Mavzu: Jahon xojaligining vujudga kelishi, asosiy belgilari va bosqichlari
Mundarija:
Kirish
I BOB JAHON XOJALIGI MAZMUN MOHIYATI
1.1Jaxon xojaligining tashkil topishi, bosqichlari va asosiy belgilari.
1.2Xalqaro iqtisodiy aloqalarning asosiy shakllari.
II BOB XALQARO IQTISODIY INTEGRATSIYANING MOXIYATI, SHAKLLARI VA OBEKTIV ASOSLARI.
2.1Ozbekiston iqtisodiyotining jaxon xojaligiga kirib borishi.
2.2Jaxon bozori. Xalqaro valyuta va kredit munosabatlari.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR
Kirish
Kurs ishi mavzusining dolzarbligi. Hozirgi davrda dunyo mamlakatlari ijtimoiy- iqtisodiy taraqqiyoti o‘zining ma‘no-mazmuni jihatidan oldingi bosqichlardan keskin farq qiladi. Bunda eng asosiy va muhim jihat milliy iqtisodiyotlarning tobora integrastiyalashuvi va globallashuvining kuchayib borishidir. Ayni paytda bu jarayonlar xalqaro maydondagi raqobatning ham keskinlashuviga, har bir mamlakatning xalqaro mehnat taqsimotidagi oz mavqeini mustahkamlash uchun kurashining kuchayishiga ham tasir korsatadi.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni rivojlantirish har bir mamlakat uchun nihoyatda muhim masala sanaladi. Iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini takomillashtirish vazifasi iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda doimo diqqatimiz markazida bolib, iqtisodiy rivojlanish borasida erishgan yutuqlarimizning muhim omili hisoblanadi. Jahon iqtisodiyotida kechayotgan murakkab jarayonlar iqtisodiyotni barqaror rivojlantirish, raqobatbardoshligini oshirish uchun uning tarkibiy tuzilishini muttasil takomillashtirib borish zaruratini yanada kuchaytirdi. Mamlakatning raqobatbardoshligi eng avvalo uning iqtisodiyoti raqobatbardoshligi orqali ifodalanadi. Bu esa bevosita tashqi iqtisodiy faoliyat sohasidagi siyosat instrumentlariga taqaladi.
Kurs ishining maqsad va vazifalari. Kurs ishining asosiy maqsadi jahon xojaligini, xalqaro iqtisodiy munosabatlarni iqtisodiy jihatdan yoritib berish, hamda bu sohadagi muammolar va ularning yechimlari yuzasidan amaliy takliflar va tavsiyalarni berishdan iborat.
Do'stlaringiz bilan baham: |