Ii-mavzu: moliya organlari, G’aznachilik va uning xududiy bo’linmalari, davlat maqsadli jamg’armalarni taqsimlovchi organlarda byudjetlar ijrosi hisobini tashkil etish asoslari reja
Download 477.5 Kb.
|
2-мавзу
- Bu sahifa navigatsiya:
- "Pul mablag’lari" nomli 01-sonli hisobvaraq
"Pul mablag’lari" nomli 01-sonli hisobvaraq "Mahalliy byudjet mablag’larining depozit hisobvarag’i" nomli 011-sonli hisobvaraqda mahalliy byudjetlarning O’zbekiston Respublikasi banklarining muassasalarida saqlanadigan pul mablag’lari hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraqda quyidagilar hisobga olinadi: a) byudjet daromadlari, jumladan subhisobvaraqlardan tushgan tushumlar va noaniq tushumlar; b) byudjet ssudalari, dotatsiyalar, subventsiyalar va yuqori byudjetdan olingan boshqa tushumlar; v) byudjetlar o’rtasidagi o’zaro hisob-kitoblar va byudjetdan ajratiladigan ssudalar bo’yicha qarzlarni qaytarish uchun tushgan tushumlar; g) moliya organlari tomonidan tashkilotlarning byudjet mablag’larini hisobga olib boruvchi hisobvaraqlaridan qaytarib olingan byudjet mablag’lari; d) quyi byudjetlardan olingan ortiqcha daromadlar va boshqa tushumlar. Mahalliy byudjet mablag’lari hisobvaraqlaridan naqd pul mablag’larni berishga yo’l qo’yilmaydi. "Jamg’arma mablag’larining maxsus hisobvarag’i" nomli 012-sonli hisobvaraqda Jamg’armaning O’zbekiston Respublikasi banklari muassasalarida saqlanadigan pul mablag’lari hisobga olinadi. Ushbu hisobvaraqda quyidagilar hisobga olinadi: a) Jamg’arma daromadlari, jumladan doxodы Fonda, subhisobvaraqlardan tushgan tushumlar va noaniq tushumlar; b) yuqori Jamg’armalardan olingan ssudalari, dotatsiyalar, subventsiyalar va boshqa tushumlar; v) Jamg’armalar o’rtasidagi o’zaro hisob-kitoblar va ssudalar bo’yicha qarzlarni qaytarish uchun tushgan tushumlar; g) moliya organlari tomonidan tashkilotlarning Jamg’arma mablag’lari hisobvaraqlaridan qaytarib olingan Jamg’arma mablag’lari; d) quyi Jamg’armalardan olingan ortiqcha daromadlar va boshqa tushumlar. Jamg’arma mablag’lari hisobvaraqlaridan naqd pul mablag’larni berishga yo’l qo’yilmaydi. "Kapital qo’yilmalar va boshqa tadbirlarni moliyalashtirish uchun O’zbekiston Respublikasi bank muassasalaridagi byudjet mablag’lari" nomli 013-sonli hisobvaraqda kapital qo’yilmalar va boshqa tadbirlarga ochilgan byudjet mablag’ ajratmalari xarajatlarini to’lash uchun o’tkazilgan Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti va mahalliy byudjetlarning mablag’lari hisobga olinadi. "Mahalliy byudjetlarning byudjet mablag’lari bo’yicha byudjet mablag’larini oluvchilarning depozit hisobvaraqlari" nomli 014-sonli hisobvaraqda ko’zda tutilgan byudjet mablag’lari ajratmalariga muvofiq xarajatlarni qoplash uchun O’zbekiston Respublikasi banklarining muassasalaridagi byudjet ajratmalarining bosh taqsimlovchilarining byudjet mablag’lari bo’yicha depozit hisobvaraqlariga o’tkazilgan summalar hisobga olinadi. Har oyda 014-sonli hisobvaraqdan quyidagilar hisobdan chiqariladi: byudjet xarajatlariga (020-sonli hisobvaraq) - byudjet mablag’larini oluvchilarning hisobotlari asosida - byudjet mablag’larini taqsimlovchilar tomonidan amalga oshirilgan kassa xarajatlarining summasi; 011-sonli mahalliy byudjet mablag’larining depozit hisobvaraqlariga - byudjet mablag’lari bo’yicha tashkilotlarning depozit hisobvaraqlaridan moliya organi tomonidan qaytarib olingan summalar. "Moliya organing bankdagi maqsadli yo’nalishlar bo’yicha hisob-kitoblarni olib borish uchun maxsus hisobvarag’i" nomli 015-sonli hisobvarag’ida maqsadli yo’nalishlar bo’yicha hisob-kitoblarni olib borish uchun kelib tushgan pul mablag’lari hisobga olinadi. 015-sonli hisobvaraq debetida maqsadli yo’nalishlar bo’yicha hisob-kitoblarni olib borish uchun kelib tushgan pul mablag’lari summalari, kreditida esa maqsadli yo’nalishlar bo’yicha byudjet tashkilotlariga o’tkazilgan mablag’lar summalari olib boriladi. "Kapital qo’yilmalar va boshqa tadbirlarni moliyalashtirish uchun O’zbekiston Respublikasi bank muassasalaridagi Jamg’arma mablag’lari" nomli 016-sonli hisobvaraqda kapital qo’yilmalar va boshqa tadbirlarga ochilgan Jamg’arma mablag’lari bo’yicha xarajatlarini to’lash uchun o’tkazilgan Qoraqalpog’iston Respublikasi Jamg’arma va mahalliy jamg’armalarning mablag’lari hisobga olinadi. Maktab ta’limi Jamg’armasi mablag’larini oluvchilarining depozit hisobvarag’i 17-sonli schyot. Har oyda 017-sonli hisobvaraqdan quyidagilar hisobdan chiqariladi: Jamg’arma xarajatlariga (026-sonli hisobvaraq) - mablag’ oluvchilarning hisobotlari asosida - Jamg’arma mablag’larini taqsimlovchilar tomonidan amalga oshirilgan kassa xarajatlarining summasi; 012-sonli Jamg’arma mablag’larining depozit hisobvaraqlariga - Jamg’arma mablag’lari bo’yicha tashkilotlarning depozit hisobvaraqlaridan moliya organi tomonidan qaytarib olingan summalar. Download 477.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling