Ii. Fors tilida maqsad ergash gap


Download 128.5 Kb.
bet6/10
Sana05.10.2023
Hajmi128.5 Kb.
#1692591
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
FORS TILI

Shart ergash gap
Shart ergash gap bosh gapdagi ish-harakat yoki holatning bajarilish shartini bildiradi. Fors tilida shart ergash gap bosh gap bilan agar bog‘ lovchisi orqali bog'lanadi. Shart ergash gapli qo‘ shma gaplarda shart ergash gap avval, bosh gap undan keyin keladi. Ergashtiruvchi agar bog‘lovchisi esa ergash gap boshida keladi. Masalan:

  • اگر او بیاید به تئاتر می روم.

Agar u beyoyad be teotr miravim - Agar kelsa , teatrga boramiz.
Shart ergash gap qo‘yilgan shartning amalga oshishi mumkin yoki mumkin emasligiga qarab ikkiga bo‘ linadi:
1) real shart ergash gap;
2) real bo‘lmagan shart ergash gap.
Shart ergash gapdagi ish-harakat yoki holatning bajarilishi, uning amalga oshishi mumkin, real ekanligini bildirgan shart ergashgap real shart ergash gap deyiladi.
To’siqsiz ergash gap
To‘ siqsiz ergash gap bosh gapdan anglashilgan ish-harakat mazmuniga zid bo’lsa ham, lekin unga to‘ siq bo’laolmaydigan ish-harakatni bildiradi.
Fors tilida to‘siqsiz ergash gap bosh gapga asosan quyidagi bog'lovchilar orqali bog’lanadi:

  1. با آنکه bo on-ke;

  2. با اینکه bo in-ke;

  3. با وجود آنکه bo vujud on-ke;

  4. با وجود اینکه bo vujud in-ke;

  5. اگرچه agarche;

  6. گرچه garche

Bu ergashtiruvchi bog’lovchilarning deyarli hammasi ma’no jihatdan bir-biriga yaqin bo’ lib, o ‘zbek tiliga shart ma’nosini ifoda etuvchi -sa, -ganda grammatik formalari hamda ularga qo‘shilib keladigan ham bog‘lovchisi yoxud -da yuklamasi orqali taijima qilinadi. To‘ siqsiz ergash gapli qo‘ shma gapda to‘ siqsiz ergash gap bosh gapdan oldin keladi. Ergashtiruvchi bog‘ lovchilar esa qo‘ shma gap boshida keladi. Masalan:

  • با وجود آنکه کتاب دستور زبان فارسی داشت از آن استفاده نمی کرد.

Bo vujud on-ke kitob dastur-e zabon-e forsi dosht az on istefode namikard – Fors tili gramatikasi kitobi bor bo’lsa ham,undan foydalanmadi.

Download 128.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling