Ii bob yevropa mumtoz musiqasi
Download 61.39 Kb.
|
husniddin1111111111
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishi maqsadi
Mavzuning dolzarbligi : Mustaqillikni o’z salohiyati, kuch – qudrati, shijoati va mehnati bilan qo’lga kiritgan O’zbekiston Respublikasi mustaqil rivojlanish jarayonida jahonning eng ilg’or madaniyati, ma’rifati va iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlar qatoridan o’zining munosib o’rnini topayotgan va erishilgan yutuqlari dunyo uzra e’tirof etilayotgan hozirgi kunda jamiyatni siyosiy iqtisodiy rivojlantirish vazifalari qatorida har tamonlama barkamol avlodni kamol toptirishga eng ustivor e’tibor qaratilayotganligi bejiz emas. Chunki, kelajak yoshlarni bugungi yoshlarni qay darajada tarbiyalanganlik darajasiga, bilim va malakalarni qay darajada egallaganliklari va ularda yuksak axloqiy, ma’naviy, ma’rifiy madaniyatni shakllanganligiga bog’liqdir. O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida” gi qonuni va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablari asosida respublikamizning ta’lim tizimida ruy berayotgan yangilanishlar, demokraktik o’zgarishlar ta’limning eng muhim bo’g’ini bo’lgan umumiy o’rta ta’lim maktablarida o’qitiladigan barcha fanlar qatori “Musiqa madaniyati” fani o’qitilish mazmuni va mohiyatini ham jahonning eng ilg’or mamlakatlari andozalari darajasida, shu bilan birga uni birinchi navbatda milliy negizda shakllantirishni taqozo etmoqda. Ushbu yo’nalishdagi tub islohatlar natijasi o’laroq musiqiy ta’lim bo’yicha yaratilgan o’quv dasturlari darsliklar va Davlat ta’lim standartlarida musiqa darslarida o’quvchilarni birinchi navbatda xalq musiqa merosi bilan chuqur va har tamonlama mukammal tanishtirib borish ko’zda tutilgan.
Kurs ishi maqsadi: umumta’lim maktablarning oltinchi sinfidan joy olgan “Yevropa mumtoz musiqasi bilan tanishuv” mavzusi bo’yicha darslarni tashkil etishning o’ziga xos ilmiy – uslubiy asoslarini yoritib berish, xulosa va tavsiyalar yaratishdan iborat. Kurs ishi obyekti: Umumta’lim maktablarining oltinchi sinfida darslarni “Yevropa mumtoz musiqasi bilan tanishuv” mavzusi bo’yicha tashkil etish jarayoni. Kurs ishi predmeti: Oltinchi sinf musiqa madaniyati darslarida o’quvchilarni “Yevropa mumtoz musiqasi bilan tanishuv” mavzusi bo’yicha dasrlarni tashkil etish. Download 61.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling