Ii bob. Logistika kursining predmeti va vazifasi Logistikaning predmeti va obyekti
LPI ni yaxshilash uchun qanday qadamlar qo‘yilishi kerak?
Download 0.5 Mb.
|
DIlshodxon Akramov
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3.2 O’zbekistonning xorij davlatlari bilan logistik hamkorligi. O‘zbekistonning tranzit davlati sifatidagi o‘rni
LPI ni yaxshilash uchun qanday qadamlar qo‘yilishi kerak?
LPIni yaxshilash uchun soha mutaxassislari bilan birlashib, alohida qismlardan iborat yagona (aviatashuvlar, avtotashuvlar, temir yo‘li tashuvlari, omborxona xizmatlari) dastur ishlab chiqilishi kerak. Dastur sohaga kadrlar tayyorlash, mavjud kadrlarning malakasini oshirish, infratuzilmalarni yaxshilash kabi yo‘nalishlarda bo‘lishi kerak. Bundan tashqari, bojxona xizmatlarida IT qo‘llanilishi darajasini oshirish, bojxona va chegara postlaridagi jarayonlarni doimiy monitoring qilish, bojxona va soha vakillari bilan ochiq muloqot yaratish orqali paydo bo‘layotgan muammolarni tezkor hal qilish, ularning kelajakda takrorlanishining oldini olish kabi chora-tadbirlar o‘tkazilishi kerak. Ishonchim komilki, mamlakatimizda bo‘layotgan ijobiy o‘zgarishlar logistika va transport sohasida ham yaqin kunlarda ijobiy ta’sirini ko‘rsatadi. Chunki o‘sib borayotgan iqtisodning yuki eng avvalo logistika tizimiga tushadi. Shunday ekan mamlakatimizning eksport salohiyatni oshirish, import xarajatlarini kamaytirish, mahalliy bozordagi transport xarajatlarini minimallashtirish va oqibatda xalqimiz farovonligini yanada oshirish aynan logistika samadorligiga bog‘liq. 3.2 O’zbekistonning xorij davlatlari bilan logistik hamkorligi. O‘zbekistonning tranzit davlati sifatidagi o‘rni Respublikamiz mintaqamizdagi eng yaxshi transport infratuzilmasiga ega. Davlatimiz hududidan 42530 km avtoyo‘l, 4500 km temir yo‘li (har 10000 km ga 150 km) o‘tadi va mamlakatimizni mintaqaning muhim transport koridorlariga ulaydi. O‘zbekistonning tranzit davlati sifatida ayniqsa Afg‘oniston Islom Respublikasiga (Trans-Afg‘on xalqaro transport karidori) kirish va Afg‘oniston orqali Bandar Abbos va Chobahor portlariga chiqish imkoniyati Tojikiston Respublikasiga kirishi muhim hisoblanadi. Mohiyati yildan yilga ortib borayotgan Andijon- O‘sh — Saritosh — Irkeshtom — Qashqar koridori dunyo tarixidagi eng buyuk loyihalardan bo‘lgan va Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan taklif qilingan «Bir makon — bir yo‘l» (Belt and Road Initiative — BRI) da munosib qatnashish uchun va Xitoyni mamlakatimiz hududidan o‘tuvchi yo‘llar orqali boshqa mintaqalar bilan bog‘lash xizmat qiladi. Xitoyning TIR konvensiyasiga qo‘shilishi, Qirg‘iziston orqali Xitoydan O‘zbekistonga avtotransport orqali amalga oshirilgan ilk transport tranzit davlati sifatidagi potensialimiz yuqoriligidan dalolatdir. Bu potensialdan foydalangan holda Turkmaniston orqali Eron va Turkiyaga, Kavkaz davlatlariga, Bojxona Ittifoqi davlatlari orqali Yevropaga chiqishimiz mumkin. Bu imkoniyatlar ayniqsa iqtisodimiz uchun bevosita va bilvosita ishlab chiqarish, transport, infratuzilma, turizm sohalarida minglab ish o‘rinlari yaratishi mumkin. DP World – O‘zbekistonning logistika va tashqi savdoni raqamlashtirish sohasidagi muhim hamkori Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – investitsiyalar va tashqi savdo vaziri S.Umurzakovning dunyoning eng yirik logistika operatorlaridan biri bo‘lgan Birlashgan Arab Amirliklarining «DP World» kompaniyasi rahbariyatining vakili, raqamli texnologiyalar va logistika bo‘yicha bosh operatsion direktori Mayk Bhaskaran bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Navoiy shahrida «quruq port»ni yaratish loyihasi doirasida Toshkent viloyatida yirik logistika markazi va erkin iqtisodiy zonani qurish, shuningdek, Toshkent shahri va mamlakatimiz hududlarida logistika markazlari tarmog‘ini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi, bu, o‘z navbatida, O‘zbekiston hududidan o‘tadigan yuk tashish hajmini karrasiga oshirish, mahalliy ishlab chiqaruvchilarining chet el bozorlariga chiqishini soddalashtirish va O‘zbekistonning Markaziy Osiyoda asosiy logistika markazi sifatidagi mavqyeini mustahkamlash imkonini beradi. Loyihaning amaliy bosqichiga o‘tish jarayonini tezlashtirish to‘g‘risida kelishuvga erishildi. O‘zbekistonda elektron tijoratni rivojlantirish va tashqi iqtisodiy faoliyat barcha ishtirokchilarining yagona tizimga integratsiyalashuvi uchun raqamli infratuzilmani yaratish bo‘yicha hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi. Birlashgan Arab Amirliklari tomoni bu sohadagi ilg‘or dasturiy-texnologik yechimlarni taqdim etishga va ularni O‘zbekistonda joriy etishda ko‘maklashishga tayyorligini bildirdi. Uchrashuv doirasida Dubay amirligi (BAA) hukumati tashabbusi bilan joriy etilgan «World Logistics Passport» (WLP) xalqaro savdoga ko‘maklashish dasturiga O‘zbekistonning qo‘shilishi masalasi muhokama qilindi. Tegishli bitimni shu oy oxirigacha imzolashga kelishildi. Kompaniya delegatsiyasi 16-maydan buyon O‘zbekistonda bo‘lib, Transport vazirligi, Davlat bojxona qo‘mitasi va Toshkent viloyati hokimligi rahbariyati bilan ishchi uchrashuvlar o‘tkazdi. Muzokaralar doirasida eksport-import operatsiyalarining bojxona rasmiylashtiruvi uchun sarflanadigan vaqtni sezilarli darajada qisqartirish maqsadida bojxona tartiblarini optimallashtirish maqsadida zamonaviy IT-yechimlarini joriy etish masalalari muhokama qilindi, deb xabar beradi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi matbuot xizmati. Ma’lumot uchun: «World Logistics Passport» — rivojlanayotgan bozorlar o‘rtasida savdo imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha xalqaro dastur. Tashabbus yuk tashish xarajatlarini optimallashtirish va vaqtini qisqartirish orqali xalqaro savdodagi notarif to‘siqlarni bartaraf etish va logistika zanjiri samaradorligini oshirishga qaratilgan. 2019-yilda ishga tushirilganidan buyon dastur o‘z ishtirokchilari tomonidan amalga oshirilayotgan savdo operatsiyalari hajmini 10%ga ko‘paytirish imkonini berdi. Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling