Ii-bob xususiy sektorning rivojlantirish bosqichlari


Download 54.21 Kb.
bet4/6
Sana23.04.2023
Hajmi54.21 Kb.
#1390857
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Xususiy sektorning rivojlanish. BUNYOD

IX. КИЧИК ТАДБИРКОРЛИК
1 БЎЛИМ. КИЧИК ТАДБИРКОРЛИК СУБЪЕКТЛАРИНИНГ
АСОСИЙ ИҚТИСОДИЙ КЎРСАТКИЧЛАРИ
Январь-март ойларида кичик тадбиркорликнинг
ЯИМдаги улуши, % да
2021 йилнинг январь-
мартида кичик тадбиркорликнинг ЯИМдаги улуши 45,0 % ни ташкил қилди (2020 йилнинг январь-мартида 44,7 %).


Январь-март ойларида кичик
тадбиркорлик субъектларининг
ЯИМдаги улуши, % да
Кичик тадбиркорлик субъектларининг улуши
(умумий ҳажмига нисбатан % да)


2021 йилнинг январь-мартида кичик тадбиркорликнинг асосий кўрсаткичлари


Ўлчов бирлиги

2020 й

2021 й

(+;-)

Фаолият юритаётган кичик корхона ва микрофирмалар сони

бирлик

352 167

428 625

76458

Янги ташкил этилган кичик корхона ва микрофирмалар

бирлик

23 320

26 812

3492

Кичик тадбиркорлик улушлари:







ЯИМ

%

44,7

45,0

0,3

Саноат

%

28,7

22,2

-6,5

Қишлоқ, ўрмон ва балиқчилик хўжалиги

%

97,3

96,9

-0,4

Инвестиция

%

54,6

56,7

2,1

Қурилиш

%

74,9

79,1

4,2

Савдо

%

85,1

82,5

-2,6

Xизматлар

%

52,1

51,7

-0,4

Юк ташиш

%

42,5

38,9

-3,6

Юк айланмаси

%

73,9

68,5

-5,4

Йўловчи ташиш

%

89,4

93,1

3,7

Йўловчи айланмаси

%

94,2

95,3

1,1

Экспорт

%

28,9

27,5

-1,4

Импорт

%

57,9

49,7

-8,2

Davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazishga bozor tayyorligini tahlil qilish
SXEMASI
Izoh. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2020-yil 7-dekabrdagi PQ-4913-son qarori bilan Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi Vakolatli organ hisoblanadi hamda Vazirlikning markaziy apparatida 8 ta shtat birligidan iborat Xususiy sektorni tahlil qilish va rivojlantirish boshqarmasi tashkil etilgan.

2.2 Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish.
a) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi tomonidan manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda xususiy sektorga o‘tkazish uchun davlat funksiyalarini har yili tanlab olish. Bunda:vazirlik va idoralarning davlat boshqaruvidagi samarasiz hamda eksklyuziv funksiya va vakolatlari to‘liq xatlovdan o‘tkaziladi;xususiy sektorga o‘tkazish imkoniyati mavjudligi va iqtisodiy samaradorligi nuqtai nazaridan davlat funksiyalari ob’ektiv tahlil qilinadi;xususiy sektorga moslashtirgan holda davlat funksiyalarining mazmun-mohiyati aniqlashtiriladi;xususiy sektorga o‘tkazishga taklif etilayotgan davlat funksiyalarining yakuniy ro‘yxati tegishli vazirlik va idoralarning takliflari asosida shakllantiriladi;
b) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi tomonidan xususiy sektor bozori davlat funksiyalarini amalga oshirish uchun tayyorligini tahlil qilish. Bunda:xususiy sektorga o‘tkazish taklif etilayotgan davlat funksiyalari ro‘yxati e’lon qilinadi va keng jamoatchilik muhokamasiga qo‘yiladi;davlat funksiyalarini amalga oshirish uchun xususiy sektor faolligini rag‘batlantirish choralari ishlab chiqiladi;davlat funksiyalarini amalga oshirish uchun xususiy sektorning taklif va mulohazalari umumlashtiriladi va tahlil qilinadi;o‘tkazilayotgan davlat funksiyalariga o‘xshash bo‘lgan faoliyat tajribasiga ega xususiy sektor sub’ektlarining dastlabki ro‘yxati shakllantiriladi;xususiy sektorda zarur resurslar va infratuzilma, shuningdek, malakali kadrlar mavjudligi nuqtai-nazaridan tahlil o‘tkaziladi;real xarajatlar va tovar (ish, xizmat) qiymatini hisobga olgan holda xususiy sektor va iste’molchilar uchun davlat funksiyalarini amalga oshirish qiymati belgilanadi;v) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Adliya vazirligi tomonidan davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqish;

g) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi hamda Savdo-sanoat palatasi tomonidan xususiy sektorga o‘tkazilgan davlat funksiyalari amalga oshirilishini monitoring qilish. Bunda:


davlat funksiyalari amalga oshirilganligi natijalari bo‘yicha xususiy sektorning ma’lumoti umumlashtiriladi va tahlil qilinadi, shuningdek, umumlashtirilgan ma’lumotlar asosida ular amalga oshirilganligining samaradorligi va sifati baholanadi;
xususiy sektor tomonidan davlat funksiyalari samarasiz yoki sifatsiz amalga oshirilganligi holati aniqlangan taqdirda, kamchiliklarni bartaraf etish hamda o‘tkazilgan davlat funksiyalarini amalga oshirish mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha asoslantirilgan takliflar ishlab chiqiladi;
d) Moliya vazirligi, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi hamda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan davlat funksiyalari o‘tkazilishi munosabati bilan tegishli davlat organining shtat birliklarini maqbullashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish. Bunda:
davlat funksiyalari xususiy sektorga o‘tkazilgandan so‘ng davlat organi bo‘linmalarining funksional yuklamasi tahlil qilinadi;
davlat funksiyalari o‘tkazilishi munosabati bilan davlat organlari tegishli bo‘linmalarining bo‘shagan shtat birliklarini maqbullashtirish bo‘yicha takliflar Vazirlar Mahkamasiga kiritiladi.
10. Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi markaziy apparati tuzilmasida 2021 yil 1 yanvardan boshlab davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining shtat birliklarining maqbullashtirilgan qismi hisobidan 8 ta shtat birligidan iborat Xususiy sektorni tahlil qilish va rivojlantirish boshqarmasi tashkil etilsin hamda uning vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
“Davlat funksiyalari – biznes uchun imkoniyat” loyihasi va davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazishning kompleks mexanizmi amalga oshirilishi yuzasidan monitoring olib borish va vujudga kelayotgan muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish;

xususiy sektorga o‘tkazilishi taklif etilayotgan davlat funksiyalari, shuningdek, xususiy sektorning tegishli takliflarini e’lon qilish va muhokamadan o‘tkazish uchun elektron maydoncha faoliyatini yuritib borish;


xususiy sektorga berilishi mumkin bo‘lgan davlat funksiyalari tahlilini olib borish va o‘rganish natijasida tegishli choralar ko‘rilishi yuzasidan takliflar tayyorlash.
11. Quyidagilar:
a) Kadastr agentligi direktori X.S.Turaxujayev zimmasiga – Toshkent viloyati va Toshkent shahridagi tajriba-sinov tariqasida joriy etiladigan ko‘chmas mulk bo‘yicha kadastr muhandislariga ko‘chmas mulk ob’ektlariga kadastr yig‘majildini, shu jumladan, birlamchi kadastr yig‘majildini tayyorlash funksiyasini amalga oshirish mexanizmini ishlab chiqish, ushbu xizmatlar narxining minimal stavkalarini belgilash, maxsus avtomatlashtirilgan axborot tizimini yaratish;
b) ichki ishlar vaziri P.R.Bobojonov zimmasiga:
maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari to‘liq tadbirkorlik sub’ektlariga belgilangan tartibda biriktirilishini tashkil etish, ushbu yo‘nalishda tadbirkorlik sub’ektlariga har tomonlama yordam berish, yuzaga keladigan muammolarni xolisona, adolatli va tezkor hal etish hamda maxsus avtomatlashtirilgan foto va video qayd etish dasturiy-texnik vositalari o‘z vaqtida o‘rnatilishi va ishga tushirilishini ta’minlash;tadbirkorlik sub’ektlariga barcha toifadagi avtomototransport vositalarini (trolleybus va tramvaydan tashqari) boshqarish huquqini beruvchi haydovchilik guvohnomasini olish uchun nazariy va amaliy imtihonlarni o‘tkazish faoliyatini amalga oshirish uchun litsenziya talablari va shartlari ishlab chiqilishi, tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan zamonaviy avtodromlarni tashkil etish va ularni avtomatlashtirilgan maxsus transport vositalari bilan jihozlash, nazariy va amaliy imtihonlar o‘tkazilishini nazorat qilish;v) Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi raisi A.A.Abduvaliyev zimmasiga – og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalar to‘liq tadbirkorlik sub’ektlariga belgilangan tartibda biriktirilishini tashkil etish, ushbu yo‘nalishda tadbirkorlik sub’ektlariga har tomonlama yordam berish, yuzaga keladigan muammolarni xolisona, adolatli va tezkor hal etish hamda og‘irlik va gabarit nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalar o‘z vaqtida o‘rnatilishi va ishga tushirilishini ta’minlash;g) adliya vaziri R.K.Davletov zimmasiga – davlat organlari va tashkilotlari, shu jumladan, davlat xizmatlari markazlari tomonidan ayrim turdagi davlat xizmatlari ko‘rsatilishida agent sifatida ishtirok etish, ushbu xizmatni ko‘rsatish huquqini beruvchi sertifikatni berish tartibini ishlab chiqish, agent sifatidagi xizmatlar bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarining tashkil etilishini ta’minlash;d) moliya vaziri T.A.Ishmetov zimmasiga – davlat organlari va tashkilotlarining xususiy sektorga o‘tkaziladigan ichki ma’muriy-xo‘jalik faoliyatini ta’minlash va saqlash bo‘yicha funksiyalarining hamda ushbu tartib joriy etiladigan vazirlik va idoralarning ro‘yxatini, shuningdek, ular bo‘yicha iqtisodiy tahlil o‘tkazish metodikasini tasdiqlashni nazarda tutuvchi Hukumat qarori loyihasini ishlab chiqish hamda Vazirlar Mahkamasiga kiritilishini ta’minlash yuzasidan shaxsiy mas’uliyat va javobgarlik yuklansin.12. Ushbu qarorda belgilangan chora-tadbirlarning samarali va o‘z vaqtida amalga oshirilishini ta’minlash maqsadida:a) Bosh vazir o‘rinbosari J.A.Qo‘chqorov davlat organlarining tegishli funksiyalari belgilangan muddatlarda xususiy sektorga o‘tkazilishini, shuningdek, xususiy sektorga o‘tkazilgan davlat funksiyalarini amalga oshirish tartiblari qisqa muddatlarda ishlab chiqilishi va tasdiqlanishini ta’minlasin;b) Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (S.X.Bekenov) ikki oy muddatda mazkur qarorda belgilangan elektron auksion savdolarini joriy etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishini ta’minlasin;v) mas’ul vazirlik va idoralar rahbarlari mazkur qarorda nazarda tutilgan tadbirlarni sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish, shuningdek, davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazish bo‘yicha ta’sirchan choralarni ko‘rsin;g) Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi (A.J.Ortiqov):muntazam ravishda xususiy sektorga o‘tkazilgan davlat funksiyalari amalga oshirilishini monitoring qilib borsin;bir oy muddatda Xususiy sektorni tahlil qilish va rivojlantirish boshqarmasini zarur nazariy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega yuqori malakali kadrlar bilan to‘ldirsin;ikki oy muddatda ushbu qarordan kelib chiqadigan qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritsin;d) Adliya vazirligi (R.Q.Davletov) davlat funksiyalarini xususiy sektorga o‘tkazishning huquqiy mexanizmlari va o‘z-o‘zini tartibga solish institutini takomillashtirishga qaratilgan takliflarni ishlab chiqishda Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligiga har tomonlama amaliy yordam ko‘rsatsin; Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (A.A.Xodjayev) O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (A.K.Ko‘chimov) va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi (A.J.Xadjayev) bilan birgalikda ommaviy axborot vositalarini jalb qilgan holda mazkur qarorda belgilangan chora-tadbirlarni aholi orasida keng yoritish choralarini ko‘rsin.
13. Mazkur qaror ijrosini har chorakda muhokama qilib borish, ijro uchun mas’ul idoralar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosari J.A.Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin.
Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijadorligi yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga 2021 yil 1 mart, 1 sentyabr va 2022 yil 1 yanvarga qadar, keyinchalik har chorak yakuni bo‘yicha axborot berib borilsin.Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektor jalb qilinadiDavlat funksiyalarini autsorsing, kraudsorsing, davlat ijtimoiy buyurtmasi, akkreditatsiya, sertifikatlashtirish va boshqa usullar orqali bosqichma-bosqich xususiy sektorga berish ko‘zlanmoqda. Jumladan, 2021 yil 1 apreldan kadastr yig‘majildlarini tayyorlash bilan tadbirkorlar ham shug‘ullanishi mumkin.Prezidentning 7 dekabrdagi «Davlat tomonidan tartibga solinadigan sohalarga xususiy sektorni jalb etish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori [PQ-4913] qabul qilindi. «Gazeta.uz» muxbirining xabar berishicha, mazkur hujjat bilan «Davlat funksiyalari — biznes uchun imkoniyat» loyihasi amalga oshiriladi.Loyihaga muvofiq, davlat boshqaruvi sohasiga xususiy sektorni jalb qilishning dastlabki yo‘nalishlari belgilanmoqda. Davlat funksiyalarini autsorsing, kraudsorsing, davlat ijtimoiy buyurtmasi, akkreditatsiya, sertifikatlashtirish va boshqa usullar orqali bosqichma-bosqich xususiy sektorga berish ko‘zlanmoqda.



Download 54.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling