Ii bob. Yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortish


Amortizatsiya  xarajatlarlariga


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/16
Sana09.01.2022
Hajmi0.57 Mb.
#263072
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16
Bog'liq
Ii bob. Yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortish

Amortizatsiya  xarajatlarlariga  soliq  to‘lovchi  tomonidan  hisobga  olinadigan  asosiy 

vositalar va nomoddiy aktivlarlar uchun qilinadigan xarajatlar kiradi. 



Boshqa  xarajatlar  jumlasiga  soliq  to‘lovchining  faoliyatini  amalga  oshirish  uchun  o‘zga 

yuridik yoki jismoniy shaxslar bajargan ishlar va xizmatlar qiymati, ijara to‘lovlari, shuningdek 

ijaraga  olingan  asosiy  vositalarni  saqlab  turish  bilan  bog‘liq  xarajatlar,  mahsulotni  sotish 

bozorlarini o‘rganish xarajatlari, tushumni inkassastiya qilish xarajatlari, reklama uchun xarajatlar, 

telekommunikastiyalar  va  pochta  xizmatlari  uchun  to‘lanadigan  haq,  xizmat  safarlari  uchun 

xarajatlar kiradi. 

Soliq solinadigan foydani aniqlashda chegirilmaydigan xarajatlarga quyidagilar kiradi: 

1)  moddiy  qimmatliklarning  tabiiy  kamayishi  normalaridan  ortiqcha  yo’qotishlar  va 

buzilishlar; 

2) xodimlarga beriladigan  yoki  soliq to’lovchining umumiy ovqatlanish  ehtiyojlari uchun 

yordamchi  xo’jaliklar  tomonidan  ishlab  chiqariladigan  tovarlar  (ishlar,  xizmatlar)  bo’yicha 

narxdagi farqlar (zararlar); 

3)  ushbu  Kodeks  145-moddasining  11,  14  va  32-bandlarida  belgilangan  normalardan 

ortiqcha xarajatlar (xizmat safarlari, vakillik xarajatlari, ixtiyoriy sug’urta turlari bo’yicha sug’urta 

mukofotlari (badallari));  

4) nodavlat pensiya jamg’armalariga ajratmalar; 

5) xo’jalik boshqaruvi organini saqlab turish uchun ajratmalar; 

6)  umumiy  ovqatlanish  korxonalari  yoki  boshqa  chet  tashkilotlarga  joylarni  bepul  berish 

xarajatlari,  ushbu  korxonalar  va  tashkilotlar  uchun  kommunal  xizmatlar  ko’rsatish  qiymatini 

to’lash; 

7)  yillik  moliyaviy  hisobotni  bir  hisobot  davrida  bir  martadan  ortiq  auditdan  o’tkazish 

xarajatlari; 

8)  soliq  to’lovchining  faoliyatida  talab  etilmaydigan  kasblar  bo’yicha  kadrlar  tayyorlash 

xarajatlari; 

9)  ushbu  Kodeksning  177-moddasida  nazarda  tutilgan  jismoniy  shaxsning  moddiy  naf 

tarzidagi daromadlari hisoblanadigan soliq to’lovchining xarajatlari;  

11) dala ta’minoti, xizmat maqsadida xodimning shaxsiy avtotransportdan foydalanganlik 

uchun qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha to’langan to’lovlar;  

12) pensiyalarga ustamalar, pensiyaga chiqayotgan mehnat faxriylariga biryo’la to’lanadigan 

nafaqalar; 

13) xodimlarga to’lanadigan moddiy yordam, ushbu Kodeksning 143 va 145-moddalarida 

nazarda tutilgan moddiy yordam bundan mustasno;  

14)  mehnatda  mayib  bo’lganlik,  kasb  kasalligi  yoxud  mehnat  vazifalarini  bajarish  bilan 

bog’liq  holda  sog’lig’ining  boshqacha  shikastlanishi  sababli  xodimlarga  yetkazilgan  zararning 

o’rnini qoplash uchun qonun hujjatlarida belgilangan normalardan ortiqcha to’lanadigan to’lovlar;  

15) ekologiya, sog’lomlashtirish va hayriya jamg’armalariga, madaniyat, sog’liqni saqlash, 

mehnat organlari, jismoniy tarbiya va sport muassasalariga, ta’lim muassasalariga mahalliy davlat 

hokimiyati  organlariga,  fuqarolarning  o’zini  o’zi  boshqarish  organlariga  badallar,  homiylik  va 

hayriya yordamlari tarzidagi mablag’lar; 

 

16) ishlab chiqarish jarayoni bilan bog’liq bo’lmagan sog’liqni saqlash va dam olishni tashkil 



qilish tadbirlariga xarajatlar

17) mahsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan ishlarni (xizmatlarni) (shaharlar va 

shaharchalarni obodonlashtirish ishlari, qishloq xo’jaligiga yordam ko’rsatish va boshqa turdagi 

ishlar) bajarishga sarflangan xarajatlar; 

18)  atrof  muhitni  ifloslantirganlik  va  chiqindilarni  joylashtirganlik  qonun  hujjatlarida 

belgilangan normalardan ortiqcha bo’lganligi uchun kompensatsiya to’lovlari; 

19)  kredit  shartnomasida  muddatli  qarzlar  uchun  nazarda  tutilgan  stavkalardan  ortiqcha 

to’lov muddati o’tgan hamda uzaytirilgan kreditlar (zayomlar) bo’yicha foizlar; 




 

41 


20) loyihalardagi va qurilish-montaj ishlaridagi kamchiliklarni, shuningdek ob’ekt yonidagi 

omborga  tashib  keltirilguniga  qadar  yuz  bergan  buzilishlar  va  deformatsiyalarni  bartaraf  etish 

bo’yicha xarajatlar, korroziyaga qarshi muhofazadagi nuqsonlar tufayli taftish o’tkazish (asbob-

uskunalarni  qismlarga  ajratish)  xarajatlari,  ushbu  xarajatlarni  kamchiliklar,  buzilishlar  yoki 

zararlar  uchun  javobgar  bo’lgan  mahsulot  yetkazib  beruvchi  yoki  boshqa  xo’jalik  yurituvchi 

sub’ektlar  hisobiga  o’rnini  qoplash  mumkin  bo’lmagan  miqdordagi  boshqa  shunga  o’xshash 

xarajatlar; 

22) sud chiqimlari

23) aybdorlari aniqlanmagan o’g’irliklar va kamomaddan yoki aybdor tomon hisobidan zarur 

summalarning o’rnini qoplash mumkin bo’lmaganda ko’rilgan zararlar; 

24)  soliq  to’lovchining  asosiy  vositalari  va  boshqa  mol-mulkining  (aktivlarining)  chiqib 

ketishidan  (balansdan  chiqarilishidan)  ko’rilgan  (buxgalteriya  hisobi  to’g’risidagi  qonun 

hujjatlariga muvofiq aniqlanadigan) zararlar, ushbu Kodeks 145-moddasi 40-bandining "e" va "j" 

kichik bandlarida ko’rsatilgan zararlar bundan mustasno

25) xo’jalik shartnomalari shartlarini va qonun hujjatlarini buzganlik uchun to’langan yoki 

tan olingan jarimalar, penya hamda boshqa turdagi sanktsiyalar

26) investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilar, davlat ishonchli boshqaruvchilari va 

davlat ulushlarini boshqarish bo’yicha ishonchli boshqaruvchilar xizmatlarining qiymatini hamda 

ularga mukofotlar to’lashga doir xarajatlar;  

26-1) ishlatib kelinayotgan to’liq eskirgan asbob-uskuna uchun to’lanadigan haq;  

27)  boshqa  xarajatlar,  ushbu  Kodeksning  142-145-moddalarida  ko’rsatilganlari  bundan 

mustasno. 

 


Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling