Ii bo’lim. Bilimlarni nazorat qilishga mo’ljalangan dasturiy vositalar


·   topshiriqlarni murakkabligi ortib borish tartibida   joylashtirish, to’g’ri va noto’g’ri javoblarning doim bir navbatda almashinishiga yo’l qo’ymaslik


Download 246.43 Kb.
bet9/16
Sana22.11.2021
Hajmi246.43 Kb.
#176342
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Bog'liq
10-mavzu

·   topshiriqlarni murakkabligi ortib borish tartibida   joylashtirish, to’g’ri va noto’g’ri javoblarning doim bir navbatda almashinishiga yo’l qo’ymaslik.

CH.Rassel test sinovlarining natijalarini o’rganishni davom ettirib, test sinovlarining maqsadi to’g’risidagi savolga javob berishga erishdi.  Rasselning fikricha, test sinovlarining maqsadi talabalarning bilimlarini baholash yoki ularning aqliy rivojlanishi darajasini aniqlash bilan cheklanmaydi va testlarni quyidagi xollarda: qaysi materialdan boshlab o’rganish zarurligini ta`minlashda; talabalarni guruhlarga taqsimlashda; o’qitish jarayonida sodir bo’ladigan qiyinchiliklarni oldindan aniqlashda; shuningdek, mamlakatning turli hududlaridagi o’quv yurtlarida muayyan yosh davridagi yoshdagi talabalarning yutuqlarini taqqoslashda qo’llash mumkin.



SHuni ta`kidlash lozimki, Amerika maktab direktorlari Assotsiatsiyasining test sinovi o’tkazmasdan ta`lim berish mantiqsizlikdir, faqat testni qo’llash natijasidagina nazoratdan ta`limga  yo’naltirilgan qaytuvchan aloqa haqida fikr yuritish va so’ngra qanday yo’nalishda harakat qilishni bilish mumkin, degan fikrlari ma`lumdir. Frantsiya parlamenti 1989 yilda ta`limni rivojlantirishning asosiy yo’nalishlari haqida qonun qabul qildi.  Unda xususan, talabalar bilimini xolisona baholash usuli bo’yicha o’qituvchilar majburiy suratda tayyorgarlikdan o’tishlari ko’zda tutiladi: Busiz 1992 yildan boshlab Frantsiyada o’qituvchilik qilishga ruxsat etilmaydi. SHunisi qiziqki, Frantsiya to’qson yillik test an`analariga ega bo’lgan davlatdir.

O’tgan asrning 70-yillari oxirida Pitterburgdagi Karnegi-Melon universitetining bir guruh sotsial-psixologlari AQSHda test o’tkazishning zamonaviy ahvolini o’rganishga bag’ishlangan maxsus tadqiqot olib bordilar.  Aslida, tadqiqotchilarning maqsadi  o’quv yurtlaridagi testlarni keng miqyosda qo’llash sabablarini aniqlash edi. Bu tadqiqot natijasida quyidagilar aniqlandi: test sinovi Amerika hayotida chuqur ildiz otgan, hech kim Amerika maktablarida turli xildagi standartlashtirilgan test bo’yicha sinovdan o’tmasdan, boshqacha yo’l bilan bilim olishni davom ettira olmaydi, ishga joylashish, keyinchalik esa yuqori lavozimga ko’tarilish yoki malaka oshirish test bilan chambarchas bog’lanib ketganligi alohida qayd qilindi.  Tadqiqotda amerikaliklarni testlarga bu qadar moyilliklarining uchta sabablari keltirildi:




Download 246.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling