Ii bob yordamchi maktab o’quvchilarini axloqiy tarbiyalashning maqsadi, vazifasi va usullari


II BOB Yordamchi maktab o’quvchilarini axloqiy tarbiyalashning maqsadi, vazifasi va usullari


Download 58.2 Kb.
bet6/9
Sana29.01.2023
Hajmi58.2 Kb.
#1138228
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
АҚЛИ ЗАИФ КУРС ИШИ

II BOB Yordamchi maktab o’quvchilarini axloqiy tarbiyalashning maqsadi, vazifasi va usullari.
2.1. Aqli zaif o’quvchilarning axloq xususiyatlari.
Abu Ali ibn Sino oilada, maktabda bolani ma’naviy-axloqiy tarbiyalashda mehnatsevarlik roliga alohida urg’u berib, ota-onalarni farzandlariga nisbatan kasb-hunar o’rgatishga da’vat etadi, mehnatni uluglaydi. Mehnatsiz hayot kechirishning bolaga boigan salbiy ta’sirini ko’rsatib beradi. Ayniqsa, Abu Ali ibn Sinoning aqliy, axloqiy, estetik va jismoniy tarbiyaning birligi va ularni amalga oshirish yollari haqidagi fikrlari bugungi kunda ham ijtimoiy ahamiyat kasb etmoqda va ma’naviy qadriyat sifatida e’tiborga loyiqdir.
Abu Ali ibn Sinoning ta’limotiga ko’ra axloqiy ravnaq inson zotigagina xos jarayondir, chunki u aql, tafakkurning buyuk quwatiga tayangan holda haqiqat bilan yolg’onning chegarasini aniqlabgina qolmasdan, do’stni dushmandan ajrata oladi. Narsalar ichki mohiyat-mazmunini kashf etish uchun aqliy-intellektual yetuklik zarur bolsa, axloqiy ravnaq uchun buning o’zi yetarli emas, bilim bilan pok xulq-atvor, sa’y-harakatlaming o’zaro uyg’unligi insonni donishmandlik, komillik darajasiga eltadi. Bunga hech qanday shubha bolishi mumkin emas, chunki «go’zallik va axloqiy kamolotga intilish inson zotiga xos xususiyatdir». Abu Ali ibn Sinoning asarlarida, jumladan, «Tadbiri manzil» risolasida inson tabiati tug’ilganda axloqli yoki axloqsiz bolmaydi, degan g’oya muhim ahamiyat kasb etadi.
Odamlar aslida yaxshi xulq, tayyor shaxsiy sifat, odat va ko’nikmalar bilan tug’lmaydilar. Bunday xususiyatlar ularning ijtimoiy hayotida sekin-asta shaxsiy va o’zgalar tajribasi, ota-onalari, ajdodlar, an’analar, ta’lim-tarbiya ta’sirida shakllana boradi.
Abu Abdulloh Rudakiyning (860—941) axloqqa oid asarlarida aql-idrok, xulq-atvor va bilim asosiy o’rinni egallaydi. Mutafakkir bilimni hamma boyliklardan ustun qo’yadi. Rudakiyning fikricha, insonning to’la baxtga ega bo’lishi uchun to’rt narsa kerak: sogliq, yaxshi odob, yaxshi nom va aql. U insonlarni voqealarning ichki mohiyatidan, uning tashqi tomonidan ajrata bilishga chaqiradi. U yaxshilik, saxiylik va ulug’vorlikni targ’ib qiladi. Rudakiy asarlarida Vatanga, xalqqa muhabbat, kishilar o’rtasidagi do’stlik va o’zaro hamkorlikning kishilik jamiyati uchun muhim ahamiyatga ega ekanligini bir necha bor ta’kidlab yozgan. Uning fikricha, haqiqiy do’stlik uchun kishilarning hatto turli dinda bo’lishlari ham xalaqit bera olmaydi.
Axloqiy tarbiya deganda shakllanayotgan, rivojlanayotgan, o’sib kelayotgan avlodda xulq-odob me’yorlariga mos keluvchi sifatlarning shakllanishi tushuniladi. Albatta, barcha tarbiya turlari aqli zaif bolalar tarbiyasida o’ziga xoc o’ringa ega. Busiz mumkin emas. Ammo axloqiy tarbiya, uning mohiyati alohida shaxs uchungina emas, balki jamiyatning kelajagi, uning qanday jamiyat bolishi uchun ham muhimdir. Bu yerda mubolag’a yo’q. Chunki axloqiy tarbiyalangan shaxslarsiz yetuk kishilik jamiyati qurish mumkin emas. Axloqiy tarbiya boshqa tarbiya turlaridan o’zining ahamiyati bilangina ajralib qolmasdan, balki murakkabligi bilan ham ajralib turadi. Bu o’rinda mashhur fransuz pedagogi, shifokori Eduard Segenning: «Aqli zaif bola aqlan bilmaydi, jismonan bajara olmaydi, ruhan xohlamaydi. Aqli zaif bola aqlan bila olardi ham, jismonan bajara olardi ham, agar u xohlasa. Barcha balo shundaki, dastlab u xohlamaydi», degan fikrlari e’tiborga loyiq.
Demak, aqli zaif bolalar biror ish qilishni, topshiriqlar bajarishni xohlamas ekanlar. Umumiy psixologiya, maxsus psixologiya tarbiya nazariyasidan ma’lumki, agar tarbiyalanuvchi biror ish qilishni xohlamasa, u bilan qilinadigan ishlar og’ir, murakkab kechadi. Axloqiy tarbiyani shakllantirish usullari, axloqiy tarbiya tamoyillariga oid fikrlar kishilik jamiyatida juda erta mutafakkirlar e’tiborini tortgan. Aristotel, Platon, Gelen, al-Xorazmiy, al-Forobiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ulug’bek, A. Navoiy, Abdulla Avloniy, H.H. Niyoziy, S. Ayniy va boshqa shu kabi qator mutafakkirlarning ta’lim-tarbiyaga oid nodir, durdona asarlari shular jumlasidandir. Zamonamizdan ming yil oldin yashab ijod etgan Abu Nasr al-Forobiy o’zining «Baxt-saodatga erishuv haqida risola» asarida: «Yaxshi xulq va aql kuchi birgalikdagina insoniy yutuqdir... Barcha go’zal va jirkanch axloqiy sifatlar hayot davomida orttiriladi», — deydi. Forobiy asarlarida didaktika masalalari, ta’limning nazariy, psixologik masalalari ham ochib berilgan. Uning ko’rsatishicha, insonning ma’naviy kamoloti qalb, ong va tafakkur bilan belgilanadi. Uning ilg’or fikrlari ibn Sino, ibn Rushd, Radjer, Bekon, Spinoza va boshqa mutafakkirlarning ijodiga ijobiy ta’sir etadi.
Abu Rayhon Beruniy ham axloqiylikka, yaxshilik va yomonlik, vijdon, to’g’ri so’zlik, or-nomus masalalariga alohida e’tibor bergan.
Tibbiyot asoschisi Abu Ali ibn Sino pedagogik qarashlarida ham ta’lim-tarbiyada bolalarning moyillik va qobiliyatlariga alohida e’tibor berish kerakligi, inson ongli mavjudot ekanligi bilan hayvonlardan farq qilishi, atrof-muhitga ta’sir qilishi aytib o’tiladi. Yetuk insonni tarbiyalash bir kishining ishi bolm asdan, balki uzoq vaqt qunt bilan ishlashni talab etadigan jarayondir, deb ta’kidlaydi.
Axloqiy tarbiya shaxsning barkamol shakllanishida asosiy o ‘rinni egallaydi. Shuning uchun ham pedagogikada axloq masalalariga katta ahamiyat beriladi. Xo’sh, shunday ekan, axloqning o’zi nima? Axloq - ijtimoiy ong shakli bo’lib, ijtimoiy hayotning hamma sohalarida insonning xulq-atvorini yo’lga solib turadigan tamoyillar, talablar, me’yorlar va qoidalar yig’indisidan iborat. Axloqiy tushunchalar: yaxshilik, sharaf, vijdon, e’tiqod, sadoqat va boshqalar baholanuvchi xarakterga ega. Axloq mazmuni muayyan qadriyat yo’l-yo’riqlarini, xulq-atvor me’yorlari va motivlarini, insonlararo muomala shakllarini o’z ichiga oladi va ayni vaqtda ularni asoslaydi. Axloqiy tarbiya qanday xatti-harakat qilish kerakligi haqida gapiribgina qolmay, balki nima uchun boshqacha emas, bevosita shunday harakat qilish kerakligini tushuntirishga intiladi. «Nuqsonli bolalarni axloqiy tarbiyalash — aqli zaif bolalarda axloqiy sifatlar, xarakter belgilari, axloqiy xulqning malaka va ko’nikmalarini tarbiyalashdan iborat», — deb ta’kidlanadi defektologik lug’atda. Aqli zaif bolalar shaxsining o ‘ziga xos xususiyatlari: aqliy yetishm aslik darajasi va qoldiqlari, axloqiy tasavvurlar, tushunchalar, ijtimoiy motivlar, o’zlariga tanqidiy qarashning yo’qligi bilan belgilanadi. Bunday qator nuqsonlarni to’g’rilash uchun qat’iy reja asosida ish olib borish darkor. Nuqsonli bolalarni axloqiy tarbiyalash uchun quyidagi asosiy tamoyillarga rioya etish alohida ahamiyatga ega:
1. Ma’lum toifadagi nuqsonli bolalarga tegishli umumiy va individual xususiyatlami aniqlash uchun ularni atroflicha o’rganish. Birlamchi va ikkilamchi nuqsonlarni tahlil etish.
2. Nuqsonli bolalaming nisbatan saqlangan, kuchli imkoniyatlarini aniqlash va shunga tayangan holda ish olib borish.
3. Pedagogikjarayonning bolalardagi nuqsonlarni to’g’rilash va ularning o’rnini to’ldirishga qaratilishi. Asosiy e’tiborni tarbiyaga oson beriladigan ikkilamchi nuqsonlarga qaratish.
4. Turli toifa nuqsonlilarga alohida-alohida munosabatda bo’lish, ayrim bolalarga individual yondashish.
Oligofrenopedagogikada aqli zaif bolalarni axloqiy tarbiyalash masalasi atroflicha ochib berilmaganligini inobatga olib, ular bilan olib boriladigan unumli ish usullarini qidirib topish kerak. Yordamchi maktab o’quvchilarining axloqiy tarbiyasi turmush va faoliyatning turli sohalarida amalga oshiriladi. Aqli zaif bolalar oilada, tengdoshlari orasida, yordamchi maktablarda, ko’chada axloqiy ta’sirni sezadilar. Ko’pincha bu ta’sir axloqiy talablarga monand bolm aydi. Yuksak axloqiy shaxsni surunkali tarzda, sobitqadamlik bilan tarbiyalash yordamchi maktabda, uyushgan bolalar jamoasida ro’y beradi. Yordamchi maktabda shaxsni har tomonlama kamol toptirishga qaratilgan maxsus tuzatish — tarbiyaviy ishlar amalga oshiriladi. Yordamchi maktab o’qituvchilari, tarbiyachilari aqli zaif o’quvchilarni hayotga, mehnatga tayyorlar ekanlar, ularni har vaqt kamtar, halol, o’zlarining his-hayajonlarini jilovlab turishga, Vatanni sevishga, o’zi uchun va jamiyatimiz uchun mehnat qilishga, odamlarga, atrof-muhitga nisbatan mehribon va g’amxo’r bolishga o’rgatadilar. Ana shu va boshqa ma’naviy fazilatlar axloqiy jihatdan tarbiyalangan shaxsga xos bo’ladi. Yordamchi maktabning maxsus tarbiyaviy faoliyati ana shunday shaxsni tarbiyalashga qaratilgan bo’lib, u axloqiy tarbiyaning quyidagi vazifalarini hal etadi:
- axloqiy ongni, mustahkam axloqiy e’tiqodni tarbiyalash;
- yordamchi maktab o’quvchilarining Vatanga, jamiyatga, mehnatga munosabatini anglab olishga qaratilgan axloqiy tuyg’ularni tarbiyalash;



Download 58.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling