Ii-qism Toshkent-2010
Download 1.29 Mb.
|
Физика маъруза ELEKTR lotin 2
Xoll effekti
1880 yilda E. Xoll tomonidan aniqlangan bu effektning moxiyati quyidagidan iborat. Metal yoki yarim o`tkazgichdan yasalgan plastinkani (5-rasm) magnit maydonga shunday joylashtiraylikki, bunda magnit maydonning yonalishi OZ o`qiga, plastinkadan o`tayotgan tokning yonalishi esa OY o`qiga mos bo`lsin. U holda tok hosil qilayotgan zaryadlarga Lorens kuchi ta`sir qilib, ularni OX yo`nalishida og`diradi. Agar tok tashuvchilar manfiy zaryadli zarralar bo`lsa, ular j ga teskari yonalishda harakat qilganliklari uchun plastinkaning o`ng 5 - rasm qirrasi tomoniga qarab og`adi. Natijada o`ng qirrada ortiqcha manfiy zaryad vujudga keladi. Bu esa o`z navbatida plastinkaning chap qirasida manfiy zaryad yetishmasligiga, ya`ni unda musbat zaryadning vujudga kelishiga sababchi bo`ladi. Agar tok tashuvchilar musbat zaryadli zarralar bo`lsa ular elektr tok tashishda qatnashib j yo`nalishi bo`ylab harakat qilishlari kerak. Bu harakat magnit maydonda sodir bo`layotganligi uchun Lorens kuchi ta`sirida zarralar plastinkaning o`ng qirrasi tomon og`adi. Natijada plastinkaning o`ng qirrasi musbat, chap qirallari orasida elektr maydon (bu maydon kuchlanganligi Ex bo`lsin) vujudga keladi. Bu elektr maydonda zaryadga ta`sir etuvchi kuch (qEx). Lorens kuchiga teskari yonalgan. Shuning uchun bu kuchlar miqdoran tenglashganda muvozanat vaziyati vujudga kelib, zaryadlar og`masdan tok tashish vazifasini bajaraveradi. Muvozanat vaziyatida plastinaning o`ng va chap qirralari orasida vujudga kelgan potensiallar farqi (x) ni Xoll potensiallar farqi deb atash odat tusiga kirgan. Xoll potensiallar farqini topish uchun induksiyasi B bo`lgan magnit maydonda u tezlik bilan harakat qilayotgan q zaryadga ta`sir etuvchi Lorens kuchi va q zaryadga kuchlanganligi Ex bo`lgan elektr maydoni tomonidan ta`sir etuvchi kuchlar modullarini tenglashtiramiz, ya`ni quB=qEx bundan Ex=uB ekanligini topamiz. Potensiallar farqi vujudga kelgan plastina qirralari orasidagi masofani d deb belgilasak, x =Exd=uBd (9) bo`ladi. Bundagi u o`rniga tok zichligi ifodasi (j=qnu) dan topiladigan qiymatni qo`yib munosabatni hosil qilamiz. Bu ifodadagi Xoll doimiysi deb ataladi. Xoll doimiysi plastinka materialiga bog`liq. U ba`zi moddalar ushun musbat, ba`zilari uchun esa manfiy qiymatga ega bo`ladi. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling