Ii bo’lim. Bilimlarni nazorat qilishga mo’ljalangan dasturiy vositalar


·        o’qituvchi talabalar bilimini nazorat qilishga kam vaqt sarflaydi


Download 246.43 Kb.
bet12/16
Sana22.11.2021
Hajmi246.43 Kb.
#176342
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16
Bog'liq
10-mavzu

·        o’qituvchi talabalar bilimini nazorat qilishga kam vaqt sarflaydi;

·        boshlang’ich darajasini va har qanday vaqt oralig’ida bilimlarni oshirish imkoniyatini o’lchashga sharoit yaratiladi;

·        test nazorati komp’terlashtirishga (avtomatlashtirishga) qulay.  Bu pedagogik testlashning asosiy afzalliklaridan biridir. O’quv jarayonining takrorlanuvchanligi ham aynan shunda o’z ifodasini topadi.

Umuman olganda, test usuli birmuncha texnologik hisoblanadi. U bilimlarni o’zlashtirish sifatini nazorat qilishda professor-o’qituvchilar mehnat unumdorligini oshiradi va o’quv dasturini chuqur va har tomonlama o’zlashtirilishini ta`minlaydi.  Pedagogik testlashning bu afzalliklari AQSHda munosib baholangan. Abiturient (talabgor)larni universitet va kollejlarga test sinovi bilan qabul qilinadi.  Pedagogik testlarni keng qo’llash bo’yicha AQSH tajribasi Kanada, YAponiya, Turkiya va boshqa ko’pgina mamlakatlarga yoyilgan.



Sifatli test topshiriqlarini tuzishning qiyinligi, testni keng joriy etishni murakkablashtiradi.  Bu ish yuqori pedagogik malaka va tajriba talab etadi. SHuning uchun ham, AQSHda testning yuqori sifatini ta`minlash uchun pedagogik testlashning maxsus xizmati (PTX) tashkil kilingan [2; 3.]  Bu tashkilot test o’tkazish amaliyotini umumlashtirish va ommalashtirish, standartlashtirilgan testlar yaratish, test o’tkazishning yagona qoidalari va test ishlab chiqish usullarini takomillashtirish masalalari bilan shug’ullanadi. Pedagogik testlash xizmati (PTX) Prinston universitetida joylashgan, unda 2300 nafar kishi, shu jumladan, 250 nafar falsafa, pedagogika, psixologiya, sotsiologiya, statistik va psixologik uslublar, kasb tanlash bo’yicha fan doktorlari, shuningdek, turli fanlar bo’yicha fan doktorlari, 200 nafar magistr, har xil fanlar bo’yicha o’qituvchilar xizmat qiladi.  Testlar eHMda ishlanadi va sinaladi.  Mamlakatda pedagogik testlash xizmatiga bo’ysunadigan 5000 test shaxobchalari mavjud. Test o’tkazish uchun Prinston markazi 53 ishonchli shaxslarga (odatda test o’tkaziladigan o’quv yurtlari pedagoglariga) test materiallari va test o’tkazish bo’yicha  yo’llanmalar yuboradi.

Bu misoldan ma`lumki, testlashni samarali o’tkazish pedagogik testlarning maxsus rivojlangan xizmati, keng quloch yoyilgan tarmoq punktlari, testlar bo’yicha nazariya va amaliyotni o’zida aks ettiradigan katta hajmdagi adabiyotlar mavjudligiga bog’liq.

 



Download 246.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling