Download 77.32 Kb.
bet5/10
Sana09.06.2023
Hajmi77.32 Kb.
#1475637
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
U. Ibragimov (Dissertatsiya)

1.2. Yoshlarda harbiy vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada rivojlantirish omillari: “Temurbeklar maktablari” misolida.

Jadid ma’rifatparvari Abdulla Avloniy aytganidek: “Har bir kishining tug‘ilib o‘sgan shahar va mamlakatini shul kishining vatani deyilur. Har kim tug‘ilgan, o‘sgan joyini jonidan ortiq suyar... Biz turkistonliklar o‘z vatanimizni jonimizdan ortiq suyganimiz kabi, arablar arabistonlarini, qumlik issiq cho‘llarini, eskimuslar shimol taraflar, eng sovuq qor va muzlik yerlarni boshqa yerlardan ziyoda suyarlar. Agar suymasalar edi, havosi yaxshi turonlik oson yerlarga o‘z vatanlarini tashlab hijrat qilurlar edi”.


Inson uchun vatan yagonadir. Vatanning katta-kichigi ham, boy-kambag‘ali ham bo‘lmaydi. Vatan tanlanmaydi. Vatan bizning molimiz emas. Shuning uchun ham u pulga sotilmaydi va sotib olinmaydi. Vatan in’om etilmaydi, qarzga berilmaydi. Vatan har bir fuqaro uchun muqaddas va betakrordir.
Davlatimiz rahbari Sh.M.Mirziyoyev 2022-yilning 24-fevral kuni Qoraqalpog‘istonning Beruniy tumanida faollar bilan uchrashuvd
“dunyo kun sayin emas, soat sayin tahlikali bo‘lib borayotganini” ta’kidladi. Bugun biz insoniyat taraqqiyot sari, xavfsiz dunyo sari intilayotgan XXI-asrda ham na xavfsizlik, na taraqqiyot o‘z mukammal kafolatiga ega emasligiga yana bir karra amin bo‘layapmiz. Zero, xavfsizlik va taraqqiyot o‘zgalar tominidan taqdim etiladigan “tuhfa” emas. Shunday ekan, tahlikali dunyo siyosatida O‘zbekiston o‘z pozitsiyasini qanday belgilaydi? Jahon va milliy maydonda davlatimizning yaqin va uzoq kelajakka qaratilgan insonparvarlik va taraqqiyotga xizmat qiluvchi qanday taktika va strategiyalari mavjud?
Javob bitta, ya’ni yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha qabul qilingan qarorlarni amalga oshirish doirasida har tomonlama rivojlangan, bilimdon, xalqiga, shuningdek, Vatanga xizmat qilish ishiga sodiq yoshlarni tarbiyalash bo‘yicha keng miqyosli ishlar amalga oshirish zarur.
Shu bilan birga, milliy qadriyatlarga, xalqlarning madaniyatiga va o‘zligiga bo‘lgan tahdidlar, yot g‘oyalarni singdirishga bo‘layotgan urinishlar kuchayib borayotgan globalizatsiya jarayonlari jadal rivojlanayotgan sharoitda yoshlar eng zaif qatlam bo‘lib qolayotganligi sababli bu yo‘nalishda qo‘shimcha kompleks chora-tadbirlar qabul qilinishi dolzarb vazifalardan biri bo‘lib qolmoqda.
Yuksak intellektual salohiyatga, zamonaviy fikrlash hamda dunyoqarashga ega, davlatimiz manfaatlari va suverenitetini fidokorona himoya qilishga tayyor bo‘lgan har tomonlama kamol topgan, jismonan sog‘lom va ma’naviy yetuk yosh avlodni tarbiyalash tizimini yaratishga qaratilgan davlat siyosatini faol va izchil amalga oshirishni ta’minlash maqsadida 2020-yilning 28-iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 4375-sonli Qarori11 qabul qilingan edi. Unga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Davlat xavfsizlik xizmati, Milliy gvardiyasi tarkibida prinsipial yangi «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseylari tashkil etildi.
O‘quvchilarda xalqimizning ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlariga, uning madaniyati va urf-odatlariga chuqur hurmatni, ularda halollik, vijdoniylik, vatanparvarlik, sadoqat, fidokorlik singari shaxs sifatlarini, shuningdek, milliy g‘urur tuyg‘ularini shakllantirish, xalqimizning tarixi va boy madaniyati, buyuk ajdodlarimizning, eng avvalo Amir Temurning bebaho merosi, Vatan ozodligi va farovonligi yo‘lida o‘zini qurbon qilgan zamondosh vatandoshlarimizning qahramonligi asosida, O‘zbekiston xalqiga sodiq, qat’iy hayotiy qarashlar va faol fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lgan o‘quvchilarni tarbiyalash, o‘quvchilarda keng dunyoqarash, intellektual salohiyat, ijodiy va tahliliy fikrlashni rivojlantirish, tabiiy va aniq fanlar, xorijiy tillar va zamonaviy axborot texnologiyalari bo‘yicha mustahkam bilimlarni shakllantirish, shuningdek, ularga harbiy ishdagi boshlang‘ich bilimlarni singdirish, notiqlik va etakchilik xislatlariga ega, jismonan rivojlangan, chidamli, mard va jasur Vatan himoyachilarini, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar rezervini shakllantirish maqsadida respublikaning oliy, oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga o‘qishga kirishi uchun munosib nomzodlarni tayyorlash «Temurbeklar maktabi» harbiy-akademik litseylarining bosh vazifasi etib belgilandi.
Qarorga muvofiq Mudofaa vazirligi tarkibida Farg‘ona «Temurbeklar maktabi» HAL, Davlat xavfsizlik xizmati tarkibida O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati «Temurbeklar maktabi» HAL, Ichki ishlar vazirligi tarkibida Nukus «Temurbeklar maktabi» HAL, Milliy gvardiya tarkibida Toshkent «Temurbeklar maktabi» HAL, Favqulodda vaziyatlar vazirligi tarkibida SHahrisabz «Temurbeklar maktabi» HAL, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-fevraldagi PQ-4609-son qarori12 bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati tizimida Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida “Yosh chegarachilar” harbiy-akademik litseyi tashkil etildi.
Hozirda mazkur harbiy-akademik litseylarda mingdan ziyod yosh o‘g‘lonlarimiz respublikaning saralangan, ilg‘or pedagogik va ilmiy salohiyatli ustozlaridan maqsadli, tizimli va muvofiqlashtirilgan holda vatanparvarlik ruhida saboq olishmoqda.
Bundan asosiy maqsad — yoshlar ongida faol fuqarolik pozitsiyasi, ijtimoiy qadriyatlarni va konstitutsion burchlariga nisbatan sadoqat hissini shakllantirishdir. XI asrda yashagan Abu Ali Hasan ibn Ali Tusiy Nizomulmulkning 1091-yili yozilgan “Siyosatnoma” (Siyar ul-muluk) asarida davlat boshliqlari lashkarga yaxshi munosabatda bo‘lishlari, ular holidan xabar olib turishlari, shunda ularning vatanga bo‘lgan mehrlari va sadoqatlari qalblarida mustahkam bo‘lib xizmat va urush paytlarida sabotli bo‘ladilar deb yozib qoldirgan.13
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli kuchlar Oliy Bosh Qo‘mondoni Shavkat Mirziyoyev 2022-yilning 7-yanvar kuni Davlat xavfsizlik xizmatining harbiy ta’lim muassasalari faoliyati bilan tanishdi. Xususan, Davlat xavfsizlik xizmatining Temurbeklar maktabi uchun poytaxtimizning Yunusobod tumanida qurilgan yangi binosiga tashrif davomida harbiy-akademik litseydagi o‘qitish tizimi bilan yaqindan tanishib litseyda tahsil olayotgan o‘quvchilar bilan bo‘lgan muloqotda yoshlarga qarata “Ilmni qadrlang, ilmga intiling! Bir soniya vaqtingiz ham bekor o‘tmasin! Yoshlik — umrning eng bebaho davri. Ilm va bilim — o‘tda yonmaydigan, suvda cho‘kmaydigan, hech kim sizdan tortib ololmaydigan boylik ekanini aslo unutmang!” deya ta’kidladilar.
“O‘zbekiston fuqarosining vatanparvarligi – bu qayta o‘zgarish yo‘lini ko‘rsatuvchi, ko‘zlagan maqsadidan chetga chiqmaydigan yo‘lchi yulduz, ishonchli kompasdir. O‘zbekistonga, uning yeriga, tabiatiga, bu yerda yashayotgan xalqlarga muhabbat, o‘lkaning tarixi, madaniyati, an’analarini teran bilib olishga intilish, respublikaning qudrati va yutuqlaridan fahrlanish, xalqimiz qismatiga tushgan qiyinchiliklar uchun qayg‘urish ko‘p millatli o‘zbek jamiyatining muhim jipslashtiruvchi asosi hisoblanadi”. Shu nuqtai-nazardan qaraganda, vatanimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarni, uning tarixini, xalqning boy merosini, milliy va umuminsoniy qadriyatlarning tub mohiyatini, respublikamiz imkoniyatlarini chuqur anglagan holda, yuksak istiqbolga erishish yo‘lida fidoyilik namunalari ko‘rsatmagan kishi haqiqiy vatanparvar bo‘lmaydi. Tarixiy madaniy meros insonda vatanparvarlik, milliy tuyg‘usini uyg‘otadi. Ajdodlarga munosib avlod bo‘lishga intilish hissini paydo qiladi. Tarixiy tafakkur orqali idrok qilingan madaniy meros o‘zida katta ma’naviy qudratni, boylikni, iste’dodni namoyon qiladi.
“Uchinchi Renesans” poydevori bo‘lmish Yangi O‘zbekiston rivojiga har daqiqada ulush qo‘shmoq, vatanga muhabbat, vatanparvarlikning asl ko‘rinishidir. Vatanga munosib farzand bo‘lish, uning yeri, suvi, eli bilan chambarchas bog‘liq ekanligimizni teran anglash, uni ardoqlash ham vatanparvarlikning bir ko‘rinishi, qirrasidir.
Harbiy vatanparvarlik ona yurtning, xalqning tarixi va taqdiriga chuqur hurmat bilan qaraydigan, Vatan manfaatlari yo‘lida fidoiylik namunalarini ko‘rsatishga qodir bo‘lgan yoshlarga xos fazilatdir. Vatanga, xalqga bo‘lgan hurmat, muhabbat, ishonch tuyg‘usi muayyan umumiy manfaatlar, maqsadlar asosida shakllanib, kishilarning qalbidan chuqur o‘rin oladi, faoliyaiga ta’sir qilib, ularni ma’suliyatli vazifalarni bajarishga safarbar etib turadi. Demak, aytish mumkinki, vatanparvarlik – o‘z taqdirini vatan, millat taqdiri bilan bog‘lagan barcha kishilarga xos fazilatdir.
Harbiy vatanparvarlik ayni paytda barchaning o‘z ishiga mas’uliyat bilan
qarashi, vatanning boyliklarini ko‘z qorachig‘iday asrash, boyliklariga boylik
qo‘shishga o‘z ulushimizni qo‘shish, ilm-fan cho‘qqilari sari intilish, bunyodkorlik
harakatlarimiz bilan uning kuch-qudratiga, gullab yashnashiga imkon darajasida
hissa qo‘shish, ona yurtimizda tinchlik, barqarorlik va osoyishtalikni saqlashga
intilish vatanparvarlikning yuksak belgisidir.
Yoshlarda harbiy-vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseylarida tahsil olayotgan yoshlarimiz har jihatdan barkamol insonlar bo‘lib yetishishlarining ilmiy asoslangan konsepsiyasi mavjud va u o‘z natijalarini bermoqda, o‘quvchilar Respublika fan olimpiadalari, xorijiy tillarni egallash, jangovor tayyorgarlik hamda sport musobaqalari, turli ijodiy tanlovlarda o‘z faolliklarini ko‘rsatib faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritishmoqda. Gapning qisqasi, ushbu yoshlar yurt kelajagi uchun tikilgan ulkan kapital - Yangi O‘zbekistonning qanotlaridir.


Download 77.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling