Ii-qism Toshkent-2010
Yarimo`tkazgichni fotoo`tkazuvchanligi
Download 1.29 Mb.
|
Физика маъруза ELEKTR lotin 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- Lyuminessension nurlanish .
Yarimo`tkazgichni fotoo`tkazuvchanligi. Elektromagnit nurlanish ta’sirida yarim o`tkaznichlar elektr o`tkazuvchanligining ortishi fotoo`tkazuvchanlik bilan bog`liqdir. Quyidagi ikki holni ko`raylik.
1. Sof yarim o`tkazgichga energiyasi h bo`lgan elektromagnit nurlanitsh kvanti tushganda va bu energiya taqiqlangan zonaning kengligi W ga teng yoki undan katta bo`lsa (ya’ni hW) valent zonadagi elektron o`tkazuvchanlik zonasiga o`tadi. Elektromagnit nurlanish ta’sirida sof yarimo`tkazgichdan qo`shimcha elektron-teshik juftlari vujudga keladi, bu esa o`z navbatida xususiy fotoo`tkazuvchanlikka sabab bo`ladi. 2. Yarimo`tkazgich tarkibida aralashmalar mavjud bo`lgan holda hW shart bajarilmasa ham fotoo`tkazuvchanlik kuzatilishi mumkin. Agar yarim o`tkazichda donor aralashma mavjud bo`lsa hWd shart bajarilsa, donor satxidagi elektron o`tkazuvchanlik zonasiga o`ta oladi. Agar yarim o`tkazgichda akseptor aralashma mavjud bo`lsa hWa shart bajarilsa valent zonadagi elektron elektromagnit nurlanish kvantining energiyasi hisobiga akseptor satxiga ko`tariladi. Natijada elektomagnit nurlanish ta’sirida aralashmali elektr o`tkazuvchanlik ortadi, bunda yarim o`tkazgichning aralashmali fotoo`tkazuvchanligi sodir bo`ladi. Lyuminessension nurlanish. Ba’zi jismlar yorug`lik, ultrabinafsha yoki rentgen nurlari ta’sirida shu’lalanadi, boshqacha aytganda nurlanish chiqaradi. Bu nurlanish lyuminessensiya deb ataladi. Bayon etilgan hodisa nurlar ta’sirida vujudga kelganligi tufayli uni fotolyuminessensiya deb ham ataladi.Nurlardan boshqa ta’sirlar ham lyuminessensiyani vujudga keltirishi mumkin.Jism elektronlar yoki boshqa zarralar bilan bombardimon qilinganda hosil qilingan nurlanish katodolyuminessensiya (televizor ekranining nurlanishi) deyiladi. Jismdan elektr tok o`tganda elektrolyuminessensiya kuzatiladi. Хimiyaviy reaksiya tufayli vujudga keladigan nurlanish xemilyuminessensiya deyiladi. (fosforning oksidlanishidagi nurlanish). Lyuminessension nurlanish chiqaradigan jismlar juda ham ko`p: ba’zi elementlarni bug`lari va gazlar ba’zi jismlarning tuzlari va eritmalari benzol, naftalin, antratsid kabi organik jismlar.Тarkibiga metall ionlari aralashgan ba’zinoorganik jismlar. Bu jismlarning hammasi lyuminoforlar deb ataladi. Тajribalarda lyuminessensiyani vujudga keltiruvchi sabab ta’siri to`xtagandan so`ng nurlanishi ma’lum muddat davom etadi. So`nish vaqti 10-9-10-8s bo`lgan lyuminessensiyani fluoressensiya deyiladi. Lyuminessension nurlanish spektri lyuminoforning ximiyaviy tarkibiga va uning molekulyar tuzilishiga bog`liq. Lyuminessensiya gaz-yorug`lik lampalarda, teatral texnikada reklamalarda keng qo`llaniladi Nazorat savollari Atomdagi energetik satxlar va ularni elektronlar bilan ishg`ol etilishi. Energetik zonalar xaqida tushuncha. Metallar.Yarimo`tkazgichlar.Dielektriklar. Sof yarim o`tkazgichlar.Хususiy elektr o`tkazuvchanlik. Aralashmali elektr o`tkazuvchanlik. n-tip va p-tip aralashma xaqida tushuncha. p-n o`tish xaqida tushuncha. p-n o`tishni volt-amper xarakteristikasi. Yarimo`tkazgichli diod. Тo`g`rilagichlar. Тranzistorlar. Yarim o`tkazgichni fotoo`tkazuvchanligi. Lyuminessension nurlanish. 16- Ma’ruza Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling