Ii bob. Yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortish


Soliq  kodeksining  159-moddasiga  ko‘ra  yuridik  shaxslarning  soliq  solinadigan  foydasi


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/16
Sana09.01.2022
Hajmi0.57 Mb.
#263072
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
Ii bob. Yuridik va jismoniy shaxslarni soliqqa tortish

Soliq  kodeksining  159-moddasiga  ko‘ra  yuridik  shaxslarning  soliq  solinadigan  foydasi 

quyidagi summaga kamaytiriladi: 

– 

ekologiya, sog’lomlashtirish va hayriya jamg’armalariga, madaniyat,  sog’liqni saqlash, 



mehnat organlari, jismoniy tarbiya va sport muassasalariga, ta’lim muassasalariga, mahalliy davlat 

hokimiyati  organlariga,  fuqarolarning  o’zini  o’zi  boshqarish  organlariga  beriladigan  badallar, 

homiylik va hayriya tariqasidagi  mablag’lar summasiga, biroq soliq solinadigan foydaning ikki 

foizidan ko’p bo’lmagan miqdorda; 




 

42 


–  asosiy  ishlab  chiqarishni  yangi  qurilish  shaklida  kengaytirishga,  ishlab  chiqarish  

maqsadida  foydalaniladigan  binolar va inshootlarni  rekonstruktsiya qilishga, shuningdek ushbu 

maqsadlar  uchun  olingan  kreditlarni  uzishga  yo‘naltiriladigan  mablag‘lar    summasiga,  tegishli 

soliq  davrida  hisoblangan  amortizatsiyani    chegirib    tashlagan  holda,  biroq  soliq  solinadigan 

foydaning  30 foizidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda; 

–  ishlab chiqarishni modernizatsiyalashga, texnik va texnologik  jihatdan qayta jihozlashga, 

yangi  texnologik  jihozlar  xarid  qilishga,  ushbu  maqsadlar  uchun  berilgan  kreditlarni    uzishga, 

lizing  ob’yekti qiymatining o‘rnini qoplashga,  tegishli soliq davrida hisoblangan amortizatsiyani 

chegirgan holda yo‘naltiriladigan mablag‘lar summasiga. 

–  yosh oilalar toifasiga  kiruvchi  xodimlarga ipoteka kreditlari badallari to‘lashga va (yoki) 

mulk sifatida uy-joy olishga tekin yo‘naltiriladigan mablag‘lar summasiga, biroq soliq solinadigan 

bazaning 10 foizidan oshmagan miqdorda

–  diniy  va  jamoat  birlashmalarining  (kasaba  uyushmalari,    siyosiy    partiyalar  va 

harakatlardan  tashqari),  xayriya  jamg‘armalarining  mulkida  bo‘lgan  korxonalar  foydasidan  shu 

birlashmalar  va  jamg‘armalarining  ustavda  belgilangan  faoliyatini  amalga    oshirish    uchun  

yo‘naltiriladigan ajratmalari summasiga. 

–  qo‘shimcha foyda solig‘ini to‘lovchilar uchun sof qo‘shimcha foyda summasiga. 

Yuqorida keltirilganlardan tashqari soliq to‘lovchilar ko‘rilgan zararlarni  keyingi  besh  yil 

davomida  taqsimlab  o‘tkazish  orqali  soliq  solinadigan  foydani  kamaytirishlari  mumkin. 

Taqsimlab  o‘tkazilayotgan  zararning  jami  miqdori  soliq  solinadigan  foydaning  50  foizidan 

oshmasligi  kerak.  Bunda  soliq  qonunchiligida  belgilangan,  chegirilishi  lozim  bo‘lgan 

xarajatlarning jami daromaddan oshib ketishi zarar sifatida  e’tirof etiladi. 

Yuridik  shaxslarning  foyda  solig‘i  stavkalari  O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 

tegishli qarori bilan tasdiqlanadi. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkalarining yillar 

davomida o‘zgarishini quyidagi jadval asosida kuzatishimiz mumkin.  

4-jadval 




Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling