Ii. Fors tilida maqsad ergash gap


Download 128.5 Kb.
bet3/10
Sana05.10.2023
Hajmi128.5 Kb.
#1692591
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
FORS TILI

Kurs ishining tuzilishi: Kirish, ikki bob, to’rt paragraf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
Kurs ishining metodi: O’rganish mobaynida ma’lumot to’plash, tarjima, tahlili va boshqa usullaridan foydalaniladi.


I BOB. FORS VA O’ZBEK TILLARIDA GAPLARNING TURLARI
1.1 O’zbek tilida gap va uning turlari
Gaplar tuzilishiga ko‘ra sodda va qo‘shma turlarga bo‘linadi. Ular ifoda maqsadiga ko‘ra uch xil bo‘ladi: 1.Darak gap. 2.So‘roq gap. 3.Buyruq gap
Darak gapda bo‘lib o‘tgan, bo‘layotgan yoki bo‘lishi kutilayotgan voqea-hodisa haqida xabar beriladi. Shuningdek, bunday gaplar orqali narsa yoki hodisada biror xususiyatning mavjudligi yoki mavjud emasligi tasdiq yoxud inkor yo‘li bilan ifodalanadi.
Darak gap xabar ohangi bilan aytiladi. Gapning bosh qismida ohang bir oz ko‘tarilib, keyingi qismida pasaya boradi. Tovush tempi o‘rtacha bo‘ladi. Mantiq urg‘usini olgan so‘z gap tarkibidagi boshqa so‘zlarga nisbatan yuqori ohang bilan aytiladi. Urg‘uli bo‘lak o‘zidan oldingi bo‘lakdan qisqa pauza bilan ajratilib, tezroq talaffuz etiladi. Darak gaplar tarkibidagi bo‘laklarning joylashish tartibi odatdagi tartib sanaladi.
Darak gapning kesimi darak xarakteridagi fe’llar bilan ifodalanib, so‘roq, buyruq va undov xususiyatlaridan xoli bo‘ladi. Darak gapning kesimi fe’ldan boshqa so‘z turkumlari bilan ham ifodalanishi mumkin. Misollar: Jahongir universitetning huquqshunoslik fakultetini bitirdi. Uning ukasi chet tillar institutining ingliz filologiyasi fakultetida tahsil olmoqda.
So‘roq gapda so‘zlovchi uchun noma’lum bo‘lgan biror narsa, harakat-holat, belgi-xususiyat haqida ma’lumot olish ma’nosi ifodalanadi. So‘roq gap, asosan, dialogik nutqqa xos bo‘lib, tinglovchidan so‘ralayotgan mavzuni inkor yoki tasdiq etishni talab etadi. So‘roq gap ohang jihatidan darak gaplardan farq qiladi. So‘roq gap so‘roq ohangi bilan talaffuz etiladi. So‘roq gapda bevosita so‘roqni bildiruvchi so‘zda ovoz kuchayada. Bunday gaplar oxiriga so‘roq belgisi qo‘yiladi.
O‘zbek tilida so‘roq gap bir necha yo‘llar bilan hosil bo‘ladi:
So‘roq olmoshlari yordamida shakllanadi. Bunday holatda so‘roq gap tarkibida kim? nima? qanday? qanaqa? qaysi? qayerda? qayerga? qayerdan? qachon? nega? necha? nechta? qancha? nima uchun? kabi so‘zlari ishtirok etadi. Masalan: Siz nima uchun dars tayyorlamay keldingiz? Siz bugun qaysi matnni tarjima qildingiz? Siz kutubxonaga kim bilan borasiz? Gulbahorning to‘yiga kimlar bordi?
So‘roq gaplar –mi, -chi, -a, -ya, nahotki so‘roq yuklamalari yordamida hosil bo‘ladi. Masalan: Bu kitobni siz keltirdingizmi? Siz zamonaviy musiqa asarlarini yoqtirasizmi? O‘zingiz-chi? Sen ikkinchi kursda o‘qiysan-a? Akangiz bugun keladi-ya? Nahotki bolaligingiz o‘tgan qishlog‘ingizni sog‘inmasangiz?
So‘roq gaplar ba’zan hech qanday grammatik vositalarsiz, faqat ohang yordamida hosil bo‘lishi ham mumkin. Bunday holatlarda oldingi darak gap to‘lig‘icha yoki uning biror bo‘lagi takrorlanib, so‘roq gap hosil qilinadi. Masalan: Soat o‘n bo‘ldi. – Soat o‘n bo‘ldi? – O‘n? Biz muzeyga ertaga boramiz? – Ertaga boramiz? Bu ishni bugun bajara olmaymiz. – Bajara olmaymiz? kabi.
Buyruq gap har xil ohang bilan talaffuz qilinishi mumkin. Qat’iy buyurish, talab ma’nolarini anglatuvchi buyruq gaplar kuchli ohang bilan aytilsa, o‘git, nasihat, iltimos kabi ma’nolarni ifodalovchi buyruq gaplar ancha past hamda mayin ohang bilan talaffuz etilishi mumkin. Tinch ohang bilan talaffuz qilingan buyruq gap oxiriga yozuvda nuqta, kuchli his-hayajon bilan talaffuz qilingan buyruq gap oxiriga esa undov belgisi qo‘yiladi. Masalan: Har kuni ertalab barvaqt tur, yuz-qo‘lingni yuv, badantarbiya bilan shug‘ullan. Bugun kechqurun soat 7 da biznikiga kel. Dushmanga qarata o‘t oching! Qo‘lingni ko‘tar! kabi.
2.Gapda so'z tartibi
Gapda so'zlar gap bo'laklari vazifasida keladi. Gap tarkibida so'zlar tartibi ikki xil:
I. Odatdagi tartib. Bunda:
1) Ega gapning boshida, kesim oxirida keladi. Yosh havaskorlar to'plandilar.
2) Ba'zan payt holi egadan oldin keladi: Bugun yosh havaskorlar to'plandilar.
II. O'zgargan tartib (bu inversiya ham deyiladi).
1) Ega kesimdan keyin keladi: Yashasin mustaqillik.
2) To'ldiruvchi kesmdan keyin keladi: To'xtat suvni!
3. Abzatsning xususiyatlari.
Abzats quyidagicha tahlil qilinishi mumkin:
Mavzu sarlavhasi - Dunyoning rivojlangan mamlakatlarida ko‘chmas mulkchilik darajasi juda xilma-xil;
1)1-misol - Misol uchun, Germaniya eng past darajaga ega, ya’ni 42%, Ispaniya esa ikki baravar ko‘p 85%;
2)2-misol - AQSh va Buyuk Britaniya deyarli bir xil ko‘rsatkichga ega, ya’ni 70%;
3)Sabab - bunday o‘zgarishlarning sababi iqtisodiydan ko‘ra madaniy va tarixiylikni ko‘rsatadi, chunki yuqori ko‘rsatkichlar rivojlangan davlatlarda mavjud bo‘lganidek, qoloq davlatlarda ham bor;
4)Xulosa - bu yerda xalqning farovonligi va ko‘chmas mulkchilik darajasi o‘rtasida bog‘liqlik yo‘q.
Bu misollar quyidagini ko‘rsatadi:
a) Abzats bir mavzuga bog‘liq bo‘lgan holda, bir necha gaplardan tashkil topgan. Abzaslarga bo‘lish muallif va kitobxonning argumentlar bilan mukammal mashg‘ul bo‘lishi uchun yordam beradi;
b) Abzatsning hajmi matn turiga qarab turlanadi, ammo, odatda, u to‘rt yoki besh gapdan iborat bo‘ladi.
c) Odatda(har doim emas), birinchi jumla mavzuga kirish bo‘lib xizmat qiladi. Keyingilari esa ta’riflar beradi, misollar, qo‘shimcha ma’lumotlar, sabablar va xulosalar;
d)Abzats qismlari o‘zaro qalin shriftli ibora va bog‘lovchilar bilan farqlanadi.

Download 128.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling