Soliq kodeksiga ko‘ra quyidagilar yuridik shaxs daromadi sifatida qaralmaydi:
– ustav fondiga (ustav kapitaliga) olingan hissalar;
– sotilayotgan tovarlar (ishlar, xizmatlar) uchun boshqa shaxslardan dastlabki haq (bo‘nak)
tarzida olingan mablag‘lar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar);
– budjetdan berilgan subsidiyalar;
– agar mablag‘larni (mol-mulk yoki mulkiy huquqlarni) boshqa shaxsga o‘tkazish, ishlarni
bajarish, xizmatlar ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoki O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarori asosida yuz berayotgan bo‘lsa, tekin olingan
mablag‘lar (mol-mulk yoki mulkiy huquqlar), ishlar va xizmatlar;
– olingan grantlar va insonparvarlik yordami;
– sug‘urta shartnomalari bo‘yicha sug‘urta tovoni (sug‘urta summasi) tariqasida olingan
mablag‘lar;
– investor va davlat mulkini boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat organi o‘rtasida tuzilgan
shartnomaga binoan investitsiya majburiyatlari sifatida kiritilayotgan mol-mulk;
– boshqa qonunchilikda nazarda tutilgan daromadlar.
Soliq to‘lovchining xarajatlari soliq solinadigan foydani aniqlash paytida chegirib
tashlanadi. Xarajatlar haqiqatda qaysi soliq davrida amalga oshirilgan bo‘lsa, o‘sha davrda
chegiriladi. Soliq kodeksiga ko‘ra (141-modda) xarajatlar chegiriladigan va chegirib
Do'stlaringiz bilan baham: |