Ii-mavzu: moliya organlari, G’aznachilik va uning xududiy bo’linmalari, davlat maqsadli jamg’armalarni taqsimlovchi organlarda byudjetlar ijrosi hisobini tashkil etish asoslari reja


Moliya organida mahalliy byudjetning


Download 477.5 Kb.
bet2/16
Sana08.05.2023
Hajmi477.5 Kb.
#1447001
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
2-мавзу

Moliya organida mahalliy byudjetning ya’ni soliqlarni ijro etilishi bo’yicha buxgalteriya operatsiyalarini yozib borish uchun asos bo’lib quyidagi, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hujjatlar xizmat qiladi:

  1. moliyalashtirish rejasi (1-ilovasi);

  2. 7-sonli shakldagi moliyalashtirish miqdorlari o’zgarganligi to’g’risida ma’lumotnoma-bildirishnoma (2-ilovasi);

  3. 3-sonli shakldagi mahalliy byudjetning asosiy depozit hisobraqamiga kelib tushgan daromadlar to’g’risida ma’lumotnoma (3-ilovasi);

  4. 5 va 12-sonli shakldagi tayinlash sertifikatlari (4 va 5-ilovalari);

  5. 11-sonli shakldagi o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha bildirishnoma (6-ilovasi);

  6. 21-sonli shakldagi daromadlarni qaytarish to’g’risidagi xulosa (7-ilovasi);

  7. byudjet mablag’larini taqsimlovchilarga mahalliy byudjetdan mablag’larni o’tkazish uchun to’lov topshiriqnomalari;

  8. byudjet bo’yicha xarajatlar smetasini bajarilishi bo’yicha davriy va yillik hisobot;

  9. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari muassasalarining byudjet mablag’lari hisobidan kapital qo’yilmalar va boshqa tadbirlarni moliyalashtirish bo’yicha hisobotlari;

  10. 274-son shakldagi memorial order (8-ilovasi);

  11. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki muassasalarining mahalliy byudjet mablag’larining asosiy depozit hisobvaraqlaridan ko’chirmalari, O’zbekiston Respublikasi Markaziy bank muassasalarining mahalliy byudjetlarning asosiy depozit hisobvaraqlaridagi qoldiqlar to’g’risidagi hisobotlari;

  12. byudjetning ijro etilishi bilan bog’liq boshqa hujjatlar.

Moliya organida Jamg’arma byudjetining ijro etilishi bo’yicha buxgalteriya operatsiyalarini yozib borish uchun asos bo’lib quyidagi, belgilangan tartibda rasmiylashtirilgan hujjatlar xizmat qiladi:

  1. byudjetdan tashqari Maktab ta’limi jamg’armasi daromadlari va xarajatlarining parametrlari (9-ilovasi);

  2. 17 MTJ shakldagi moliyalashtirish miqdorlari o’zgarganligi to’g’risida ma’lumotnoma-xabarnoma (10-ilovasi);

  3. 5 MTJ shakldagi farmoyish (11-ilovasi);

  4. 11 MTJ shakldagi o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha xabarnoma (12-ilovasi);

  5. MTJ maxsus hisobraqamlaridagi mablag’larning harakati to’g’risida ma’lumotnoma (13-ilovasi);

  6. Jamg’arma mablag’lari bo’yicha xarajatlar smetasining bajarilishi to’g’risida oylik va choraklik hisobotlar (14-17 ilovalari);

  7. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki va tijorat banklari muassasalarining Jamg’arma mablag’lari hisobidan kapital qo’yilmalar va boshqa tadbirlarni moliyalashtirish bo’yicha hisobotlari;

  8. 274-son shakldagi memorial order (8-ilovasi);

  9. O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki muassasalarining Jamg’arma mablag’lari maxsus hisobvarag’idan ko’chirmalari, O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki muassasalarining Jamg’arma hisobvaraqlaridagi mablag’lar qoldiqlari to’g’risidagi hisobotlari;

  10. Jamiyat mablag’larining ijro etilishi bilan bog’liq boshqa hujjatlar.

Buxgalteriyaga kelib tushgan hujjatlar shakli bo’yicha va ma’nosi bo’yicha tekshiriladi, so’ngra hisobga qabul qilinadi. Hisobga qabul qilingan hujjatlar umumiy memorial order (274-sonli shakl) bilan bir kunlik operatsiyalarning barchasiga rasmiylashtiriladi.
Memorial orderlar operatsiyalarni bajarilishiga qarab, lekin hujjat olingan kunning keyingi kunidan kechikmasdan tuziladi va bosh buxgalter tomonidan imzolanadi.
Memorial orderlar hisobga olish registrlariga yozilishidan avval birinchi sonidan boshlab ketma-ket tartibda, har oy uchun alohida-alohida raqamlab chiqiladi.

Download 477.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling