Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i to‘lovchilari, soliq solish ob’yekti va
soliq solinadigan baza.
Foyda solig’i to’lovchi yuridik shaxslar quyidagilardir:
– O’zbekiston Respublikasining rezidentlari;
– O’zbekiston Respublikasida faoliyatni doimiy muassasa orqali amalga oshirayotgan yoki
hosil bo’lish manbai O’zbekiston Respublikasi hududida joylashgan daromadlarni oladigan
O’zbekiston Respublikasi norezidentlari.
Quyidagilar yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i to’lovchilar bo’lmaydi:
– notijorat tashkilotlar. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdan daromadlar,
shuningdek soliq Kodeks 132-moddasi birinchi qismining 2, 3 va 15-bandlarida ko’rsatilgan
daromadlar olinganda notijorat tashkilotlar mazkur daromadlarga taalluqli qism bo’yicha yuridik
shaxslardan olinadigan foyda solig’ini to’lovchilar bo’ladi. Bunda soliq Kodeksning 132-
moddasida ko’rsatilgan boshqa daromadlarni olganlik tadbirkorlik faoliyati sifatida qaralmaydi.
Dividendlar va foizlarga soliq Kodeksda nazarda tutilgan tartibda to’lov manbaida soliq solinadi;
Soliq solish maqsadida yuridik shaxslar deganda mustaqil balans va hisob-kitob varag‘iga
ega bo‘lgan hamda mol-mulkida xo‘jalik yuritishida yoki tezkor boshqaruvida mol-mulkka ega
bo‘lgan va o‘z majburiyatlari bo‘yicha mol-mulki bilan javob bera oladigan xo‘jalik yurituvchi
sub’ektlar tushiniladi.
Soliq solish maqsadida foydaga soliq to‘lovchilar rezidentlar va norezidentlarga ajratiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |