Ii bob: omonatdorlik


Izoh: Bu qissadagi «taom»dan murod bug‘doy yoki arpa kabi ozuqa mahsuloti.  ***


Download 1.69 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana16.06.2023
Hajmi1.69 Mb.
#1498084
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Axloq qissalari (2) OMONATDORLIK

Izoh: Bu qissadagi «taom»dan murod bug‘doy yoki arpa kabi ozuqa mahsuloti. 
*** 
Molning pokligi 
Abu Hanifa No‘mon roziyallohu anhuning tijorat ishlarini 
boshqaradigan sherigi bor edi. Kunlarning birida Abu Hanifa sherigini 
bozorda mollarini sotish uchun yubordi. Ularning orasida nuqsoni bor 
bir kiyim ham bo‘lib, uni sotib olmoqchi bo‘lgan kishiga kamchiligini aytib 
sotishini, agar kamchiligiga rozi bo‘lsa sotishini, bo’lmasa qaytarib 
olishini aytdilar. 
U bozorga borib, mollarning hammasini sotib yubordi, lekin haligi 
kiyimning aybini xaridorga aytishni unutdi. 
Sotuvchi uni eslagach, bozorda o‘sha kiyimni xarid qilgan odamni 
qidirdi, biroq uni topa olmadi. 
Abu Hanifaning oldiga borib, bo‘lgan voqeani aytib berdi. Shunda 
Abu Hanifa moliga harom shubhasi kirib qolmasin deya savdoda tushgan 
pulning hammasini sadaqa qilishga qaror qildi.
9


Axloq qissalari
قﻼﺧﻷا ﰲ ﺺﺼﻗ
Shunday qilib tijoratida omonatdorlik va halol foydaga intilgan 
savdogar uchun Abu Hanifa o‘rnak bo‘lib qoldi. 
*** 
Nabiy sollallohu alayhi vasallamning sirlari 
Anas ibn Molik roziyallohu anhu yoshligida Madina bolalari bilan 
o‘ynab yurar edi. Kunlarning birida Nabiy sollallohu alayhi vasallam 
ularning oldilaridan o‘tdilar va bolalarga salom berdilar. Keyin Anasni bir 
ish uchun yubordilar. Anas Nabiy sollallohu alayhi vasallamga xizmat qilar 
edi. U Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytgan ishni bitirib, uyga kech 
qaytdi. Onasi undan nega kech qolganini so‘radi. Anas: «Rasululloh 
sollallohu alayhi vasallam meni bir ish uchun jo‘natdilar» – deb aytdi. 
Onasi undan qanday ish ekanini so‘raganda Anas: «Bu sir!» – dedi. 
Shunda onasi sirni bilish uchun bolasini ko‘p so‘raqqa tutib o‘tirmadi. 
O‘g‘lidan xursand bo‘lib, ziyrakligi va omonatdorligidan ko‘ngli to‘ldi. 
Keyin uni Nabiy sollallohu alayhi vasallamning sirlarini saqlashga 
shijoatlantirib o‘g‘liga: «U zotning sirlarini hech kimga aytma!» – deb 
ta’kidladi. 
Anas roziyallohu anhu butun hayoti davomida Rasululloh sollallohu 
alayhi vasallamning ham, boshqa barcha odamlarning ham sirlarini 
saqlab hayot kechirdi. 
10


Axloq qissalari
قﻼﺧﻷا ﰲ ﺺﺼﻗ
Qimmat kiyim 
Abu Hanifaning oldiga bir ayol sotish uchun ipak kiyim olib keldi. 
Undan: «Necha pul?» – deb so‘radi Abu Hanifa. Ayol: «Yuz dirham» – dedi. 
Abu Hanifa: «Yo‘q, bu kiyim yuz dirhamdan qimmat turadi» – dedi. 
Ayol o‘zining zarariga bo‘lsa ham narxni baland aytayotgan ushbu 
xaridordan ajablanib har safar kiyim bahosini yuz dirhamga oshirib 
boraverdi. Oxiri Abu Hanifaga: «Unday bo‘lsa to‘rt yuz dirhamga ola 
qoling» – dedi. Abu Hanifa: «Uning narxi bundan ham qimmat» – deb 
aytdi. Shunda ayol: «Meni mazax qilyapsizmi?!» – dedi. 
Abu Hanifa: «(Ishonmasang) bir kishi olib kel, bizga bu kiyimning 
narxini aniqlab bersin» – dedi. Ayol bir odam chaqirib kelgandi u: «Besh 
yuz dirham» – dedi. Abu Hanifa kiyimni mana shu narxga sotib oldi. 
Ayol esa bunga rozi bo‘lib, kiyimni berdi. So‘ngra Abu Hanifaga 
omonati va rostgo‘yligi uchun tashakkur aytib ketdi. 

Download 1.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling