Ii bob xalqaro iqtisodiy huquq 1 taraqqiyotning besh tashabbusi 2


Download 453.17 Kb.
bet4/7
Sana19.06.2023
Hajmi453.17 Kb.
#1614658
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
JAXON XO’JALIGI TARQQIYOTINING HOZIRGI ZAMON XUSUSIYATLARI.

To’lov balansining to’zilishi

I. Joriy operatsiyalar hisobi

1. Tovar eksporti

2. Tovar importi

Tashki savdo balansi qoldig’i

3. Xizmatlar eksporti (chet el turizmdan daromadlar va h.) – kreditli xizmatlar

4. Xizmatlar importi (turizm uchun chet elga to’lovlar va h.) – kreditli xizmatlar

5. Investitsiyalardan sarf daromadlar (kreditli xizmatlardan sof daromadlar)

6. Sof transfertlar

Joriy operatsiyalar bo’yicha balans qoldig’i

II. Kapital harakati hisobi

7. Kapital kirishi

8. Kapital oqib chiqishi

Kapital harakati balansi qoldig’i

Joriy operatsiyalar va kapital harakati balansi qoldig’i

III. Rasmiy zahiralarning o’zgarishi

Mamlakatning tashki savdo balansi (to’lov balansi) mazkur davlatning chet ellik sheriklari bilan xalqaro iqtisodiy munosabatlarning holatini ifodalab, uning pul-kredit, valyuta, byudjet-soliq, tashki savdo siyosatini amalga oshirish va davlat qarzlarini tartibga solish uchun indikator bo’lib xizmat qiladi.


Tovarlar eksporti va importi o’rtasidagi farq savdo balansini tashkil qiladi. Investitsiyalardan sof daromadlari (chet eldan sof olimni daromadlari) kreditli xizmatlardan olinadigan sof daromad hisoblanib, u chet ellarga qo’yilgan milliy pul kapitali hisobiga keladi. Agar chet elga qo’yilgan milliy kapital mazkur kapitalga qo’yilgan chet el kapitaliga qaraganda qo’proq miqdorda foiz va divident keltirsa, bunda investitsiyalardan olinadigan sof daromad ijobiy, aks holda salbiy bo’ladi.
Sof transfertlar xususiy va davlat bomlog’larining boshqa mamlakatlarga o’tkazilgan summasini bildiradi (pensiya, sovg’a, chet elga pul o’tkazishlar yoki chet mamlakatlarga insonparvarlik yordamlari). Bunday to’lovlar mamlakatda mavjud chet el valyutalari zahirasini kamaytiradi.
Makroiqtisodiy modelda joriy operatsiyalar hisobiga qoldig’i quyidagicha ifodalanadi:
Х (eksport)-М (import) = Xn =Y-(C+1+G) absorbtsiya.
Absorbtsiya - yalpi ichki mahsulotining mazkur mamlakatdagi uy-xo’jaliklari, korxonalar va davlatga realizatsiya qilinadigan qismi.
Kapital harakati balansi = Aktivlar sotishdan tushumlar - chetdan aktivlar sotib olishga sarflar.
Markaziy bank tomonidan chet el valyutlarining sotilishi va sotib olinishi rasmiy zahiralar bo’yicha operatsiyalar deyiladi.


5-savol. Xalqaro valyuta-kredit munosabatlari
va valyuta tizimlari
Pulning jahon xo’jaligida amal qilishi va turli xalqaro iqtisodiy aloqalarga (tashqi savdo, ichki kuchi va kapital migratsiyasi, daromadlari, qarzlar va subsidyalar oqimi, ilmiy-texnikaviy mahsulotlarning ayirboshlash, turzim va h.k) xizmat qilishi bilan bog’liq iqtisodiy munosabatlar xalqaro valyuta-kredit munosabatlari deb ataladi. Valyuta - bu mamlakatlar pul birligi (masalan, so’m, dollar, funt stering va h.k).
Milliy valyuta tizimi - valyuta munosabatlarining milliy qonunchilik bilan belgilanadigan, mazkur mamlakatda tashkil qilinish shaklini ifodalaydi. Uning tarkibiga quyidagi unsurlar kiradi.
- milliy pul birligi;
- valyuta kursi tartibi;
- valyutaning muomalada bo’lish shart-sharoitlar;
- valyuta bozori va oltin bozor tizimi;
- mamlakatning xalqaro hisoblashuv tartibi;
- mamlakat oltin-valyuta zahirasining tartibi va uni boshqaruv tizimi;
- mamlakat valyuta munosabatlarining tartibga soluvchi milliy muassasalar mavqei.
Xalqaro valyuta tizimi – xalqaro valyuta munosabatlarining davlatlararo bitimlarda huquqiy jihatdan mustahkamlangan shakli.
Xalqaro valyuta tizimining tartib unsurlari quyidagilar:

  • asosiy xalqaro to’lov vositalari ( milliy valyutalar, oltin, xalqaro valyuta birliklari SDR, YeVRO);

  • valyuta kurslarini belgilash va ushlab turish mexanizmi;

  • xalqaro to’lovlarning balanstirlashtirish tartibi;

  • valyutaning muammoga qilish shart-sharoiti;

  • xalqaro valyuta bozori va oltin bozori tartibi.

Jahon valyuta tizimi o’zining rivojlanishida uchta bosqichdan o’tdi va ularning har biriga xalqaro valyuta munosabatlarini tashkil qilishning o’z tiplari mos keladi.
Birinchi bosqich - 1879-1934 yillarni o’z ichiga olib, bunda oltin standart sifatida pul tizimi ustunlikka ega bo’lgan.
Ikkinchi bosqich – 1944-1971 yillarni o’z ichiga olib, bunda oltin-devizli (Breton, Vudsk tizim deb nomlanuvchi) tizim ustunlikka ega bo’lgan. Bu ikki tizim qayd qilinadigan valyuta kurslariga asoslangan.
Uchinchi bosqich - hozirgi davrda amal qiluvchi jahon valyuta tizimi 1971 yilda tashkil topgan bo’lib, bu tizim boshqariladigan, suzib yuruvchi valyuta tizimi nomini oldi. Chunki davlat ko’pincha o’z valyutalarining xalqaro qiymatini o’zgartirish uchun valyuta bozorining faoliyat qilishiga aralashadi.
Oltin standart tizim qayd qilingan valyuta kursining mavjud bo’lishini kuzda tutadi. Banklar o’zlari chiqargan banknotlarini oltinga almashtirgan.
Mamlakat uchta shartni bajarsa oltin standart qabul qilingan, deb hisoblangan, ya‘ni:
a) o’z pul birligini ma‘lum oltin oltin mazmuni o’rnatadi;
b) o’zining oltin zahirasi va pulning ichiki taklif o’rtasidagi qattiq nisbatini ushlab turadi;
v) oltinning erkin eksport va importiga to’sqinlik qilmaydi.
Har qanday valyuta tizimining eng muhim tarkibiy qismlaridan biri valyuta kursi hisoblanadi. Valyuta kursi - bir mamlakat valyutasining boshqa mamlakat valyutasidagi ifodalanishini ko’rsatadi.
Valyuta kursini tartibga soluvchi tashkilotlar bor. Ularni tartibiga quyidagilar keradi:

  • Xalqaro valyuta fondi (XVF);

  • Xalqaro tarqqiyot va tiklanish banki (XTTB);

  • Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IHRT);

  • Xalqaro rivojlanish assotsiyasi (XRA).

Valyuta kurslariga bevosita ta‘sir ko’rsatuvchi omillar ham mavjud:

  • Milliy daromad va ishlab chiqarish xarajatlar darajasi;

  • Milliy iste‘molchilarning real xarid qilish layoqati va mamlakatdagi inflyatsiya darajasi;

  • Valyutalarga talab va taklifga ta‘sir ko’rsatuvchi to’lov balans holati;

  • Mamlakatdagi foiz stavkasi darajasi;

  • Valyutaga jahon bozoridagi ishonch h.k.

Xalqaro valyuta fondi (XVF) o’ziga a‘zo mamlakatlarning valyuta kursi va to’lov balanlarini tartibga soladi, kreditlar ajratadi, to’lov tizimlarini va tashqi qarzlarini nazorat qiladi.
Yevropa valyuta tizimi 1979 yilda Yevropa iqtisodiy hamjamiyatiga kiruvchi davlatlar tomonidan valyuta kurslarini barqarorlashtirish maqsadida tashkil etilib, bu davlat o’rtasidagi to’lov jarayonlarida amal qiluvchi Yevropa valyuta birligi EKYu muomalaga kiritiladi.
Iqtisodiy va valyuta ittifoqi (IVI) - Yevropa valyuta tizimi amal qilishi natijasida tashkil etilib, u quyidagilarni taqozo etadi:

  • Moliya bozorlarining to’liq itegratsiyalashuvi;

  • Kapitallar harajatining to’liq erkinlashuvi;

  • Barcha valyutalarning to’liq konvertatsiyasining ta‘minlash va piravordida milliy valyutalarni yagona valyuta bilan almashtirish.

Xalqaro tiklanish va taraqqiyot bankining (XTTB) ham faoliyati halqaro valyuta-moliyaviy munosabatlarni tartibga solishga yo’naltirilgan bo’lib, u o’zining ikkita filiali – Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK) hamda xalqaro rivojlantirish assotsiatsiyasi (XRA) bilan birgalikda Jahon banki tarkibiga kiradi.
Xalqaro moliyaviy korporatsiya (XMK)ning faoliyati ustun ravishda rivojlanayotgan mamlakatlarning xususiy sektorini moliyalashtirishga yo’naltiriladi.
Xalqaro rivojlanish assotsiyasi (XRA)ning asosiy faoliyati esa ko’proq qoloq mamlakatlarga imtiyozli yoki foizsiz kreditlar ajratishga qaratilgan.
Iqtisodiy hamkorlik va rivojlanish tashkiloti (IRHT) tarkibiga barcha sanoat jihatidan rivojlangan mamlakatlar keradi.
Xalqaro hisoblashuvlar banki (XHB) Shveytsariyaning Bazel shahrida joylashgan bo’lib, u xalqaro moliyaviy tashkilot hisoblansada, bank faoliyatining xalqaro tartibga solishda yetakchi rol o’ynaydi. U o’z tartibiga 70 dan ortiq markaziy banklarni kiritgan bo’lib, ular o’zlarining oltin-valyuta zahiralarini XHB hisob varaqalarida saqlaydilar.
Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) sharqiy Yevropa hamda sobiq ittifoq mamlakatlariga valyuta –moliya sohasidagi ko’maklashishni muvofiqlashtirish maqsadida 1990 yilda tashkil etildi. Bugungi kunda ko’rsatib o’tilgan davlatlararo tashkilotlarning xalqaro valyuta-moliya sohasidagi munosabatlarni tartibga solish va yanada takomillashtirishga qaratilgan faooliyatning ahamiyati tobora oshib bormoqda . Bundan keyin ham bu banklarning moliyaviy-iqtisodiyo yordami zarur bo’lib keladi.

Download 453.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling