Ii bob. Logistika kursining predmeti va vazifasi Logistikaning predmeti va obyekti


III Bob. O’zbekistonda logistikaning tutgan o’rni


Download 0.5 Mb.
bet7/10
Sana09.06.2023
Hajmi0.5 Mb.
#1470960
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
DIlshodxon Akramov

III Bob. O’zbekistonda logistikaning tutgan o’rni.
3.1 O’zbekistonda logistika strategiyasi.
Har bir mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishida uning qon tomiri bo‘lgan logistika tizimi juda muhim ahamiyatga ega. Samarador logistika tizimi ichki bozorda tayyor mahsulot va xom-ashyo harakatini optimallashtirish orqali tovar va xizmatlarning xaridorlar uchun qulay sharoit va arzon narxlarda yetkazib berilishini ta’minlaydi, bozordagi raqobatni rag‘batlantiradi. Tashqi bozorda esa mamlakatning iqtisodiy raqobatbardoshligini oshiradi va jahon iqtisodiyotiga integratsiya jarayonini tezlashtiradi. Rivojlanib borayotgan mamlakatimiz uchun samarador logistika tizimini tashkil qilish juda ham muhim.
O‘zbekiston logistika samadorligining (LPI) dunyo miqyosidagi o‘rni
Jahon Banki tomonidan 2018 yilda chop etilgan logistika samaradorligi hisobotida O‘zbekiston 160 davlat orasida 99-o‘rinni egalladi. Hisobotni ishlab chiqishda bojxona samaradorligi, transport infratuzilmasi sifati, xalqaro tashimalarni tashkil qilish osonligi, soha mutaxassislarining bilim va salohiyati, yuklarni kuzatish imkoniyati va yuklarni o‘z vaqtida yetkazish darajasi kabi me’zonlar hisobga olingan. Afsuski mintaqamiz LPI darajasi maqtanarli darajada emas. Bu borada respublikamiz mintaqada Qozog‘istondan keyingi ikkinchi o‘rinni egallaydi. Quyida LPI reytingida birinchi o‘rinni egallagan Germaniya va O‘zbekistonning me’zonlar bo‘yicha farqini ko‘rishingiz mumkin:
Natijalarga qaraydigan bo‘lsak, sohani rivojlantirish uchun hali juda ham ko‘p ishlar qilinishi kerakligini tushunish qiyin emas. Bunda asosan chegara va mamlakat hududiga bojxona jarayonlari samaradorligini oshirish, soha mutaxassislarini ko‘paytirish, tizimga innovatsion yondashuvni tatbiq qilish muhim.


Logistika samaradorligining iqtisodiyotga ta’siri
Logistika samaradorligini oshirish transport-jo‘g‘rofiy noqulay joylashgan va eng arzon transport turi bo‘lgan dengiz portlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri, hatto chegaradosh davlatlar orqali ham chiqish imkoniyatiga ega bo‘lmagan bizning mamlakatda ayniqsa dolzarbdir.
Respublikamiz eksportining katta qismini qishloq xo‘jaligi mahsulotlari va xom-ashyo tashkil etadi. Ular ishlab chiqarish mahsulotlari (manufactured goods) qaraganda transport birligiga nisbatan (masalan bir tonna paxta va bir tonna tayyor yuqori sifatli to‘qimachilik mahsuloti) juda arzondir. Bundan kelib chiqadiki, eksport mahsulotlarimizning so‘nggi narxlarida transport xarajatlarining foiz ulushi yuqori va bu logistika samaradorligi iqtisodiyotimizda rivojlangan davlatlarga taqqoslaganda muhimroq ekanligini anglatadi.

Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling