Ii bob xalqaro iqtisodiy integratsiyaning moxiyati, shakllari va obektiv asoslari
Xalqaro iqtisodiy aloqalarning asosiy shakllari
Download 114.35 Kb.
|
Jahon xo‘jaligining vujudga kelishi, asosiy belgilari va bosqichlari
1.2 Xalqaro iqtisodiy aloqalarning asosiy shakllari.
Jahon iqtisodiyotining tizim sifatidagi faoliyati tovarlar, xizmatlar va ishlab chiqarish omillarining harakati bilan bogliq. Ushbu bogiiqlik asosida xalqaro iqtisodiy munosabatlar yuzaga keladi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar bu rezidentlar va norezidentlar ortasidagi xojalik munosabatlaridir. Xalqaro iqtisodiy munosabatlami shakllari boyicha guruhlash mumkin. Ananaviy tarzda xalqaro tovarlar, xizmatlar va intellektual mulk savdosi alohida shakl sifatida ajratiladi. Ishlab chiqarish omillarining harakati xalqaro iqtisodiy munosabatlaming xalqaro kapital harakati, xalqaro ishchi kuchi migratsiyasi, texnologiyalarni xalqaro uzatish shakllari korinishida sodir boladi. Kapital, mehnat va texnologiyadan farqli olaroq muhim iqtisodiy resurslardan biri hisoblangan tabiiy resurslar harakatchan emasligi bois, jahon xo'jalik aloqalarida qazib chiqarilgan va ularni qayta ishlash asosida tayyorlangan mahsulotlaming xalqaro savdosi orqali qatnashadi. Tadbirkorlik qobiliyati omili kapital, ishchi kuchi va texnologiyalar bilan birgalikda harakatlanadi, shu sababdan xalqaro iqtisodiy munosabatlaming alohida shakli sifatida qatnashmaydi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlaming keyingi shakli xalqaro valuta-kredit va moliya munosabatlari xalqaro savdo hamda ishlab chiqarish omillarining xalqaro harakati hosilasi hisoblansada, jahon xojaligida alohida ahamiyatga ega mustaqil iqtisodiy munosabatlar sifatida tan olingan. Xalqaro mexnat taqsimoti xalqaro iqtisodiy munosabatlar, ya'ni turli mamlakatlar ortasidagi xojalik aloqalarining negizini tashkil etadi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlar kuyidagi shakllarda namoyon boladi: tovar va xizmatlar bilan xalqaro savdo kapital va chet el investitsiyalarining xarakati; ishchi kuchining migratsiyasi; ishlab chiqarishning davlatlararo kooperatsiyasi; fan vatexnika soxasidagi ayirboshlash; valyuta-kredit munosabatlari. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarda savdo-sotik yetakchi orinda turadi. Xalqaro iqtisodiy aloqalarda savdo-sotik jaxon bozori orqali amalga oshiriladi. Xalqaro mexnat taqsimoti rivojlanishi va mamlakatlar ixtisoslashuvining kuchayishi natijasida jaxon bozori tarkib topadi. Jaxon bozori - xalqaro mexnat taqsimoti orqali bir-birlariga boglangan turli mamlakatlar ortasidagi barqaror oldi-sotdi munosabatlaridir. Jaxon bozori tovarlar, xizmatlar, moliya, ilmiy kashfiyotlar, mexnat bozorlaridan iborat. Xalqaro mexnat taqsimoti qanchalik chukurlashsa, jaxon bozori shunchalik kengayadi, u yerda sotiladigan tovarlar va xizmatlar kupayadi, bozor ishtirokchilarining soni ortadi. Jaxon bozorining oziga xos infratuzilmasi mavjud. (Xalqaro tovar birjalari, fond birjalari, banklar auksionlar, moliya-sugorta, savdo-sanoat kompaniyalari, ishga yollovchi firmalar...) Jaxon bozorida mamlakatlar obektiv va subektiv sabablarga kura ma'lum tovar va xizmatlarga ixtisoslashgan boladi va ular bir-biriga tovar yetkazib beradi. (Ixtisoslashuvning obektiv sabablarini mamlakatlarning geografik joylanishi, iklimi, yer osti va yer usti boyliklari tashkil etadi. Subektiv sabablarini esa mamlakatdagi fan va texnikaning rivojlanganligi va malakali kadrlar tashkil etadi.) Jaxon bozori milliy iqtisodiyot rivojiga kuchli ta'sir etadi. Xozirgi davrda bir mamlakat doirasida sanoat va qishloq xojaligi maxsulotlarining barcha turlarini ishlab chiqarish mumkin emas. Natijada rivojlangan mamlakatlar AQSH, Yaponiya va boshqa mamlakatlar oziga kerak bolgan tovarlarni jaxon bozoridan xarid qilishga majbur. (Masalan: AKSh kofe, kakao, ipak, nikel, tabiiy kauchuk, olmos kabi maxsulotlar importiga muxtoj.) Jaxon bozorida mamlakatlar iqtisodiy mavkeiga qarab tabaqalanadi.Ular ikki guruxga: a) tayyor maxsulot yetkazib beruvchi va b) xom ashyo yetkazib beruvchi mamlakatlarga ajraladi. Rivojlangan mamlakatlar koproq tayyor maxsulotlarni (yetkazib) eksport qilishsa, rivojlanayotgan va kolok mamlakatlar koproq xom ashyoni eksport qiladilar. Turli mamlakatlarning jaxon bozorida tutgan orni, birinchidan, ularning iqtisodiy kuvvatiga, ikkinchidan, ulardagi ishlab chiqarishning chukur ixtisoslashuviga, ya'ni nakadar eksportbob bolishiga bogliq. Jaxon bozori orqali pul kapitali, ishchi kuchi va texnologiya mamlakatlar ortasida taqsimlanadi. Jaxon bozori milliy bozordan farq kilgan xolda ishlab chiqarishning mamlakatlararo ixtisoslashuviga va shunga kura ularning bir-biriga tovar yetkazib berish zarurligiga asoslanadi. Kapitalning xalqaro xarakati - bu kapitalning chet elda joylashtirilishi va faoliyat qilishi. U chet elga kuyidagi shakllarda chiqariladi: a) xususiy yoki davlat kapitali shaklida. Kapitalning xalqaro tashkilotlar yoli bilan xarakati kupincha mustakil shakl sifatida ajraladi; b) pul va tovar shaklida. Jumladan, kapital chiqarish mashina va uskunalar, patentlar, nau-xau, xamda tovar kreditlari shaklida bolishi mumkin. v) qisqa muddatli va uzoq muddatli kreditlar shaklida; g) ssuda va tadbirkorlik kapitali shaklida. Ssuda shaklidagi kapital kuyilmalar boyicha foiz, tadbirkorlik shaklidagi kapital esa foyda keltiradi. Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning ancha murakkab jixatlaridan biri ishchi kuchining xalqaro migratsiyasi bolib, u uz ifodasini ishchi kuchi resurslarini ancha kulay sharoitda ish bilan ta'minlash maqsadida bir mamlakatdan boshqasiga kuchib utishda topadi. Xalqaro migratsiya jarayonini iqtisodiy omillar bilan birga siyosiy, etnik, madaniy va boshqa xususiyatdagi omillar xam takozo qiladi. Xalqaro migratsiya ikkita asosiy tarkibiy qismni uz ichiga oladi: emigratsiya va immigratsiya. Emigratsiya bir mamlakatdan boshqa mamlakatga doimiy yashash uchun chikib ketishni, immigratsiya - aynan olingan mamlakatga doimiy yashash uchun kirib kelishni bildiradi. Masalan: 2018-yil Rossiyada kushni mamlakatlardan 7 mln. kishi kelib ishlagan. Migratsiya MDX mamlakatlarning ortasida, ular bilan uzoq xorij mamlakatlari ortasida yuz beradi. Bu jarayonda Ozbekiston xam katnashadi. Ozbekistondan chiqqan mexnat migratsiyalari ba'zi bir ma'lumotlarga kura 2017-yil 700 ming kishini tashkil etgan. 2015-yil Koreya Respublikasida O‘zbekistondan chiqqan yashirin migrantlar 7 ming nafar bo‘lgan. Ishchi kuchi migratsiyasi fakatgina yashash joyini uzgartirib, kuchib yurishni emas, shu bilan birga yashash joyini uzgartirmay biror mamlakatga borib ishlab kelish yoli bilan xam sodir bolishi mumkin. Jaxon xojaligida mamlakatlar ortasida ilm-ma'rifat-texnika xamkorligi katta axamiyatga ega. Bu xamkorlik ilmiy-texnikaviy axborotlar, mutaxasislar, fan soxasi xodimlari bilan ayirboshlashni, tadkikot va yangiliklarni litsenziya asosida berishni, ilmiy-tadkikot ishlari utkazishni, umumiy fan texnika va texnologiyani ishlab chiqarish boyicha kushma tadbirkorlikni uz ichiga oladi. (Ilmiy texnikaviy xamkorlikning muxim shakllaridan biri injiniring xisoblanadi. Xalqaro injiniring bu davlat tomonidan boshqa davlatga sanoat va boshqa obektlarni lyixalashtirish va kurish jarayoniga kerakli xisob kitob loyixalarini berish, xamda injiniring-kurilish xizmati korsatishdan iborat boladi.) Rivojlangan mamlakatlar rivojlanayotgan mamlakatlarga davlat byudjeti va yirik kompaniyalar xisobidan xar xil pul fondlari tashkil etadilar, bu fondlardan turli yordamlar korsatadilar. Masalan: Ozbekiston bozor iqtisodiyotiga utish uchun yevropa tiklanish va taraqqiyot banki, Jaxon banki, yevropa ittifoki xisobidan kadrlarni bepul ukitish, xorijga ularni malakasini oshirishga yordam bermokda. Xalqaro iqtisodiy aloqalarning asosiy shakllaridan biri bu iqtisodiy integratsiya aloqalaridir. Bu aloqalarning roli xozirgi davrda ortib bormokda. Download 114.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling