Ii bob xalqaro iqtisodiy huquq 1 taraqqiyotning besh tashabbusi 2
Download 453.17 Kb.
|
JAXON XO’JALIGI TARQQIYOTINING HOZIRGI ZAMON XUSUSIYATLARI.
2-savol. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning shakllari
Xalqaro iqtisodiy munosabatlar - bu jahonning turli mamlakatlari o’rtasidagi xo’jalik aloqalari majmundir. Bu xalqaro iqtisodi munosabatlarni tashqi iqtisodiy aloqalar, jahon xo’jaligi deb ham yuritiladi. Bu aloqalar quyidagi shakllarda namoyon bo’ladi: Tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi; Kapital va chet el investitsiyalarining harakati; Ishchi kuchi migratsiya; ishlab chiqarishing davlatlararo kooperatsiyasi; Fan va texnika sohasidagi ayirboshlash; Valyuta – kredit munosabatlari. Tovar va xizmatlarning xalqaro savdosi eng avvalo milliy xo’jaliklarning xalqaro mehnat taqsimotidagi ishtirokida bog’liq. Xalqaro mehnat taqsimoti rivojlanishi natijasida jahon bozori tarkib topadi. Kapitalning xalqaro harakati – bu kapitalning chet elda joylashtirilishi va harakat qilish. U chet elga quyidagi shakllarda chiqariladi: Xususiy yoki davlat kapitali shaklida; Pul va tovar shaklida; Qisqa va uzoq muddatli kreditlar shaklida; Ssuda va tadbirkorlik kapitali shaklidа. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning ancha murakkab jihatlaridan biri ishchi kuchinig xalqaro migratsiyasi bo’lib, u ishchi kuchini ish bilan ta‘minlash maqsadida bir mamlakatdan boshqasiga ko’chib o’tishida namoyon bo’ladi. Xalqaro migratsiya ikkita asosiy tarkibiy qismini o’z ichiga oladi: emigratsiya va immigratsiya. Emigratsiya - mamlakatlardan doimiy yashash oyiga chiqib ketishni, immigratsiya - mamlakatda doimiy yashash uchun kirib kelishini bildiradi. Xalqaro migratsiya shuningdek repatriatsiya ya‘ni fuqarolarni ilgari chiqib ketgan mamlakatlariga qaytarilishi jarayonini ham o’z ichiga oladi. Xalqaro migrantlar 5 ta asosiy toifaga ajratiladi: 1) Immigrantlar va noimmigrantlar; 2) Shartnoma bo’yicha ishlashga kelgan mingratlar; 3) Nolegal, yashirin immigrantlar; 4) Boshpana so’rovchi shaxslar; 5) Qochoqlar. Fan–texnika yutuqlari bilan xalqaro ayirboshlash bir qator shakllarda amalga oshiriladi. U ilmiy-texnikaviy axborotlar, mutaxassislar, fan sohasi xodimlari bilan ayirboshlashni, tadqiqot va yangiliklarni litsenziya asosida berishni, ilmiy-tadqiqot ishlari o’tkazishni, umumiy fan-texnika va texnologiyani ishlab chiqarish bo’yicha qo’shma tadbirkorlik o’z ichiga oladi. Ilmiy-texnikaviy hamkorlikning muhim shakllaridan biri xalqaro injenering hisoblanadi. Xalqaro injenering bir davlat tomonidan boshqasiga san‘at va boshqa ob‘ektlarni loyihalashtirish va qo’rish jarayoniga kerakli hisob-kitob loyihalarini berish hamda injenerlik-qurilish xizmati kursatishdan iborat bo’lib, loyihaga binoan ob‘ektlar quriladi. 3-savol. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning mohiyati, shakllari va ob‘ektiv asoslari Xalqaro iqtisodiy integratsiya - bu turli mamlakatlar iqtisodiy aloqalarining baqarorlashib, chuqurlashib rivojlanishi, ular xo’jaliklarining chambarchas birlashishi jarayonlaridir. Integratsiya mikrodarajada va makrodarajada amal qiladi. Xalqaro iqtisodiy integratsiyaning asosiy shakllari quyidagilar: 1. Erkin savdo hududlari - bu iqtisodiy integratsiyaing eng oddiy shakli bo’lib, uning doirasida qatnashuvchi mamlakatlar o’rtasidagi savdo cheklashlari bekor qilinadi. Erkin savdo xududlarining tashkil etilishi ichki bozorda milliy va xorijiy tovar ishlab chiqaruvchilar o’rtasidagi raqobatni kuchaytirib, bu bir tomondan, milliy ishlab chiqaruvchilarning bankrot (kasod) bo’lishi xafini ko’chaytirsa, boshqa tomondan ishlab chiqarishni takomillashtirish va yangiliklarni joriy etish uchun rag’bat yaratadi. Bunga Yevropa erkin savdo uyushmasi va MDH mamlakatlari o’rtasidagi o’zaro bitim misol bo’la oladi; 2. Bojxona ittifoqi. Iqtisodiy integratsiyaning bu shakli erkin savdo xududlarining faoliyat qilishi bilan birga yagona tashqi savdo tariflari o’rnatishni va uchinchi mamlakatga nisbatan yagona tashqi savdo (tariflari) siyosatini yuritishni taqozo qiladi. Yevropa ittifoqi (YeI) bojxona ittifoqiga yorqin misoldir; 3. To’lov ittifoqi - bu milliy valyutalarning o’zaro erkin almashuvini va hisob-kitobda yagona pul birligini amal qilishini ta‘minlaydi. Yevropa hamjamiyati, janubiy-sharqiy Osiyo va MDH mamlakatlari uchun to’lov ittifoqi pirovard maqsaddir; 4. Umumiy bozor - bu iqtisodiy integratsiyaning ancha murakkab shakli bo’lib, uning qatnashchilariga erkin o’zaro savdo va yagona tashqi savdo tarifi bilan birga kapital va ishchi kuchining erkin harakati hamda o’zaro kelishilgan iqtisodiy siyosat ta‘minlanadi. Bunga Yevropa iqtisodiy itifoq yoki Yevropa umumiy bozorini misol qilib keltirish mumkin. Bu umumiy bozorda barcha boj to’lovlari va import me‘yor (kvota)lari bekor qilinadi, boshqa mamlakatlardan Yevropa bozoriga tovarlar kirishi bir xil tartibga solinadi, pul mablag’lari va ishchi kuchining chegaradan erkin o’tishi ta‘minlanadi hamda umumiy muammolarni hal etishda yagona siyosat o’tkaziladi; 5. Iqtisodiy va valyuta ittifoqi - bu davlatlararo iqtisodiy integratsiyaning eng oliy shakli hisoblanadi. Bunda iqtisodiy integratsiyaning barcha qarab chiqilgan shakllari umumiy iqtisodiy va valyuta moliyaviy siyosat o’tkazish bilan birga uyg’unlashadi. Xalqaro iqtisodiy integratsiya jarayonini ob‘ektiv tavsifdagi bir qator omillar taqozo qiladiki, ularning ichidan quyidagilar asosiy o’rinni egallaydi: Download 453.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling