Ii bob. Infeksion kasalliklar tasnifi va epidimiologiyasi


Download 163.09 Kb.
bet6/19
Sana17.06.2023
Hajmi163.09 Kb.
#1519996
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
SURUNKALI VA INFEKSION KASALLIKLAR TASNIFI VA EPIDIMIOLOGIYASI

Diagnostikasi. Laboratoriya tekshiruvi uchun teridagi elementlardan, boshqa formalarida qon, siydik, balg‘am, najas, qusuq massasidan namuna olib, ehtiyotlab jo‘natiladi. Materialdan mazok tayyorlash, Askoli pretsipitatsiya reaksiyasini qo‘yish mumkin. Teri ostiga 0,1 ml antraksin yuborib allergik reaksiya ham qo‘yiladi.
Davolash. Bemor alohida palataga yotqiziladi. Antibiotiklardan penitsillin yaxshi natija beradi. U 300000-500000 TB dan kuniga 6-8 marta 7-12 kun yuboriladi. Tetratsiklin, levomitsetin, streptomitsindan ham foydalanish mumkin. Spetsifik kuydirgi gamma-globulin 25-30 ml miqdorda mushaklar orasiga yuboriladi. Kuydirgiga qarshi zardob ham ishlatiladi. Bemorning idish-tovog‘i alohida bo‘ladi va foydalangandan so‘ng uzoq qaynatiladi. Bog‘lov materiallari yoqib yuboriladi. Bemor bilan aloqada bo‘lganlar 8 kun tibbiy nazoratda bo‘ladi.
Profilaktikasi. Profilaktika chora-tadbirlari shifokorlar va veterinariya xodimlari hamkorligida amalga oshiriladi. Kasal hayvon aniqlanganida karantin joriy etiladi, go‘shtini sotishga ruxsat etilmaydi. O‘lgan hayvon jasadi maxsus joyda chuqur o‘ra kavlanib, tubiga va ustiga xlorli ohak sepib ko‘miladi. Shaxsiy profilaktika maqsadida veterenariya xodimlari STI vaksinasi bilan emlanadi.
Vabo (cholera) — ingichka ichakning zararlanishi, intoksikatsiya, umumiy ahvolning og’irlashuvi va organizmning suvsizlanishi bilan davom etadigan o’tkir infeksion kasallik; o’ta xavfli ichak kasalliklaridan. Vabo dastlab (1816) Hindistonda — Gang daryosi vodiysida paydo bo’lgan; u yerda turmush sharoiti og’ir bo’lganligi uchun aholining bir qismi boshqa davlatlarga keta boshlaydi. Natijada Vabo Yevropaga, keyinchalik butun dunyoga, tarqaladi. Vaboning klassik Vabo va El-Tor Vabosi degan 2 turi bor. Shunga ko’ra, Vabo mikrobi (vibrion deb ataladi) klassik Vabo vibrioni va El-Tor vibrioni deb ataladigan ikki xilga ajratiladi. Klassik Vabo vibrionini 1883 y. R Kox, El-Tor Vabosi vibrionini esa 1906 y. Sinay ya. o. da Gotshlix topgan. Vabo vibrioni salgina bukilgan va ikki uchi yumaloqlangan tayoqcha bo’lib, bo’yi 1,5—4 mk va eni 0,2—0,4 mk. Vabo vibrioni daryo suvida 18 kundan 5 oygacha, muzda bir necha oy, ariqlarda bir necha kun, dengiz suvida ikki hafta, sovuq vaqtda najasda bir necha oy, axlat chuqurlarida 3 oygacha, ichki kiyimlarda 2 oy, qum tuproqda bir necha oy, suv havzalarida 15—30 kun, sut va yog’da bir oygacha, kartoshkada 2 haftagacha, ho’l mevada bir necha kungacha, pivoda 3 soatdan 5 kungacha tirik turadi. Dezinfeksiyalovchi moddalar vibrionni tez o’ldiradi. Suv qaynatilganda ham vibrion tez o’ladi. 1960 y. gacha bo’lib o’tgan Vabo epidemiyalarining deyarli hammasi (aniqroq aytganda 6 pandemiyasi) ga klassik Vabo vibrioni sabab bo’lgan. Klassik Vabo og’ir utib, bemor yotib qoladi, kasallik belgilari (tez-tez ich ketishi, qusish, shuning natijasida organizmning suvsizlanishi, shuningdek temperatura pasayishi, muskullarning tirishishi va intoksikatsiyaning boshqa belgilari, yurak urishining susayishi va sh. k.) aksari ro’yirost ko’rinadi, shunga ko’ra kasallik Vabo boshlanishi bilanoq tez aniqlanganida, Vabo ning tarqalishi cheklanadi. El-Tor Vabosi esa aksari yengil o’tadi. Vabo belgilari bo’lmagani holda vibrionlarni tashib yuradigan kishilar ko’proq uchraydi, shu bois El-Tor Vabosini aniqlash klassik Vaboni aniqlashga nisbatan qiyinroq, shuning uchun El-Tor Vabosining bir mamlakatdan ikkinchi mamlakatga o’tish va keng tarqalish imkoniyatlari katta.Vabo vibrioni bemorning axlati, qusug’i, ba’zan siydigi bilan tashqariga chiqadi. Vibrionlar tushgan suv va oziqovqatni iste’mol qilish natijasida Vabo yuqadi. Me’da shirasi vibrionlarni o’ldiradi, ammo suv ko’p ichilganda yoki me’da shirasi kamroq bo’lganda vibrionlar me’dadan ingichka ichakka o’tib, kupayadi. Vibrionlarni pashsha ham tarqatadi. Pashsha axlatga qo’nganda vibrionlarni qorniga va oyoklariga ilashtirib olib, oziq-ovqatga va ichimlik suvga yuqtirishi mumkin. Bemorni parvarish qiluvchilar va vibrion tashuvchilar (organizmida Vabo vibrionlari bo’lsa-da, og’rimayotgan kishilar) ham kasallik tarqalishiga sabab bo’la oladi. Vabo yuvuqsiz qo’l, kir kiyimbosh va parvarish buyumlari orqali ham yuqadi. Vabo vibrionlari tushgan suvni iste’mol qilish natijasida kelib chiqqan Vabo epidemiyalari qisqa vaqtda ko’p aholini kasallantiradi. El-Tor Vabosi asosan shu yul bilan tarqaladi (ayniqsa qishloq joylarda). Tabiiy sharoit (yozning juda issiq kelishi) va aholi migratsiyasi (dengiz bo’yidagi shaharlarga yezda ko’plab aholining dam olishga kelishi) sanitariya ahvoliga putur yetkazib, Vaboning tarqalishiga imkon beradi. Vaboning tipik (algid) formasi 2—3, ba’zan 5 kunlik inkubatsion davrdan keyin o’ziga xos belgilar bilan boshlanadi: ich tez-tez va ko’p keladi, bemor qusadi, temperaturasi pasayadi (35—34° gacha), muskullari tirishadi, yurak urishi susayadi va h. k. Organizm suvsizlangani uchun bemorning ko’zlari kirtayadi, badani ko’karadi, terisi burishib qoladi, yopishqoq ter bosadi. Bemor shu ahvolda bir necha kun yotgach ich ketishi va qusish bosilib, sog’aya boshlaydi. Vaboning ich surmaydigan va qustirmaydigan og’ir ("quruq") formasida bemor talvasaga tushib, o’ziga kelmay, bir necha soatda o’lib qoladi. Zamburug’, mishyakdan zaharlanish, shuningdek ovqatdan buladigan toksikoinfeksiyalar ham ba’zan Vaboga o’xshab kechishini nazarda tutish lozim. Bemor, albatta, kasalxonada davolanadi.Oldini olish: chet ellardan Vabo o’tib qolmasligi uchun davlat chegaralarida sanitariya muhofazasi choralari ko’riladi, aholi yashaydigan joylarni, shuningdek oqova suvlarni tozalash, suv havzalarini sanitariya ahvolini himoya qilish, suv ta’minoti, oziq-ovqat va umumiy ovqatlanish korxonalari muntazam nazorat qilinadi, pashsha yo’qotiladi, sanitariya-gigiyena chora-tadbirlari kuchaytiriladi va h. k. Yuqorida ko’rsatilgan tadbirlardan tashqari, suv va oziqovqatni yuqumsizlantirish va shaxsiy gigiyenaning ahamiyati katta. Vabo vibrioni chidamsiz bo’lgani uchun suvni qaynatib, masalliqlarni obdon pishirib, ularni Vabo vibrionlaridan xalos qilish lozim. Vabo aniqlangan taqdirda Sog’liqni saqlash vazirligiga darhol xabar beriladi, bemor albatta kasalxonaga yotqiziladi, kasallik topilgan joyda dezinfeksiya, dezinseksiya va karantin chora-tadbirlari amalga oshiriladi. Bemorga yaqin yurgan kishilar 5 kunlik karantinga olinadi va tibbiy ko’rikdan o’tkaziladi. Jahon Sog’liqni saqlash tashkilotining tavsiyasiga ko’ra hozir vabo kasalligi o’chog’ida karantin qo’llanilmaydi.Davo organizmning suv-tuz maromini rostlash, qon, plazma, fiziologik eritma, Ringer eritmasi, trisol, disol, atsesol, xlosol, reomakrodeks va boshqa eritmalarni to’xtovsiz quyish, antibiotiklar berish, organizmning umumiy ahvolini yaxshilash choralarini ko’rishdan iborat.

Download 163.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling