Ii-qism Toshkent-2010


YoRUG`LIKNING QUТBLANIShI


Download 1.29 Mb.
bet14/32
Sana06.11.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1751455
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32
Bog'liq
Физика маъруза ELEKTR lotin 2

YoRUG`LIKNING QUТBLANIShI
Reja

  1. Yorug`likni qutblanishi. Polyarizator va analizator. Malyus qonuni.

  2. Yorug`likni qaytishda va sinishda qutblanishi.Bryuster qonuni.

  3. Ikkilanma nur sindirishdagi qutblanish.

  4. Optik anizotropiyani sun’iy ravishda hosil qilish.



Тayanch so`z va iboralar: fotografiya, gologramma, tabiiy nur, qutblangan nur, polyarizator, analizator, Malyus qonuni, Bryuster qonuni,


Yorug`likni qutiblanishi. Polyarizator va analizator Malyus qonuni. Yorug`likning qutblanish hodisasi yorug`lik nurini ko`ndalang elektromagnit to`lqin ekanligini tasdiqlaydi. Тabiiy yorug`lik nurida uni tarqalish yo`nalishiga perpendikulyar bo`lgan barcha yo`nalishlarda yorug`lik vektorining (elektr maydon-kuchlanganligi vektori-E) tebranishlari sodir bo`ladi va bu tebranishlarning birontasi ham boshqa tebranishlar oldida afzallikka ega bo`lmaydi.

Agar yorug`lik vektorining tebranishlari faqat bitta tekislikda yuz berayotgan bo`lsa, bunday yorug`likni yassi (yoki to`g`ri chizili) qutblangan deb yuritiladi. Yorug`lik vektori tebranayotgan tekislikni tebranish tekisligideb ataladi.
Yassi qutblangan yorug`likni tabiiy yorug`likdan polyarizatorlar (qutblagichlar) deb ataluvchi asboblar yordamida olish mumkin.






Тurmalin plastinkasi B1 yorug`lik nurini qutblaydi va polyarizator bo`lib xizmat qiladi. Ikkinchi B1 turmalin plastinkasi unga qutblangan nur tushayotganini aniqlashga imkon beradi




. Тo`lqinning qutblangan yoki qutblanmaganligini aniqlash uchun mo`ljallangan bu B1 asbobni analizator deyiladi. Polyarizatorlarga yorug`lik vektorining amplitudasi E0 bo`lgan

nur tushayotgan bo`lsin. Bu vektorni polyarizator P dan o`tgan qismi E0 bo`lsin. A analizator tekisligi P polyarizator tekisligiga nisbatan  burchakka burilgan bo`lsin. Analizatordagi o`tgan yorug`lik vektori
E=E0cos (1)
Yorug`lik intensivliklarining nisbati amplitudalar kvadratlari nisbatlariga proporsional bo`lgani uchun
(2)
yoki I=I0cos2 (3)





Bu Malyus qonunining matematik ifodasi bo`lib bu qonunga asosan analizatordan o`tgan yorug`lik intensivligi polyarizatordan o`tgan yorug`lik intensivligini anilizator va polyarizator tekisliklari orasidagi burchak kosinusini kvadratiga ko`paytmasiga teng.
Agar qisman qutblangan yorug`lik polyarizator orqali o`tkazilayotgan bo`lsa va asbob nur yo`nalishi atrofida aylantirilsa, o`tgan yorug`lik intensivligi Imax bilan Imin qiymatlar oralig`ida o`zgarib turadi.
(4)
ifoda qutblanish darajasi deb ataladi. Yassi qutblangan yorug`lik uchun Imin=0 va P=1 tabiiy yorug`lik uchun Imax=Imin va P=0.

Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling