Ii bob. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiya lanuvchilarida milliy urf odatlarni shakllantirish -ning pedagogik vositalari va shakllaridan foydalanish


Kuzatishlarimiz natijasi shu pedagogik vositalarni quyidagicha aniqlashga yordam berdi


Download 0.6 Mb.
bet8/12
Sana18.06.2023
Hajmi0.6 Mb.
#1587472
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Mamatqulova Dildora KURS ISHI

Kuzatishlarimiz natijasi shu pedagogik vositalarni quyidagicha aniqlashga yordam berdi:

  1. ta’lim-tarbiya mazmuni, shakl, usul va vositalarining milliyligi;

  2. ijtimoiy omillar: ta’lim-tarbiya jarayonini;

  3. xududiy omillar: bola yashayotgan o‘lka, milliy qadriyatlari, urf-odatlari va an’analari, boyligi, tarixiy o‘rni va ahamiyati.

Har bir davrda yuz beradigan voqiya-hodisalar tug‘risida tarbiyachinining bolalarga mohirona hikoya qilib berishi vatanparvarlikni tarbiyalashada muhim vosita bo‘lib hizmat qiladi.
Ushbu omillarning pedagogik jihati ularning o‘zlariga xos xususiyatlari hisobga olingan taqdirda, milliy g‘urur urf odatlarini his etishda va uning tizimini ishlab chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarda milliy urf odatlarni shakllantirish tizimini o‘rganishda, ishlab chiqishda har bir mashg‘ulot, tarbiyaviy tadbirlar, to‘garaklar ular ongida milliylikning chizgilari (manzarasi) haqidagi tasavvurini o‘zgartirish, shaxsiy hayot, jamiyatda o‘z o‘rnini topishga erishish, milliylikning tarbiyaviy mohiyatini anglab yetish malakalarini shakllantirish turli faoliyatning natijalarini oldindan ko‘ra bilishga o‘rgatish, tabiat va jamiyat haqida ilmiy bilim bilan qurollantirish kerak.
Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy urf odatlarni shakllantirish maqsadi va vazifalarini ijobiy hal etishda ularning tarbiyasiga,
tavsifiga xos milliy muhit yaratish va yuqoridagi barcha omillarga tayanish lozim. Chunki tarbiyachi va tarbiyalanuvchi faoliyatning samaradorligini oshiruvchi, ularning talab va ehtiyojlarini qondiruvchi muhit zarurdir.
Maktabgacha ta’lim muassasalarida milliy muhitning o‘ziga xos mazmunga ega bo‘lishi davr taqozosidir. Bu mazmun zamirida bolalarda milliy g‘ururni shakllantirish yotadi: umuminsoniy va milliy qadriyatlar; urf-odat va an’analar, xalq donishmandligi durdonalari negizini tashkil etgan sharqona tarbiyaning asosiy sifatlari; insonparvarlik, mehnat-sevarlik, vatanparvarlik, mehr-oqibat, ota-onaga hurmat, sahovat, iymon-e’tiqod va shu kabilar.
Hozirgi kunda matbuot va ommaviy axborot vositalari, kino, teatr repertuarlari milliy mazmunda tashkil etilmokda, boyib bormokda. Ularning butun faoliyati jamiyatimizdagi ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-madaniy o‘zgarishlarni insonlar ko‘z o‘ngida gavdalantirish, milliy xarakterni shakllantirish, ma’naviyatimiz sarchashmalaridan bahramand etish, g‘ururlanishimizga asos bo‘lgan milliy urf-odatlarimiz, an’analarimiz, tarixiy meros va asarlarimiz, tilimizni, qadriyatlarimizni qaytadan tiklashga, ularga nisbatan mehr-muhabbatni shakllantirishga erishishga qaratilgan. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy g‘ururni shakllantirish asosida olib borilgan tadqiqot- tajriba ishlarida, suhbatlar, og‘zaki savol-javoblar orqali ma’lum bo‘ldiki, bolalar tadbirlar, ahloqiy, ma’naviy, tarixiy, milliy qadriyatlar, ertaklar, rivoyatlar doir materiallarni qiziqib tinglashar, tomosha qilishar ekan.
Tarbiyachilar bolalarga insonni o‘rab olgan olamning murakkabligini, ajoyibotlarini, sirliligini anglashlariga, tabiat inson turmush tarzi qulayliklarining garovi ekanligini tushunib yetishlariga shu sababdan tabiatni muhofaza kilishni idrok qilishlariga yordamlashadilar. Shuni unutmaslik lozimki, tabiatdagi hamma narsa, vokea-hodisalar bolalar uchun qiziqarli va sirli topishmoqday tuyuladi. Ular bu jumboqlar sirini bilishga, sabablarini anglashga harakat qiladilar. Bola dastlabki tizimli ta’limni maktabgacha ta’lim muassasasida oladi. Binobarin, uning sog‘lom, xar tomonlama barkamol bo‘lib shakllanishi bevosita tarbiyachi faoliyati bilan uzviy bog‘likdir.
Har bir maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilari insonparvarlik va vatanparvarlik qoidalariga rioya qilgan holda, bu faoliyat insonni xar tomonlama himoya qilishga, uni ulug‘lashga, milliy g‘ururlanishga qaratilishi lozim. Asl vatanparvar unvonini olish uchun insonga juda katta mas’uliyatli ma’naviy-ahloqiy vazifalar yuklanadi. Nima va qanday hodisa bo‘lishidan qat’i nazar, tug‘ilib o‘sgan qishlog‘ini, shaharini, boshqacha aytganda, kindik qoni tomgan zamin-Vatanini tark etmaydi. Bunday insonlar asl vatanparvarlar deyiladi.
Zero, faxrlanish haqiqatdan ham yaxshi xulqlar va oliy fe’llarda oldin ketish, ilmu hikmatni egallash va imkoniyat boricha mavjud nopokliklardan tozalanishdir. Kimda shunday sifatlar topilsa, hukm uning foydasiga va kimda bular yetishmasa, hukm uning zarariga bo‘ladi. Zotan, Vatanni sevish, xalqni hurmat qilish faxrlanish yoxud ulardan g‘ururlanish belgisi bo‘lib, bu yaxshi xulk va yaxshi fazilatdir. Kimki millatning madaniyati tarixidan, ajdoddari qoldirgan barcha meroslardan, hamma sohadagi an’analaridan faxrlana bilsa, o‘tmishda vatani va xalqi boshiga tushgan dahshatli va ayanchli fojiaviy taqdirdan achinsa, u vatan va xalqi kelajagi uchun, nurli istiqlol yo‘lida fidoyi bo‘lish orzusida yashaydi, mehnat qiladi, o‘z kasbining ustasi bo‘lishga intiladi, tashabbuskorlikni qo‘lga kiritish armonlari bilan nafas oladi.
Bevosita ta’lim-tarbiya beruvchi muassasalar mafkuraviy ta’limning asosiy uchoqlaridir. Ularning barchasida amalga oshiriladigan mafkuraviy ta’lim jarayonida ustuvor ahamiyat kasb etishi:

  1. Vatan urf odatsini shakllantirish;

  2. ona tilimizga, yurtimizga muhabbat o‘yg‘otish;

  3. milliy qadriyatlarga hurmatni kuchaytirish;

  4. ezgulik timsoli bo‘lgan ayollarni ulug‘lash;

  5. oilaning vatanparvarlik hissini tarbiyalashdagi rolini ko‘rsatish;

  6. umuminsoniy qadriyatlarning millatlararo totuvlik, bag‘rikenglik, dunyoviy ilmlarga intilish va ilg‘or madaniyatni shakllantirish vositasi ekanini o‘qtirish lozim.

Mamlakatimizda ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan tub islohotlar barkamol inson shaxsini shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, xalqimizning milliy manfaatlariga, ezgu maqsadlariga to‘la mos keladi. Maktabgacha ta’lim muassasalari tarbiyalanuvchilarida milliy g‘urur va vatanga muhabbat hissi o‘z uyiga, bog‘chasiga, tarbiyachiga muhabbatni tarbiyalashdan boshlanadi. Bolalar ota-onalari va tarbiyachilari ularga qanday g‘amhurlik qilayotganini kuradilar va his etadilar, natijada bolalarda ularga bo‘lgan muhabbat yanada ortadi, ularning g‘amxo‘rligi va himoyasiga ishonch hosil qiladilar. Ular ota-onalari va tarbiyachilardan o‘z shahri, qishlog‘i tug‘risidagi ko‘p narsani bilib oladilar.
Pedagog-tarbiyachi “Vatan”, “Bizning shahar”, “O‘zbekistonning poytaxti Toshkent“, ”Qishlog‘imizning eng yaxshi kishilari“, “Shahrimizning eng yaxshi kishilari“ va shunga o‘xshash mavzular bo‘yicha kitob va rasmlar tanlaydi, turli al’bomlar, papkalar tayyorlab, bolalar bilan olib boradigan ta’lim-tarbiyaviy mashg‘ulotlarda foydalanish lozim.
Bizning respublikamiz o‘z mohiyati bilan baynalminaldir. Shuning uchun maktabgacha tarbiya bolalarda milliy g‘urur, vatanparvarlik, baynalminalchilik, hislarini tarbiyalab borish muhim ahamiyatga ega.
Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarni milliy ruhda, milliy g‘urur ruhida tarbiyalash asosida boshqa millat va xalqlarga ijobiy munosabat va do‘stona his- urf odatlar o‘yg‘otish, turli xalqlar hayotiga qiziqish hissini paydo qilish maqsadi yotadi.




    1. Download 0.6 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling