Ii bob. Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishda ijtimoiy-iqtisodiy omillarni takomillashtirish


II BOB. KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHDA IJTIMOIY-IQTISODIY OMILLARNI TAKOMILLASHTIRISH


Download 116.69 Kb.
bet2/3
Sana19.11.2023
Hajmi116.69 Kb.
#1786668
1   2   3
Bog'liq
jamiyat taraqqiyotida biznesning ma\'naviy o\'rni

II BOB. KICHIK BIZNES VA TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISHDA IJTIMOIY-IQTISODIY OMILLARNI TAKOMILLASHTIRISH
2.1. Kichik biznesni ijtimoiy-iqtisodiy omillari
O’zbekiston Respublikasi iqtisodiyotini mustahkamlash, har tomonlama rivojlantirib borish, iqtisodiyotni xususan bozor munosabatiga o’tishni tezlashtiruvchi eng asosiy yo’llardan biri bu kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hisoblanadi. Shuning uchun ham tadbirkorlikni rivojlantirishga, uni davlat tomonidan qo’llab- quvvatlanishi, xususiy tadbirkorlikda tashabbus ko’rsatish, uni rag’batlantirishga bag’ishlangan bir qancha qonun, farmon va qarorlar qabul qilindi. Mamlakatimizda olib borilayotgan iqtisodiy ijtimoiy islohotlarning tub negizini tadbirkorlik, omilkorlik va ishbilarmonlik xislatlarisiz tasavvur etish qiyin. Erkin bozor munosabatlarining keng ravnaq topishi kishilar hayotida, ularning turmush tarzida, ma’naviy va hayotiy ko’nikmalarida namoyon bo’lmoqdaKichik biznes va xususiy tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlanishi nafaqat iqtisodiyotni muttasil rivojlanishi, xo’jalik aloqalarini tuzatish, raqobatni rivojlantirish va iste’mol bozorini to’ldirish bilan bog’liq bo’lgan iqtisodiy maqsadlarni ham ta’minlamoqda. Mamlakatimizda kichik biznesni va xususiy tadbirkorlikni yanada barqaror qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Xususiy mulkni himoya qilish va mulkdorlar huquqlarining kafolatlarini kuchaytirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llabquvvatlash borasidagi ishlarni tashkil qilish tizimini tubdan takomillashtirish bo‘yichqo‘shimcha chora-tadbirlar, shuningdek, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy resurslar va ishlab chiqarish infratuzilmasidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish to‘g‘risida” 2019-yil 13-avgustdagi PF-5780-son Farmoni va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi huzuridagi Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish agentligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” 2019-yil 13-avgustdagi PQ-4417-son qarorlari qabul qilingan. Mamlakatimizni rivojlantirishni 2017-2021 yillarga mo'njallangan harakatlar strategiyasida kichik biznes oldiga juda keng ko'lamli vazifalar qo'ydi. Ushbu vazifalarni samarali tarzda yechish uchun kichik biznes sub'ektlarini boshqarishda innovatsion faoliyatga katta ahamiyat qaratilgan. Faol tadbirkorlikni amalga oshirish uchun ham innovatsion tadbirkorlik bo'lishi kerak. Innovasion faoliyat tadbirkorlik faoliyatining mohiyatini tashkil qilishi kerak. Sharafli nomga ega bo'lish uchun har qanday shaxs o'z ustida ishlashi, yangiliklarni qidirish, yaratishi, izlanishi lozim. Bozor iqtisodiyotidagi keskin raqobat kurashida engib chiqib, yashab qolaman degan tadbirkor innovatsion faol bo'lishi, innovatsion boshqaruvni amalga oshirishi kerak. Bu hayotiy zaruriyat hisoblanadi. Innovatsiya –bu raqobat qonunidir, bozor iqtisodiyotining o'ziga hos hususiyati bo'lib, u-siz bozor tizimi hech qachon rivojlanmaydi. 1-rasm. Faol tadbirkorlikni amalga oshirish omillari. Faol tadbirkorlikni amalga oshirish uchun hamda innovasion faoliyatni jadal ravishda qo'llash uchun turli salohiyatga ega bo'lgan kichik biznes faoliyati sub'ektlari innovasion salohiyatini belgilashda quyidagilarga alohida e'tibor berishlari katta ahamiyatga ega deb hisoblaymiz:
1.Rag'batlardan keng miqyosda foydalanish
2.Imkoniyatlardan foydalanish
3.Turli cheklovlar va to'siqlarni bartaraf etish (1-rasm). Kichik biznes sub'ektini boshqarayotgan mulk egasi o'z foydasini orttirish yo'lida tinmay izlanadi. Buning uchun, u sifatli, raqobatbardoshli yoki umuman yangi xil mahsulot turini ishlab chiqarishga harakat qiladi. Buning uchun u o'zidagi texnologiyani takomillashtiradi, innovatsiyalarni joriy etadi, ya'ni yangiliklarni qidiradi, topadi, o'z korxonasida qo'llaydi. Ushbu harakatlarning barchasi ma'lum xarajatlarni talab qiladi. Faol tadbirkorlikni amalga oshirish uchun hamda innovasion faoliyatni jadal ravishda qo'llash uchun turli salohiyatga ega bo'lgan kichik biznes faoliyati sub'ektlari innovasion salohiyatini belgilashda quyidagilarga alohida e'tibor berishlari katta ahamiyatga ega deb hisoblaymiz:
1. Rag'batlardan keng miqyosda foydalanish
2. Imkoniyatlardan foydalanish
3. Turli cheklovlar va to'siqlarni bartaraf etish (1-rasm). Kichik biznes sub'ektini boshqarayotgan mulk egasi o'z foydasini orttirish yo'lida tinmay izlanadi. Buning uchun, u sifatli, raqobatbardoshli yoki umuman yangi xil mahsulot turini ishlab chiqarishga harakat qiladi. Buning uchun u o'zidagi texnologiyani takomillashtiradi, innovatsiyalarni joriy etadi, ya'ni yangiliklarni qidiradi, topadi, o'z korxonasida qo'llaydi. Ushbu harakatlarning barchasi ma'lum xarajatlarni talab qiladi. Shu bilan birgalikda, katta xarajatlarni qilib, bozorga olib chiqilgan mahsulotni bozorda yaxshi qabul qilmasliklari mumkin. U etarli miqdorda sotilmasdan, qilingan xarajatlar qoplanmasligi mumkin. Mahsulotning biron-bir hususiyati etarli darajada hisobga olinmagan bo'lishi mumkin. Shuning uchun har qanday tadbirkor har qanday yangi ishni, innovatsiyani amalga oshirish uchun ko'p marta o'ylashi, hisob-kitoblarni amalga oshirishi lozim. Shu bilan birgalikda. tadbirkorni innovasion tavakkalchilikka etaklaydigan bir kuch bor. Bu bozordagi raqobat kuchidir. Bozorda mahsulot ishlab chiqaruvchilar ko'pligidan, ular o'rtasida kuchli raqobat kurashi mavjuddir. Har bir ishlab chiqaruvchi ko'proq mahsulot sotishga harakat qiladi. Kimda-kim harakatni susaytirsa, xotirjamlikka berilsa, raqobatda yutqazib qo'yishi mumkin. Bunday xavf har qanday tadbirkorga doimiy ravishda yo'ldosh bo'ladi. Shu sababli, tadbirkorni innovasion faoliyatga undovchi kuch bo'ladi. Ana shu narsa – innovasion rag'batdir. Kichik biznes sub'ektlarida innovasion loyiha ustida shug'ullanish uchun ma'lum imkoniyatlarga ham ega bo'lish talab qilinadi.Unda qandaydir o'ylab topilgan yangilik yoki ilmiy-texnikaviy faoliyat natijasi bo'lishi kerak.Tadbirkor qandaydir ilmiy muassasaga topshiriq berishi, ichki yoki tashqi bozordan tayyor lisenziya sotib olishi, patent tadqiqoti o'tkazishi mumkin.Muammo bo'lsa, olimlar va tadqiqotchilar bu muammo ustida ishlaydilar va echimini topishga harakat qiladilar. Shu sababli, tadbirkor o'z muammolarini ilmiy-tadqiqot muassasalariga etkazishi lozim. Bunday ishlarning hammasi tadbirkorda mablag'bo'lishini talab qiladi. Yaratilgan yangilikni joriy qilish uchun ham mablag'bo'lishi kerak. Yirik innovatsiyalarni amalga oshirish uchun kichik biznes sub'ektlarida mablag'etishmaydi. Shu sababli,kichik biznes sub'ektlario'zaro birlashishlari mumkin. Shu yo'l orqaligina bunday cheklashlarni engib o'tishi mumkin. Natijada yirik tadbirkorlik sub'ektlari tashkil topadi. Kichik biznes mamlakatimiz yalpi ichki mahsulotining qariyb 60 foizini, sanoat mahsulotlari hajmining uchdan birini, qishloq xo’jaligi mahsulotining 98 foizini, investitsiyalarning yarmini taʼminlamoqda. Ko’pgina viloyatlarda eksportning 70-90 foizi aynan kichik biznesga to’g’ri keladi.
1.Kichik biznes subyektlarining ro’yxatdan o’tish vaqti 30 daqiqani tashkil etadi. Yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro’yxatdan o’tish uchun faqat bir dona, yuridik shaxs sifatida kichik korxonani ro’yxatga olishda esa - ikki dona hujjat talab etiladi.
2.Deyarli barcha tarmoqdagi kichik korxonalar kichik biznesni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlar yaratishning muhim omili hisoblanadigan yagona soliq to’lovi stavkasi, realizatsiya qilingan tovarlar va xizmatlar hajmining 5% ni tashkil etadi. Shu bilan bir qatorda kichik biznes subyektlari uchun yagona ijtimoiy to’lovning amaldagi stavkasi 15% ni tashkil etadi.
3.Yangi tashkil etilgan chet el investitsiyasi ishtirokidagi ishlab chiqarish korxonalarga besh yil davomida ular ro’yxatdan o’tgan kunidagi soliq va majburiy to’lovlar stavkasini qo’llash huquqi beriladi. 2018-yildan boshlab 1 gektardan ko’proq yer maydoniga ega bo’lgan kichik korxonalar yagona yer solig’i to’lashi belgilab qo’yildi.
4.Kichik biznesni moliyaviy qo’llab-quvvatlash quyidagi yo’llar orqali amalga oshirilmoqda: banklar tomonidan imtiyozli stavkalar bo’yicha kreditlar berish; tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash davlat jamg’armasining tadbirkorlik faoliyatiga berilgan kredit mablag’larining 50% miqdoridagi kafillik va tijorat banklari kreditlari bo’yicha hisoblangan foiz xarajatlarini qoplash.
5.Tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini va qonuniy manfaatlarini himoya qilishga ma’sul institut tomonilan biznes manfaatlari himoyalangan. O’zbekistonda kichik biznes subyektlari faoliyatini rejadan tashqari tekshirish bekor qilindi, shuningdek birinchi marta sodir etilgan moliyaviy-xo’jalik huquqbuzarlik uchun tadbirkorlik subyektlari ma’muriy jarimalarning barcha turlaridan ozod etilgan.
6.Respublikaning barcha hududlarida tadbirkorlik subyektlariga davlat xizmatlarini ko’rsatuvchi “yagona darcha” tamoyili ostida faoliyat ko’rsatadigan markazlarda tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlovchi markazlar tashkil qilingan. Tadbirkorlik faoliyatini endi boshlovchi subyektlar uchun o’zlarining biznes rejalarini tuzish, huquqiy va amaliy ko’mak berish, shuningdek faoliyatlari uchun zarur ma’lumotlarni olishlari uchun “biznes-inkubatorlar” tashkil etilgan.
7.Respublika bo’yicha tadbirkorlarga biznes yuritish bo’yicha o’quv kurslari, xususiylashtirilgan obyektlar bazasida loyihalar amalga oshirish, 5 yil muddatga nol stavkada ijara asosida yer maydonlari ajratish orqali yosh tadbirkorlar uchun klasterlar tashkil etildi.
2.2. Kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish muhiti
Mustaqillik yillarida O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotining asosi bo‘lgan xususiy mulk ustuvorligini mustahkamlaydigan barqaror qonunchilik bazasi yaratilganini qayd etish zarur. O‘rta mulkdorlar sinfini shakllantirish, mamlakat iqtisodiyotini barqaror yuksaltirish, yangi ish o‘rinlari yaratish va aholi daromadini oshirishning muhim omili bo‘lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish bo‘yicha qulay ishbilarmonlik muhiti hamda ishonchli huquqiy kafolatlar yaratildi.
Natijada so‘nggi o‘n yilda yalpi ichki mahsulot tarkibida kichik biznes ulushi 31,1 foizdan 52,5 foizga o‘sdi, ushbu sohada bandlik darajasi iqtisodiyot tarmoqlarida ish bilan band aholi umumiy sonining 49,7 foizidan 74,5 foizigacha oshdi. Aholi daromadlarining 47 foizdan ziyodi tadbirkorlik faoliyatidan tushgan daromadlar hissasiga to‘g‘ri keladi.
“Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili” Davlat dasturiga muvofiq, joriy yilda tadbirkorlik faoliyatini keng rivojlantirish uchun yanada qulay biznes muhitni yaratish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar qabul qilindi.
Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ularni muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash tartibi sezilarli darajada soddalashtirildi hamda bu jarayon yanada ochiqlik kasb etdi. Ro‘yxatga olish uchun davlat boji stavkasi ikki barobarga qisqartirildi. Ishchilarning yillik o‘rtacha soni 100 kishigacha ko‘paytirilgan kichik korxonalar shug‘ullanishi mumkin bo‘lgan faoliyat turlari ro‘yxati sezilarli darajada kengaytirildi. Kichik biznes subyektlarini davlat xaridlari jarayoniga keng miqyosda jalb qilish mexanizmi ishlab chiqildi va joriy etildi.
Davlat va nazorat idoralarining korxonalar moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga aralashuvini keskin kamaytirish hamda tadbirkorlik subyektlarining iqtisodiy erkinligi va huquqlarini sezilarli ravishda kengaytirish bo‘yicha choralar qabul qilindi. Yangi tashkil qilingan kichik korxonalar va mikrofirmalarni rejali soliq tekshiruvlaridan ozod etish muddati ikki yildan uch yilga uzaytirildi. Soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni o‘z vaqtida to‘layotgan, shuningdek, ishlab chiqarishning barqaror o‘sish sur’atlari va rentabelligini ta’minlayotgan kichik tadbirkorlik subyektlarida uch yil davomida soliq tekshiruvlarini o‘tkazish taqiqlandi.
Tijorat banklarining kapitallashuv darajasi oshmoqda, kichik biznes subyektlarini, ayniqsa, ularning yuqori texnologik uskunalar xarid qilishi uchun imtiyozli kreditlash mexanizmi takomillashtirildi.
Shu bilan birga, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan, tadbirkorlik faoliyati erkinligini cheklayotgan bir qator muammolar hal etilmay qolmoqda.
Tadbirkorlik subyektlarining davlat, soliq va nazorat idoralari, tijorat banklari bilan o‘zaro munosabatlarini aniq belgilab beradigan ma’muriy reglament to‘liq ishlab chiqilmagan. Ochiqligi ta’minlanmagan ko‘plab ruxsat berish tartiblari hamon saqlanib qolmoqda. Nazorat idoralarining tadbirkorlik subyektlari faoliyatiga noqonuniy aralashish holatlari uchramoqda. Kichik biznes mahsulotlarini hududiy va jahon bozorlariga olib chiqish bo‘yicha amaliy mexanizm yaratilmagan.
Ishbilarmonlik muhitini yanada tubdan yaxshilash, bozor islohotlarini liberallashtirish va chuqurlashtirish yo‘lidan jadal harakat qilish, tadbirkorlikka ko‘proq erkinlik berish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning mamlakat iqtisodiyotidagi roli va ulushini oshirish, eksport salohiyatini rivojlantirish, aholi bandligi va daromadlarini ta’minlash maqsadida:
1. Quyidagilar Vazirlar Mahkamasi, vazirliklar, idoralar, xo‘jalik birlashmalari, tijorat banklari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklarining muhim vazifalari deb hisoblansin:
kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi ortiqcha byurokratik to‘siq va g‘ovlarga barham berish, davlat boshqaruvi funksiyalarini qisqartirish va tadbirkorlikka ko‘proq erkinlik berish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish, davlat boshqaruvi organlari tomonidan amalga oshirilayotgan turli ruxsat berish me’yorlari hamda cheklash tartiblarini keskin qisqartirish;
tadbirkorlik faoliyati subyektlarining davlat boshqaruvi idoralari, soliq va nazorat tuzilmalari bilan o‘zaro munosabatlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, hisobotlar tizimi hamda moliya, soliq va statistika idoralariga hisobotlarni topshirish mexanizmini ularni elektron tizim bo‘yicha taqdim etishga bosqichma-bosqich o‘tish orqali tubdan soddalashtirish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga soliq, bojxona hamda boshqa to‘lovlar bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatini jadal rivojlantirish va uning samaradorligini oshirishga ko‘maklashadigan qo‘shimcha imtiyoz hamda preferensiyalar berish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tijorat banklari bilan o‘zaro hamkorlik mexanizmini yanada takomillashtirish va soddalashtirish, tadbirkorlik subyektlariga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish, ularga ajratilayotgan kreditlar, birinchi navbatda, yangi ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishga, mavjud ishlab chiqarish quvvatlarini modernizatsiya qilishga va texnologik yangilashga yo‘naltiriladigan uzoq muddatli kreditlar hajmini ko‘paytirish;
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining tashqi iqtisodiy faoliyatda keng ishtirok etishi uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ularning mahsulotlarini tashqi bozorlarga olib chiqishga ko‘maklashish, eksport shartnomalarini ro‘yxatdan o‘tkazish jarayonini hamda umuman bojxona ma’muriyatchiligini soddalashtirish va liberallashtirish.
2. Belgilansinki, tadbirkorlik faoliyati subyektlarining barcha darajadagi davlat boshqaruvi idoralari, huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari, tijorat banklari bilan o‘zaro munosabatlarida tadbirkorlar huquqlari ustuvorligi prinsipiga amal qilinadi, ya’ni unga muvofiq, me’yoriy-huquqiy hujjatlardagi bartaraf etib bo‘lmaydigan barcha ziddiyatlar va noaniqliklar tadbirkorlar foydasiga talqin etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Adliya vazirligi, boshqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonun hujjatlariga ularda tadbirkorlar huquqlari ustuvorligi prinsipini belgilashni ko‘zda tutuvchi o‘zgartish hamda qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni puxta ishlab chiqsin va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga taqdim etsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
4. 2011-yilning 1-oktabridan boshlab shunday tartib joriy etilsinki, unga muvofiq yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar soliqni hisobga olish joyidagi soliq organiga yozma, shu jumladan soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali xabarnoma yuborib, soliq auditi natijalari bo‘yicha qo‘shimcha hisoblangan soliqlar summalarini, shuningdek moliyaviy sanksiyalarni tekshiruv materiallarini ko‘rib chiqish natijalari yuzasidan soliq organi tomonidan qabul qilingan qaror kuchga kirgan kundan e’tiboran olti oy mobaynida teng ulushlarda to‘lashga haqli.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli Farmoni tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.04.2021-y., 06/21/6218/0398-son)
Oldingi tahrirga qarang.
5. O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi, Moliya vazirligi Aloqa, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalari davlat qo‘mitasi bilan birgalikda barcha kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarini 2014-yilning oxirigacha soliq va moliyaviy hisobotlarni topshirishning elektron tizimiga bosqichma-bosqich o‘tkazishni ta’minlasin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013-yil 30-oktabrdagi PF-4578-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 45-son, 584-modda)
6. Markaziy bank, O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi, tijorat banklarining tadbirkorlik subyektlariga nisbatan bank faoliyatining yanada ochiqligini oshirish va liberallashtirish bo‘yicha quyidagilarni nazarda tutuvchi takliflari qabul qilinsin:
Oldingi tahrirga qarang.
(6-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 12-dekabrdagi PF-5893-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 13.12.2019-y., 06/19/5893/4150-son)
tijorat banklari tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlarining kelishilgan hajmda kreditlar ajratish haqidagi arizalarini ko‘rib chiqish muddatini uch bank kunidan oshmaydigan muddat bilan cheklash;
xo‘jalik subyektlari tomonidan savdo va servis sohasida xarid qilinadigan tovar (ish, xizmat)lar uchun korporativ plastik kartalaridan foydalangan holda to‘lovlarni amalga oshirishda to‘lov terminallari cheklarini birlamchi buxgalterlik hujjatlariga tenglashtirish;
Oldingi tahrirga qarang.
kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga bank muassasalariga naqd pul tushumini mustaqil topshirish huquqini berish.
(6-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-martdagi PF-5684-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 06.03.2019-y., 06/19/5684/2708-son)
7. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki O‘zbekiston banklari assotsiatsiyasi, tijorat banklari bilan hamkorlikda bir oy muddatda xalqaro moliya tuzilmalari, xorijiy jamg‘armalar va banklar bilan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga tijorat banklari tomonidan yangi texnologik uskunalar xarid qilish uchun beriladigan kreditlarning garov bilan qoplanmagan qismi bo‘yicha ta’minotni taqdim etish uchun Tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha kafolatlash fondini tashkil etish to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin.
(8-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 3-maydagi PF-5428-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 04.05.2018-y., 06/18/5428/1158-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 29-yanvardagi PF-4774-sonli (O‘R QHT, 2016-y., 4-son, 33-modda) va 2016-yil 15-noyabrdagi PF-4856-sonli (O‘R QHT,2016-y., 47-son, 537-modda) formonlariga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
10. Xo‘jalik subyektlari o‘rnatilgan texnologik uskunalarga Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan ro‘yxat bo‘yicha respublika hududiga olib kelinadigan ehtiyot va butlovchi qismlar uchun 2016-yilning 1-yanvarigacha bojxona to‘lovlarini (bojxona rasmiylashtirish yig‘imlari bundan mustasno) to‘lashdan ozod etilsin.
11. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda quyidagilarni nazarda tutuvchi qonunchilik hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi qonunlari loyihalarini O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga kiritsin:
yuridik shaxslar uchun soliq va boshqa majburiy to‘lovlarni hisoblash bilan bog‘liq bo‘lmagan sanksiyalarni bekor qilish, ayni paytda takroriy qonunbuzarlikka yo‘l qo‘ygan xo‘jalik subyektlarining mansabdor shaxslarining ma’muriy javobgarligini ikki barobarga oshirish;
2.3. Kichik va o`rta bizneslarni qo`llab- quvvatlash to`g`risida
Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish jarayonini jadallashtirish va davlat, xo‘jalik va jamoatchilik tuzilmalarining qulay tadbirkorlik muhiti yaratish bo‘yicha faoliyatini muvofiqlashtirishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat dasturi ma’qullansin (ilova qilinmoqda).
2. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari bir oy muddatda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlashning hududiy dasturlarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
3. Davlat mulki qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimliklari, vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash davlat dasturida nazarda tutilgan chora-tadbirlarning o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlasin.
4. “O‘zdavteleradio” kompaniyasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat matbuot qo‘mitasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Davlat mulki qo‘mitasi Davlat dasturining maqsad va vazifalarini ommaviy axborot vositalari orqali tushuntirish ishlarini olib borishni ta’minlasinlar, respublikada tadbirkorlik harakatini rivojlantirishni keng targ‘ib qilsinlar.
O‘zbekiston iqtisodiy islohotlarning bosh maqsadi ochiq tashqi siyosatli, barqaror ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini kuchli demokratik huquqiy davlatni va fuqarolar jamiyatini qurish hisoblanadi. Respublikada bozor qayta o‘zgartirishlari qat’iy va izchil amalga oshirilmoqda.
Davlatga tegishli turar joy to‘liq xususiylashtirildi, natijada salkam 1,1 mln kvartira aniq egalari qo‘liga tegdi. Kichik xususiylashtirish tugallandi. Savdo, maishiy xizmat ko‘rsatish obyektlari, uncha katta bo‘lmagan korxonalar amalda to‘liq xususiy mulk qo‘liga o‘tdi. Agrofirmalar, dehqon xo‘jaliklari va nodavlat mulk shaklidagi xo‘jalik birlashmalarining boshqa turlarini tashkil etish hisobiga qishloq xo‘jaligini davlat tasarrufidan chiqarish keng ko‘lamda olib borilmoqda. Xususiy tadbirkorlik subyektlari soni salkam 300 mingtani tashkil etadi, shu jumladan ulardan 220 mingdan ortig‘i yakka tartibdagi mehnat faoliyati patentlari bilan ishlamoqda.
Qimmatli qog‘ozlar bozorini shakllantirish va rivojlantirish davom etmoqda. Respublika fond birjasi orqali 157,7 mln so‘mlik 342,1 ming aksiya sotildi. Ochiq turdagi aksionerlik jamiyatlarining umumiy soni 3569 tani tashkil etdi. Bank va kredit-pul tizimi takomillashtirilmoqda. Xalqaro banklar va sug‘urta kompaniyalari respublikada o‘z faoliyatini kuchaytirmoqda.
Mazkur Davlat dasturi bozor qayta o‘zgartirishlari jarayonlarini jadallashtirish maqsadida chora-tadbirlar majmuini nazarda tutadi va respublikada, ayniqsa qishloqda kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning asosiy maqsadlari, vazifalari, yo‘nalishlarini belgilaydi.
Dasturning bosh maqsadlari quyidagilar hisoblanadi:
aholining keng tabaqalarini bozor faoliyatiga olib kirish, boqimandachilik, iste’molchilik psixologiyasini bartaraf qilish, tadbirkorlik, xususiy biznes bilan faol shug‘ullanish istagi “kasalligini” yuqtirish;
qishloq xo‘jaligi qayta qurilayotganligi munosabati bilan ishsiz qolayotgan kishilarni ish bilan ta’minlash maqsadida qishloqda yangi ish o‘rinlari tashkil etish;
qishloqda bozor munosabatlari va infrastrukturani jadal rivojlantirish, raqobatni rivojlantirish uchun shart-sharoitlarni ta’minlash;
xizmatlar hajmini, ayniqsa bank, auditorlik, konsalting, vositachilik faoliyati bilan bog‘liq ilm-fanni qo‘p talab qiladigan xizmatlar hajmini keskin oshirish;
xo‘jalikni yuritish samaradorligini oshirishni, ichki bozor tovarlar bilan to‘ldirilishini va ishlab chiqarishning eksportga yo‘naltirilganligini ta’minlovchi unchalik katta bo‘lmagan, moslashuvchan ishlab chiqarishlar, kichik va xususiy korxonalarni joriy qilish.


Xulosa
O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning hozirgi bosqichi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish, unga keng iqtisodiy erkinlik berish bilan tavsiflanadi. Bu borada jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi xatarlariga qarshi chora-tadbirlarni belgilash, bu inqiroz mamlakatimiz 87 iqtisodiyotiga ta’sir ko’rsatishi mumkin bo’lgan har qanday salbiy oqibatlarining oldini olish va qarshi kurashish, “2009–2012 yillarga mo’ljallangan inqirozga qarshi choralari dasturi”da belgilangan vazifalar muvaffaqiyatli amalga oshirilishini ta’minlash bugungi kunda barchamiz uchun ustuvor vazifadir. Bunday sharoitda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlariga mustaqillik berish ularda o’z faoliyatining yakuniy natijalari uchun javobgarlik hissini yanada oshiradi. Shu jihatdan kichik biznes va xususiy tadbirkorlik (KBXT)ni rivojlantirish O’zbekistonda amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning eng muhim ustuvor yo’nalishlaridan biridir. Mustaqillik yillari mobaynida mamlakatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishning iqtisodiy va huquqiy asoslari yaratilganligini qayd etish joiz. Natijada kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining ijtimoiyiqtisodiy holati sezilarli darajada yaxshilandi. Biroq, amalga oshirilgan ishlar ko’lamiga qaramasdan Mintaqalarda bu sohada hali echimini kutayotgan muammolar ham bor. Jumladan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlarining turli kesim (tuman, tarmoq va tadbirkorlik shakli)larda rivojlanish tendenstiyalarini aks ettirish va tartibga solishda qo’llaniladigan ko’rsatkichlar majmuini ishlab chiqish, ularning ayrim hollardagi past darajadagi faoliyat samaradorligi, iqtisodiy rivojlanish strategiyalari nomukammalligi dolzarb masala bo’lib qolmoqda. Viloyatimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish borasida ancha ijobiy o’zgarishlar bo’lishiga qaramasdan, quyidagi muammolar ham:
 kichik biznes va xususiy tadbirkorlik potenstiali to’liq darajada ochilmagan va safarbar qilinmagan; uning tuzilmasi va texnik jihatdan jihozlanganlik darajasi o’sib borayotgan talablarga javob bermaydi;
 davlat nazorat organlarining korxonalar xo’jalik faoliyatiga noqonuniy aralashuvi davom etmoqda;
 xizmatlar ko’rsatish sohasining rivojlanish darajasi va sifati aholining ortib borayotgan talabiga muvofiq emas. Shuning uchun xizmat ko’rsatish va 88 servis sohasida yuqori raqobat muhitini shakllantirish, xizmatlarning yangi turlarini, ayniqsa qishloq joylarida, rivojlantirish;
 viloyatning eksport salohiyatini oshirishda kichik biznes korxonalarining ulushini oshirish;
 kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishini xar tomonlama qo`llab-quvvatlash, ushbu asosda aholining ish bilan bandligi va farovonligini oshirish;
 viloyatimiz tuman va shaharlaridagi sarmoyali tadbirkorlarni izlab topish, ularga mahalliy xom ashyo salohiyatidan foydalangan holda uni qayta ishlash uchun minitexnologiyalarni olib kelishga ko’maklashish;
 -korxonalarda eskirgan asbob-uskunalarni yangisiga almashtirish va modernizastiya qilish bo’yicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
 kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning tavakkalchiligi yuqori bo’lgan shartnomalarini sug`urtalashni keskin oshirish;
 viloyatning investistion salohiyati va chet el investistiyasini kiritish manbalari to`g`risidagi ma’lumotlarni tayyorlab, chet el sarmoyadorlariga etkazish choralarini ko’rish, bunda elchixonalar salohiyatidan, Internet tizimidan, axborot texnologiyalari imkoniyatlaridan keng foydalanish tizimini joriy qilish;
 tadbirkorlar tomonidan tanlangan zamonaviy uskunalarni sotib olish uchun moliyaviy resurslar bilan ta’minlash, jamg`arma, lizing, faktoring va kredit mexanizmlaridan foydalanib, moliyaviy muammolarni hal qilish. Viloyat iqtisodiyotini modernizastiyalash sharoitida, xususan sanoatni taraqqiy ettirishda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik rivojlanishi asosida quyidagi ilmiy xulosalar olindi: Buxoro viloyatida kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish bo’yicha olib borilayotgan iqtisodiy siyosat natijasida bu soha sezilarli darajada taraqqiy etmoqda. Jumladan, bunga respublikamizda qabul qilingan alohida qonunlar tizimi, me’yoriy xujjatlar, ayniqsa, Davlat dasturi asosida yaratilgan xuquqiy- 89 meyoriy bazasi zamin bo’ldi. Shu sababli, viloyatda bu toifadagi sub’ektlar soni yildan-yilga o’sib bormoqda.
1. Oxirgi vaqtda Buxoro viloyatida kichik biznes korxonalarining eksportga jo’natgan mahsulotlari nisbatan kamayib ketgan.
2. Iqtisodiyotni erkinlashtirish, tadbirkorlikka keng yo’l ochib berish, ular faoliyatiga aralashuvni keskin cheklash, hisobot topshirishni soddalashtirish, soliq solish tartibiga bir qator o’zgartirishlar kiritilganligi, kichik biznes sub’ektlariga kreditlar ajratish, ularga mikroiqtisodiy muhit borasida keng qulayliklar yaratitib berilganligi viloyat tadbirkorlari uchun muhim voqea bo’lib, kichik biznes sub’ektlarining viloyat ichki hududiy mahsulotidagi ulushining oshishiga sabab bo’ldi.
3. Bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarning kichik biznes va uni moliyalashtirish yuzasidan tajribalarini atroflicha o’rganish va samarali bo’lgan usullarni milliy iqtisodiyotning xususiyatlarini hisobga olgan holda joriy qilish dolzarb masaladir. Bu esa, o’z navbatida, O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni izchil rivojlantirish, buning natijasida, mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirish va aholi turmush darajasini ko’tarishga muhim zamin yaratadi.
4.Ilmiy kuzatishlarimiz ko’rsatishicha, bugungi kunda kichik biznes korxonalarini qo`llab-quvvatlashning bozor infratuzilmasi barpo etilgan. Infratuzilma muassasalarining maqsadi: axborot, maslahat, o`qitish, prognoz, tahlil, ilmiy-texnika, moliyaviy (kredit resurslari) xizmatlar bilan ta’minlash orkali kichik biznesni qo`llab-quvvatlash uchun ijobiy shart-sharoit yaratish va amalga oshirish tavsiya etiladi.
5.Viloyatda kichik biznesni qo`llab-quvvatlash infratuzilmasining turli shakllari va faoliyat ko’rsatish xizmatlari mavjud. Biroq bu iqtisodiy tizimning to’la bozor munosabatlariga o’tishida muhim omil bo’lib xizmat qiluvchi moliya kredit, birja va savdo vositachilik, tashqi iqtisodiy jabhalari yaxshi rivojlanmagan, chunki bu xizmatlar markazlashgan rejali iqtisodiyot tizimida amal qilmas edi. 90 Hozirda esa kichik biznesga xizmat ko’rsatadigan infratuzilmalarni shakllantirib borishga katta e’tibor berilmoqda.
6. Mahsulot ishlab chiqarish xajmining kengayib borishi, ichki va tashqi bozorda raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishning yo’lga qo’yilishi munosabati bilan kichik biznes sub’ektlarining yangi texnika va texnologiyani tatbiq qilishga, auditorlik xizmati, loyiha ishlari, huquqiy xizmat ko’rsatish, marketing, transport xizmatlari, bozor kon’yunkturasini o’rganish xizmatlariga va boshqa infratuzilma xizmatlariga extiyoji ortib boradi. Shuningdek, infratuzilmaning xizmat ko’rsatish tarkibiy qismlari asosan yirik shaharlarda faoliyat ko’rsatadi. Kichik biznes faoliyatini yanada rivojlantirish uchun viloyat va tuman markazlarida ham axborot hisoblash xizmati va marketing markazlari tashkil etilishi lozim.
7. Kichik biznes shakllarini tashkil etishda ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish, eksport imkoniyatlarini kengaytirish uchun valyutaga sarf qilingan xarajatlarni qoplay olish negizida, shuningdek bevosita chet el investistiyasi negizida chet el kredit, zayomlarini jalb qilish muhim ahamiyatga ega. Respublikada mablag` bilan ta’minlashning noan’anaviy usullarini jalb etish, iqtisodiy yuksalishning asosiy omillaridan biri hisoblanadi. 8. Infratuzilma kichik biznesni rivojlantirishda muhim turtki bo’lib xizmat qiladi. Qaysi mintaqada infratuzilma yaxshi tashkil etilgan bo’lsa, shu mintaqada yangi kichik biznes sub’ektlari ko’proq paydo bo’ladi. Bu esa, o’z navbatida, yangi ish joylarini yaratish va shu orkali ish bilan bandlik muammosi bir qadar hal etilishiga erishishni, aholining real pul daromadlarini ko’paytirish imkoniyatlari paydo bo’lishini, soliq tushumlarining ko’payishini, mahalliy byudjet daromadlarining o’sishini, iqtisodiyotda sog`lom raqobat muhitining yaratilishi hamda turli sektorlar orasidagi o’zaro aloqalarning mustahkamligini ta’minlaydi.


Download 116.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling