Ii-qism Toshkent-2010


Suyuq kristallar va ularning qo’llanilishi


Download 1.29 Mb.
bet29/32
Sana06.11.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1751455
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32
Bog'liq
Физика маъруза ELEKTR lotin 2

Suyuq kristallar va ularning qo’llanilishi

  1. Suyuq kristallar

  2. Suyuq kristall turlari. Nematik, smektik va holesterik

  3. Elektr va magnit maydonlaridagi suyuq kristallarning xossalari

  4. Suyuq kristallarni qo’llanilishi matritsaviy displeylar

Тayanch so`z va iboralar: Suyuq kristallar, harorat, sintez, nematik, smektik, xolesterik, Matritsaviy qurilmalar
Suyuq kristallar. Suyuq kristallar-suyuqlik va kristall xossasiga ega bo’lgan moddalar bo’lib unda bir vaqtning o’zida ham kristallik, ham suyuqlik xususiyatlari namoyon bo’ladi. Ma’lumki moddadarining ko’pchiligi uchta agregat xolatda (qattiq, suyuq, gaz) bo’lishi mumkin. Murakkab molekulalarga ega bo’lgan ba’zi organik moddalar yuqoridagi uchta xolatdan tashqari to’rtinchi xolatda ham bo’lishi mumkin. Ular eritilayotganida oddiy suyuqlikdan farqlanuvchi suyuq kristall fazasi hosil bo’ladi.
Mazkur faza kristallning erish haroratidan boshlanib undan yuqori harorat intervalida mavjud bo’ladi. Agar uni ayni shu interval chegarasidan yuqori xaroratga qadar qizdirilsa, suyuq kristall oddiy suyuqlikka aylanib qoladi.
Suyuq kristallar 1888 yilda Avstriyalik batanik-olim F.Reynitser tomonidan birinchi marta olingan va tadqiq qilingan. F.Reynitser sintez qilgan yangi modda xolesteril benzoat ikkita erish nuqtasiga egadir. Bu qattiq jismning xarorati 1450S ga yetganda, u loyqa suyuqlikka aylanadi. 1790S haroratda esa suyuqlik tiniqlashib qoladi, ya’ni o’zini optik nuqtai nazardan oddiy suyuqlikdek, masalan suvdek tutadi.
F.Reynitser polyarizatsion mikroskop ostida holesteril benzatning loyqa fazasini kuzatganda u ikkilanma nur sindirishga ega ekanligini aniqladi.
Molekulalarning fazoda tartiblanishi odatdagidek to’liq bo’lmasa ham u suyuq kristallar xususiyatiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi. Shuning bilan ham ular oddiy suyuqlikdan farq qiladi.
Molekula o’qlarining eng oddiy tartiblanishlaridan tashqari, suyuq kristallarning molekulalarida bundan ham murakkab oriyentatsion tartiblanish amalga oshishi ham mumkin.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling