Ii-mavzu: marketing konsepsiyalari va ularning evolyusiyasi reja


Tijorat faoliyatini (sotishni) jadallashtirish konsepsiyasi (selling concept)


Download 319.85 Kb.
bet3/5
Sana26.10.2023
Hajmi319.85 Kb.
#1723446
1   2   3   4   5
Bog'liq
2-Mavzu

Tijorat faoliyatini (sotishni) jadallashtirish konsepsiyasi (selling concept) tovarni siljitish, sotish va sotilishlarini rag’batlantirish sohasida yetarli darajada, hatto agressiv harakatlar amalga oshirilmasa, iste’molchilar korxonaning tovarlarini kerakli miqdorda sotib olmaydilar – deb hisoblaydi. Ko’pgina firmalar sotishda qiyinchiliklar tug’ilsa, ortiqcha ishlab chiqarish belgilari ko’rina boshlasa, mazkur konsepsiyani mo’ljal qiladilar. Bunday firma va kompaniyalarning maqsadi - bozor talab qilayotgan tovarlarni ishlab chiqarish emas, balki ishlab chiqarilgan tovarlarni sotishdan iboratdir.

Konsepsiya

E’tiborning asosiy obyekti

Vosita, yutuq, maqsadlar

Daromadni oshirish manbai

Tijorat faoliyatini jadallashtirish (sotish)

Ishlab chiqarilgan tovarlar

Sotish tizimini takomillashtirish, reklama, sotishni kuchaytirish

Sotish hajmining o’sishi

Marketing

Xaridorlar ehtiyoji

Marketingni kompleksli kuchaytirish

Xaridorlar ehtiyojlarini qoniqtirish

2.2-jadval
Tijorat faoliyatini jadallashtirish (sotish) va marketing konsepsiyalarini solishtirish

2.2. Zamonaviy marketing konsepsiyalari, ularning rivojlanish shart-sharoitlari.

XX asrning oxiri va XXI asrning boshlariga kelib marketing nazariyasida ham bir qator o’zgarishlar ro’y berdi. XX asrning oxirida jamiyat hayotini axborotlashtirish, internetni keng kirib kelishi korxonalarning xaridorlar bilan bevosita munosabatda bo’lish imkoniyatini yaratdi. XXI asrning boshlarida esa marketing faoliyatiga ham raqamli texnologiyalar jadal sur’atlar bilan kirib keldi. Bu davrdan boshlab har bir iste’molchi bilan individual ishlash imkoniyatlari paydo bo’ldi. Ommaviy marketingdan alohidalashgan marketingga o’tish kuzatildi.


Shunday yo’nalishlardan biri – munosabatlar marketingi (maksi-marketing) zamonaviy telekommunikasiyaviy vositalardan foydalangan holda iste’molchilar bilan individual munosabatlarni iloji boricha mustahkamlashga yo’naltirilgan. Bu yerda uzluksiz ravishda interaktiv kommunikasiyalar yordamida olingan individual iste’molchi haqidagi bilimlarni amalda tadbiq etish jarayoni boradi. Bu bilimlar uzluksiz va uzoq muddatli o’zaro manfaatli aloqalarni ta’minlash maqsadida mahsulotlar va xizmatlarni yaratish va siljitishga yordam beradi. Bunday munosabatlarning xaridor uchun afzalliklari – aloqalarning samaradorligi, ishlab chiqaruvchi uchun – foyda, ikkalasi uchun – tinchlik, kelajakka ishonch. Qayd qilish kerakki, individual marketing mehmonxonada lyuks xizmat ko’rsatishda, bank ishida tobora ko’proq rivojlanmoqda, aniqrog’i, har qanday alohidalashgan tovar bozorlarida qo’llanilishi mumkin.

Download 319.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling