Ii bo’lim. Bilimlarni nazorat qilishga mo’ljalangan dasturiy vositalar
Download 246.43 Kb.
|
10-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Pedagogik test o’tkazish sifatining asosiy mezonlari
Kamchiliklari
Pedagogik test o‘tkazishni kamchiliklardan xoli deb xisoblash, albatta, katta xato bo‘ladi. bo‘lmaydi. Test nazoratining kamchiliklariga ular tinglovchilarni o‘z javoblarini mustaqil ifodalash imkoniyatidan maxrum etishi, o‘z individualligini, ijodini namoyish etish imkoniyatining yo‘qligi kabilarni kiritish lozim. Ammo eng katta kamchilik - yaxshi test topshiriqlarini ishlab chiqishning qiyinligidir, xolbuki bir qarashda bu borada xech qanday qiyinchilik bo‘lmasligi kerakdek tuyuladi. Axir test topshiriqlarini o‘z fanini yaxshi bilgan o‘qituvchilar ishlab chiqadilar. Aslida esa, pedagogik testlar ishlab chiqish o‘qituvchidan yuqsak pedagogik malaka, ilmiy kompetensiya hamda testlar tuzish borasida katta metodik tajriba talab etadi. Shu sababli test topshiriqlarining sifatini oshirishga. nixoyatda katta e‘tibor qaratish lozim. Pedagogik test o’tkazish sifatining asosiy mezonlari Pedagogik test o‘tkazishning uchta uzaro bog’lik sifat mezonlari ajratiladi. Bular ishonchlilik, validlik va xolislik. Test materiallari ana shu mezonlarga ko‘ra tekshiriladi. Testning ishonchliligi - diagnostik o‘lchovlarning aniqligini, shuningdek test natijalarining begona tasodifiy omillar ta‘siriga nisbatan barqarorligini aks ettiruvchi mezon. Pedagogik testning ishonchliligi uni tayyorgarlik darajasi yaqin bo‘lgan tinglovchilarning turli guruxlarida qo‘llashda taxminan bir xil natijalar olishga imkon beradi. Testning validligi -test nimani va qanchalik yaxshi aniqlashini belgilovchi mezon. «Validlik» tushunchasida pedagogik testning o‘z maqsadiga muvofikligi g‘oyasi aks etadi. Bir narsani xar xil usullar bilan tekshirish mumkinligini intuitiv ravishda hamma tushunadi. Binobarin, tekshirish sifati talablariga boshqalariga qaraganda to‘liqroq javob beradigan eng maqbul (valid) vositani izlash masalasi yuzaga keladi. Pedagogik test sifatini aniqlovchi keyingi muxim mezon - ob‘ektivlik (xolislik), ya‘ni diagnostik ma‘lumotlarni olish va talqin etishning o‘qituvchiga bog‘liq emasligi. Pedagogik testlarning xolisligi ishonchlilik, validlik g’oyalarini, bundan tashqari pedagogik, axloqiy xususiyatga ega bir qator jixatlarni qamrab oladigan muxim birlashtiruvchi mezondir. Pedagogik test xolisligini oshirishning pedagogik jixati standart test dasturlari, tekshiruvning texnik vositalari, avvalo pedagogik testni otkazishda kompyuter texnologiyalaridan foydalanilishida ko‘rinadi. Test (ingl. - sinov) birinchi marta 1864 yilda Buyuk Britaniyada J.Fisher tomonidan talabalarning bilim darajasini tekshirish uchun qo’llanilgan. Test sinovlarining nazariy asoslarini keyinchalik ingliz psixologi F.Gamelton ishlab chiqdi. Test sinovlari dastlab psixologiya fani doirasida rivojlandi. XX asr boshida esa test sinovlarini ishlab chiqishda psixologik va pedagogik yo’nalishlar bir-biridan mustaqil ajrala boshladi. Pedagogik test sinovlari birinchi marta amerikalik psixolog e. Torndayk tomonidan yaratilgan. Psixologiya va pedagogikada test sinovlarining rivojlanishi matematik uslublar ham qo’llashni taqozo qildi. Bunday uslublar o’z navbatida testlarni ishlab chiqishga ijobiy ta`sir ko’rsatdi. XIX asr oxiri XX asr boshlarida test sinovlariga talabalarning o’quv qobiliyatlarini baholash vositasi sifatida qarash ancha kuchaydi. Aynan shu davrdan boshlab test sinovlari ikki asosiy yo’nalish: aqliy (intellektual) rivojlanish darajasini aniqlash testlarini yaratish va qo’llash hamda talabalarning o’qish qobiliyatlarini va bilimlarini baholashga mo’ljallangan pedagogik testlarni yaratish va ulardan foydalanish sohalari rivojlana boshladi. Test tuzuvchilar turli odamlarda ta`sirga javob berish vaqti bir xil emasligini aniqladilar, bu esa odamlarning aqliy qobiliyatlarini o’rganish zarurligi va turli darajadagi testlar yaratish usuli bo’yicha amaliy ishlar olib borish lozimligiga olib keladi.
Talabalar bilimlarini baholashning turli usullarini tahlil etib, testlarni guruxlarga ajratishga ham urinib ko’rilgan. CH.Grin (1926) o’zining «Test novogo tipa» (YAngi turdagi test) nomli monografiyasida ilgari yaratilgan va ishlatib ko’rilgan testlarning afzalliklari va kamchiliklarini tahlil qilib quyidagi tavsiyalarni berdi [6]: Download 246.43 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling