Ii-mavzu: moliya organlari, G’aznachilik va uning xududiy bo’linmalari, davlat maqsadli jamg’armalarni taqsimlovchi organlarda byudjetlar ijrosi hisobini tashkil etish asoslari reja
"BERILGAN VA OLINGAN MABLAG’LAR" NOMLI 07-SONLI HISOBVARAQ
Download 477.5 Kb.
|
2-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- "NATIJALAR" NOMLI 09-SONLI HISOBVARAQ
"BERILGAN VA OLINGAN MABLAG’LAR" NOMLI 07-SONLI HISOBVARAQ
“Respublika byudjetidan berilgan va olingan mablag’lar” nomli 071-sonli hisobvaraqda mahalliy byudjetlardan respublika byudjetiga o’tkaziladigan hamda respublika byudjetidan olinadigan mablag’lar hisobga olinadi. 071-sonli hisobvaraqning debetida o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha respublika byudjetiga o’tkaziladigan summalar aks ettiriladi; "Respublika byudjeti bilan o’zaro hisob-kitoblar" nomli 061-sonli hisobvaraq kreditlanadi. 071-sonli hisobvaraq kreditiga o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha respublika byudjetidan olinishi kerak bo’lgan summalar aks ettiriladi; 061-sonli hisobvaraq debetlanadi. "Mahalliy byudjetlardan berilgan va olingan mablag’lar" nomli 072-sonli hisobvaraqda mahalliy byudjetlarga beriladigan va mahalliy byudjetlardan olinadigan mablag’lar hisobga olinadi. 072-sonli hisobvaraqning debetida o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha mahalliy byudjetlarga beriladigan summalar aks ettiriladi ("Mahalliy byudjetlar bilan o’zaro hisob-kitoblar’’ nomli 062-sonli hisobvaraq kreditlanadi); 072-sonli hisobvaraqning kreditida o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha mahalliy byudjetlardan olinishi lozim bo’lgan summalar aks ettiriladi (062-sonli hisobvaraq debetlanadi). Respublika byudjetiga haqiqatda o’tkazilgan mablag’larning summalari va respublika byudjetidan haqiqatda olingan mablag’larning summalarini aniqlash tartibi yuqorida bayon qilingan tartib bilan bir xil bo’lib, faqatgina 062 va 072-sonli hisobvaraqlarning o’rniga mos ravishda 061 va 071-sonli hisobvaraqlar qo’llaniladi. "NATIJALAR" NOMLI 09-SONLI HISOBVARAQ Byudjet yilning oxirida, yillik hisobot tuzilishidan oldin moliya organining buxgalteriyasi har bir balans hisobvaraqlaridagi ma’lumotlarning hakqoniyligini, byudjet ssudalari bo’yicha hisob-kitoblar va byudjetlar o’rtasida o’zaro hisob-kitoblarning holatini tekshiradi. Boshqa byudjetlar bilan o’zaro hisob-kitoblar hamda olingan va berilgan ssudalar bo’yicha hisob-kitoblar yilning oxirida tugatilgan bo’lishi va yangi yilning boshida hisob-kitob hisobvaraqlarida qoldiq bo’lmasligi kerak. Joriy hisob hisobvaraqlardagi hisoblar yakunlangunicha quyidagilarga buxgalteriya yozuvlari tuzilishi kerak: a) 020-sonli hisobvaraqda byudjet mablag’larini oluvchilar va banklarning tekshirilgan hisobotlari asosida byudjetning barcha xarajatlarini hisobdan chiqarishga; b) 040-sonli hisobvaraqning kreditiga noaniq tushumlar bo’yicha summalarni hisobdan chiqarishga; v) yil oxirida daromadlar hisobvarag’idan davlat soliqlari va daromadlaridan ajratilgan summalarning mahalliy byudjetlarga ortiqcha o’tkazilgan summalarini 042-sonli hisobvaraqning kreditiga hisobdan chiqarishga. Byudjetlar o’rtasidagi o’zaro hisob-kitoblar hamda byudjet ssudalari buyicha qarzlarni byudjet ijrosi natijalariga hisobdan chiqarish, agarda qonun hujjatlarida boshqa holatlar belgilanmagan bo’lsa, man etiladi. Natijalarga shuningdek, davlat soliqlari va daromadlaridan ajratilgan summalarning mahalliy byudjetlarga ortiqcha o’tkazilgan summalar bo’yicha respublika byudjetiga bo’lgan yil oxiridagi qarzlar ham hisobdan chiqarilmaydn. Bu summalar 042-sonli hisobvaraqda qoldiriladi. ‘‘Byudjetni ijro etish natijalari" nomli 090-sonli hisobvaraq Qoraqaliog’iston Respublikasining respublika byudjeti va mahalliy byudjetlarning ijro etish natijalarini aniqlash uchun mo’ljallangan. Natijalar yilning oxirida 090-sonli hisobvaraqning kreditiga "Byudjet daromadlari" nomli 040-sonli hisobvaraqdagi qoldiqlarni va "Respublika byudjetidan olingan va berilgan mablag’lar" nomli 071-sonli, "Mahalliy byudjetlardan olingan va berilgan mablag’lar" nomli 072-sonli hisobvaraqning kredit aylanmalarini, 090-sonli hisobvaraqning debetida esa - "Byudjet xarajatlari" nomli 020-sonli hisobvaraqning qoldig’ini va 071-sonli va 072-sonli hisobvaraqlar bo’yicha debet aylanmalarni hisobdan chiqarish yo’li bilan aniqlanadi. 090-sonli hisobvaraq bo’yicha olingan kredit qoldig’i mahalliy byudjetning ijro etilishi natijasi bo’ladi. "Byudjet ssudasi bo’yicha Respublika byudjetiga Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri byudjetining qarzi" nomli 091-sonli hisobvaraq. Bu hisobvaraqning kreditida respublika byudjetidan olingan va joriy yilning oxirigacha qaytarilmagan byudjet ssudalari summasi aks ettiriladi (054-sonli hisobvaraqning debeti), hisobvaraqning debetida esa yangi yilning yanvar oyida Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri byudjeti tomonidan o’tkazilgan byudjet ssudalari summasi aks ettiriladi (011-sonli hisobvaraqning krediti). "O’zaro hisob-kitoblar bo’yicha Respublika byudjetiga(ning) Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri byudjetining(ga) qarzi" nomli 092-sonli hisobvaraq. Bu hisobvaraqning kreditida o’tgan yilda o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri byudjetining respublika byudjetiga bo’lgan qarzlari summasi aks ettiriladi (061-sonli hisobvaraq debeti), hisobvaraqning debetida esa o’zaro hisob-kitoblar bo’yicha respublika byudjetining Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri byudjetiga bo’lgan qarzlari summasi (061-sonli hisobvaraq krediti) aks ettiriladi. Download 477.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling