Ii bob yordamchi maktab o’quvchilarini axloqiy tarbiyalashning maqsadi, vazifasi va usullari


Xulosa……………………………………………………………………….....35


Download 58.2 Kb.
bet2/9
Sana29.01.2023
Hajmi58.2 Kb.
#1138228
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
АҚЛИ ЗАИФ КУРС ИШИ

Xulosa……………………………………………………………………….....35
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………......37

Kirish
Sayyoramizning ertangi kuni, farovonligi farzandlarimiz qanday inson bo‘lib kamolga yetishi bilan bog‘liq. Bizning asosiy vazifamiz – yoshlarning o‘z salohiyatini namoyon qilishi uchun zarur sharoitlar yaratishdan iborat. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev. Har qanday davlatning tarixiy taraqqiyot yo‘lidan ma’lumki, yurtning jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon bo‘lishi o‘sha davlatda yoshlar ta’lim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan e’tibor darajasiga bog‘liq. Shu ma’noda, O‘zbekistonda yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.Har qanday davlatning tarixiy taraqqiyot yo’lidan ma’lumki, yurtning jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon bo’lishi o’sha davlatda yoshlar ta’lim-tarbiyasi va kelajagiga beriladigan e’tibor darajasiga bog’liq. Shu ma’noda, O’zbekistonda yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo’nalishlaridan biri hisoblanadi.
Mamlakatda yoshlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularga zarur shart-sharoitlar va imkoniyatlarni yaratib berish borasida mustahkam huquqiy baza yaratilgan va bu tizim zamon talablariga hamohang ravishda takomillashtirib borilmoqda. Hususan, bugungacha parlament tomonidan yoshlarga oid 40 dan ziyod qonun hujjatlari qabul qilingan bo’lib, 30 dan ortiq xaqlaro huquqiy hujjatlar ratifikatsiya qilingan. Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan ayni davrda insoniyat tarixidagi eng ko’p yoshlar qatlami bilan yashayotganimizni inobatga olgan holda BМТ minbarida Yoshlar huquqlari to’g’risidagi BМТ konvensiyasini qabul qilish taklifi ilgari surilgani ham xalqaro hamjamiyat tomonidan iliq qarshilandi. O’zbekiston rahbari bunga asos qilib, bugun dunyo miqyosida yoshlarning soni ikki milliarddan ortib ketgani, xaqlaro terrorizm va ekstremizm shiddat bilan o’sib borayotgan bir paytda yoshlarga himoya zarurligini muhim omillar sifatida asoslab berdi.
Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston Respublikasi Prezidenti sifatida birinchi imzolagan qonun hujjati – 2016-yil 14-sentabrdagi «Yoshlarga oid davlat siyosati to’g’risida»gi Qonun ekanida ham ramziy mazmun-mohiyat mujassam. Binobarin, aholisining yarmidan ko’prog’i yoshlardan iborat bo’lgan mamlakatda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish, yosh avlodni har tomonlama yetuk va barkamol, intellektual salohiyatli, o’z qat’iy pozitsiyasiga ega, yurtda amalga oshirilayotgan islohotlarga befarq bo’lmagan, yurtning ertangi munosib kelajagi uchun daxldorlikka tayyor, maqsadga intiluvchan, serg’ayrat, vatanparvar, sadoqatli, komil shaxslar sifatida tarbiyalash O’zbekistonni dunyoning eng rivojlangan davlatlari safidan o’rin olishining muhim omili ekanini mamlakat rahbari va hukumat yaxshi anglaydi.
Alohida ta’kidlash joiz, «2017–2021-yillarda O’zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo’nalishi bo’yicha Harakatlar strategiyasi»da ham bu masala alohida o’z aksini topdi. Jumladan, yoshlarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan quyidagi ustuvor vazifalar belgilandi:
birinchidan, jismonan sog’lom, ruhan va aqlan rivojlangan, mustaqil fikrlaydigan, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy nuqtayi nazarga ega yoshlarni tarbiyalash, demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish jarayonida ularning ijtimoiy faolligini oshirish;
ikkinchidan, o’rta maxsus, kasb-hunar va oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini ishga joylashtirish hamda xususiy tadbirkorlik sohasiga jalb etish;
uchinchidan, yosh avlodning ijodiy va intellektual salohiyatini qo’llab-quvvatlash va ro’yobga chiqarish, bolalar va yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini shakllantirish, ularni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish.
O’zbekiston Prezidenti tomonidan 2018-yil 27-iyunda imzolangan «Yoshlar – kelajagimiz» Davlat dasturi to’g’risida»gi Farmon bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan muhim hujjat bo’ldi. Farmon bilan «Yoshlar – kelajagimiz» jamg’armasi tashkil etildi va ushbu jamg’arma yoshlarning bisnes tashabbuslari, startaplari, g’oyalari va loyihalarini amalga oshirish uchun tijorat banklari orqali yillik 7 foiz stavka bilan imtiyozli kredit va mol-mulkni lizingga berishi belgilab qo’yildi. Qonunchilik palatasi tomonidan 2020-yil 19-mayda qabul qilingan O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to’g’risida”gi qonunda ta’lim oluvchilarning huquq va majburiyatlari belgilab qo’yilgan. Unga ko’ra qonunning II bob 20-moddasida inklyuziv ta’lim haqida bunday deyilgan: “ Inklyuziv ta’lim alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim tashkilotlarida ta’lim olishga bo’lgan teng imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan.
Jismoniy, aqliy, sensor (sezgi) yoki ruhiy nuqsonlari bo’lgan bolalar (shaxslar) uchun ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’lim tashkil etiladi.
Inklyuziv ta’limni tashkil etish tartibi O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi”.
Prezident qarori bilan 2025 yilgacha inklyuziv umumta’limni bosqichma-bosqich joriy etish masalasi qo’yilgan. Bunda imkoniyati cheklangan bolalarning maktablarga kelishi uchun to’siqsiz muhit yaratish, yangi quriladigan maktablarni xuddi shunday sharoitlar bilan qurish, pedagog kadrlar tayyorlash, o’quv bazasini takomillashtirish kabi vazifalar belgilangan. Keyingi o’quv yilida shaharlarda va Toshkent shahrining tumanlarida joylashgan bittadan umumta’lim maktablarida inklyuziv ta’lim tizimini joriy qilish, tayanch korreksion sinf ochish reja qilingan.
Ayni paytda ixtisoslashtirilgan maktablarda dars berayotgan o’qituvchilar O’zbekistonda maktablarda hali to’laqonli inklyuziv ta’lim muhiti, kerakli sharoit, o’quv qo’llanmalar, kadrlar bo’lmasdan turib, 5 yilda inklyuziv ta’limga o’tilishi reja qilinayotganidan xavotirda. Ularning aytishicha, ixtisoslashtirilgan maktablarning o’zida nogironligi bor shaxslarning harakatlanishi uchun sharoit yaratilganiga ko’p bo’lmadi, darsliklarda muammolar bor.
Inklyuziv ta’lim hamma bolalarning bir xil maktab va bir xil sinfxonada – bir xil sharoitda ta’lim olishini anglatadi. Ya’ni imkoniyati cheklangan bola sog’lom bolalar bilan bir xil e’tiborda o’qiy olishi kerak. Kam ta’minlangan oilaning farzandi kambag’al oiladan bo’lgani uchun ta’mirlanmagan maktabga borishi kerak emas.
O’zbekistonda oilaviy sharoitidan qat’iy nazar, barcha bolalar davlat umumta’lim maktablariga qatnaydi. Bu davlat tomonidan kafolatlangan. Faqat xohlovchilar o’z yonidan pul to’lab xususiy maktablarda o’qishi mumkin. Lekin imkoniyati cheklangan bolalarning boshqa sog’lom bolalar bilan teng sharoitda o’qiyotgani haqida maqtanib bo’lmaydi. Bu borada muammolar ko’p. 2020 yil 13 oktyabrda qabul qilingan “Alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalarga ta’lim-tarbiya berish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi prezident qarorida bu boradagi asosiy muammolar sanalgan:
-alohida ta’lim ehtiyoji bo’lgan bolalar o’qitiladigan ayrim ta’lim muassasalarida ular uchun to’siqsiz muhit va imkoniyatlar yaratilmagan;
-alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalar o’qitiladigan ta’lim muassasalari zarur adabiyotlar, metodik qo’llanmalar, turli kasblarga o’qitishga mo’ljallangan uskuna va jihozlar bilan to’liq ta’minlanmagan;
-alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalarning bilim olish huquqi, inklyuziv ta’lim tizimining mazmun-mohiyati haqida jamoatchilik o’rtasida tushuntirish ishlarini olib borish yo’lga qo’yilmagani natijasida ota-onalar alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan farzandlarini umumta’lim muassasalarida o’qitishi mumkinligi haqida yetarli ma’lumotga ega emas;
-alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalarni inklyuziv ta’limga jalb qilish bilan bog’liq muammolarni hal etish masalalariga mahalliy ijro hokimiyati organlari tomonidan yetarli e’tibor qaratilmayapti;
-pedagogika yo’nalishidagi OTMlar o’quv dasturlariga inklyuziv ta’lim berish metodikasiga oid fanlar kiritilmagan;
-pedagogika va metodika fanlariga oid darsliklarda inklyuziv ta’lim dasturlari kiritilmagani, shuningdek, bo’lajak pedagoglarning alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalar jalb qilingan ta’lim muassasalarida amaliyot o’tamayotgani ularning kasbiy tayyorgarlik sifatiga salbiy ta’sir ko’rsatmoqda.
2021-2022 o’quv yilida alohida ta’lim ehtiyojlari bo’lgan bolalarning 24 foizini inklyuziv ta’lim bilan qamrab olish rejalashtirilgan. 2025-yilga borib bu ko’rsatkich 40 foizga yetishi nazarda tutilgan.

Download 58.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling