Ii bob. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiya lanuvchilarida milliy urf odatlarni shakllantirish -ning pedagogik vositalari va shakllaridan foydalanish
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy urf odatlarni tarkib toptirish shakllari
Download 0.6 Mb.
|
Mamatqulova Dildora KURS ISHI
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy urf odatlarni tarkib toptirish shakllari.
Islohotlar davrida milliy qadriyatlarni kayta tiklash va ularni boyitish yo‘lida samarali ishlar amalga oshirilganligi ertangi kun yaratuvchilar bulgan yoshlarni milliy g‘ypyp va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalash zaruriyatini kun tartibiga olib chikdi. Yuksak odob-ahlok meyorlar kecha yoki bugun o‘ylab topilgan narsa emas. Ular insoniyatning ming yillik tarixi, ota-bobolarimizning necha-necha ajdod- avlodlari tajribasi davomida shakllangan. Odob, ahlok, g‘ypyp, or-nomus va uyat insonga ona suti, ota namunasi, ajdodlar o‘giti bilan yoshlarga singdirilib kelingan. Mustaqil respublikamiz bugungi kunda yoshlarimizni har tomonlama ma’naviy va ma’rifiy jihatdan o‘zini tuta bilgan, o‘z sha’ni, g‘ururini himoya qila oladigan darajada ko‘rinishni istaydi. Ma’lumki, kuchli, qudratli davlat ma’naviyat zaminida vujudga keladi. Bunday qudratli davlatning kishilari ham o‘z g‘ururi, or - nomusi va qadriyatlarini himoya qilishga qodir insonlar bo‘lishi lozim. Shu bois milliy g‘urur, vatan-urf odatsi, vatanparvarlik o‘z hududi, o‘lkasi, xalqiga mehr va sadoqatli bolani yoshiga mos ravishda shakllantirish maktabgacha ta’lim muassasalari vazifalarining asosini tashkil etadi. Maktabgacha ta’lim uzluksiz ta’lim tizimining boshlang‘ich turi hisoblanadi, hamda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim tug‘risida”gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablari asosida tashkil etiladi. Bolalarga maktabga oid bilimlar berish ilk yoshdan boshlanadi. Ular tug‘ilgandan boshlab tevarak-atrofni qiziqib kuzata boshlaydilar, ulg‘aya boshlagan sayin o‘zlarini o‘rab turgan narsalarni, buyumlarni, yuz berayotgan tabiat hodisalarini bilgilari keladi. Maktabgacha ta’lim jismonan sog‘lom, har tomonlama yetuk bolalarni tarbiyalash uchun zaruriy tashkiliy, uslubiy, psixologik, pedagogik shart-sharoitlar yaratadi. Tarbiyachilarga yordam tariqasida “Bolajon” tayanch dasturida ko‘zda tutilgan butun materialni bolalar muvoffaqiyatliroq o‘zlashtirishini ta’minlash maqsadida metodik ko‘rsatmalar, qo‘llanmalar ishlab chiqarilgan. Maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalar rivojlanadilar va ta’lim - tarbiya oladilar. Bolalarda kattalarga hurmat, milliy g‘urur, vatanparvarlik urf odatlari, xalqning boy milliy, madaniy-tarixiy merosi va umumbashariy qadriyatlar tarbiyalanadi. Shuning uchun ham biz bugungi kunda milliy g‘oya, milliy o‘zlikni anglash jarayonida millat kelajagi bo‘lgan yoshlarni ilk yoshdan boshlab va uni aniq shart-sharoitlarini hisobga olgan holda bajarish har birimiz uchun majburiydir. Muhtaram birinchi Prizedentimiz I.A.Karimov ta’kidlaganlaridek: „Inson dunyoga yaxshi ish qilish, yaxshi iz qoldirish uchun keladi. Yaxshi farzandlarni tarbiyalab, qilgan yaxshi ishlari va qoldirgan yaxshi izlariga munosib vorislar tayyorlaydi" .v Darhaqiqat, ana shu jihatdan qaraganimizda mamlakatimiz va millatimizning taraqqiyotining istiqboli ko‘p jihatdan yoshlarimizning milliy o‘zligini anglashining o‘sish jarayoniga ham bog‘liqdir. Xalqning yosh avlodni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalash, tarbiyaning shakl va metodlari, insoniy qadriyatlar va vatanparvarlik, halollik, to‘g‘rilik, poklik, yaxshilik, birodarlik, do‘stlik, ahillik, mehnatsevarlik, oliyjanoblik, jasurlik, adolat, yuksak odobli bo‘lish, or-nomusli bo‘lish, kattalarga hurmat, andishali va or-nomusli bo‘lish va shu kabilar o‘z xalqi va vatanidan fahrlanishdek milliy g‘urur urf odatlarini o‘yg‘otadi. Milliy urf odatlarni, xususan yosh avlod qalbiga va ongiga singdirishda jamiyat hayotining barcha soxalarini qamrab olish, ta’lim-tarbiya, targ‘ibot va tashviqotning samarali shakl va metodlaridan oqilona foydalanish taqozo etiladi. Download 0.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling