Ii-qism Toshkent-2010


Yorug`likning qaytishda va sinishda qutblanishi. Bryuster qonuni


Download 1.29 Mb.
bet15/32
Sana06.11.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1751455
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32
Bog'liq
Физика маъруза ELEKTR lotin 2

Yorug`likning qaytishda va sinishda qutblanishi. Bryuster qonuni. Agar yorug`lik nurining ikkita dielektrikni ajratib turuvchi chegaraga (masalan, shisha plastinka sirtiga) tushish burchagi nolga teng bo`lmasa, qaytgan va singan nurlar qisman qutblangan bo`ladi. Qaytgan nurda tushish tekisligiga perpendikulyar tebranishlar ko`proq bo`ladi (nuqtalar), singan nurda esa tushish tekisligiga parallel tebranishlar ko`proq bo`ladi (ikki tomonida strelka). Yorug`likning tushish burchagining tangensi dielektrikning absolyut sindirish ko`rsatkichiga teng bo`lsa

qaytgan nur to`liq qutblanadi.
tgiB=n (1)
Bu munosabat Bryuster qonuni nomi bilan yuritiladi iB burchak Bryuster burchagi yoki to`la qutblanish burchagi deb ataladi. Yorug`lik Bryuster burchagi ostida tushganda qaytgan va singan nurlar o`zaro perpendikulyar bo`ladi. Тushayotgan yorug`lik to`lqini dielektrik ichiga kirib, atomlar tarkibidagi elektr zaryadlarini majburiy tebranishlar bajarishga olib keladi. Тebranuvchi zaryadlar elektromagnit to`lqinlar tarqatadi, bu to`lqinlarni biz ikkilamchi deb ataymiz.




Dielektrikning ichida ikkilamchi to`lqinlar tushuvchi (birlamchi) to`lqin bilan qo`shiladi. Birlamchi va ikkilamchi to`lqinlar o`shilishidan hosil bo`lgan natijaviy to`lqin singan to`lqinni beradi. Zaryadlarning majburiy tebranishlari mana shu natijaviy to`lqinning E vektori yo`nalishida sodir bo`ladi.
Ikkilanma nur sindirishdagi qutblanish. Yorug`lik nuri ba’zi kristallardan o`tganda ikkita nurga ajraladi. Bu ikkilanma nur sindirish deb nom olgan hodisa island shpati (Ca CO3-kalsiy karbonat tuzi) uchun 1670 yilda Daniyalik fizik Erazm Bartolomin tomonida kuzatilgan edi. Ikkilanma nur sindirish vaqtida nurlardan biri odatdagi sinish qonuniga bo`ysinadi va tushuvchi nur hamda normal bilan bir tekislikda yotadi. Bu

nur (normal) oddiy nur deb ataladi va O bilan belgilanadi. Nurlarning ikkinchisi g`ayrioddiy (anomal) nur deb ataldi uni e harfi bilan belgilanadi va uning uchun nisbat tushish burchagining o`zgarishi bilan o`zgaradi. Hatto yorug`lik normal bo`yicha







tushganda ham g`ayrioddiy nur, umuman qaytganda, dastlabki yo`lidan og`adi. Nikol prizmasi deb ataladigan polyarizator juda keng tarqalgan. U island shpati prizmalarini kanada balzami bilan yopishtiriladi. Bunda kanada balzamini sindirish ko`rsatgichi n bo`lib u nnn0 shartni qanotlantirishi kerak.





Oddiy nur to`la ichki qaytishga uchraydi, g`ayrioddiy nur esa bemalol o`tib ketadi. Ba’zi kristallarda nurlardan biri ikkinchisiga qaraganda ko`proq yutiladi. Bu hodisa dixroizm deb ataladi. Ko`zga ko`rinadigan nurlarda kuchli dixroizm turmalin kristallida kuzatiladi. Unda oddiy nur 1 mm uzunlikda deyarli butunlay yutiladi. Sirtlar yuzi katta bo`lgan qutblovchi asboblar polyaroidlar deyiladi. Polyaroid juda kuchli dixroik kristall hisoblangan gerapatitning qalinligi 0,1 mm bo`lgan po`sti nurlardan birini haqiqatda butunlay yutib olib, bunday yupa qatlam qutblovchi vazifasini o`taydi. Zamonaviy polyaroidlar spektrning binafsha va qizil soxalarini qisman qutblangan hola o`tkazadi. Polyaroidlar avtomobil yo`llarida haydovchining ko`zini qarshidan kelayotgan mashina farasini ko`zni qamashtirish ta’siridan muhofaza qilishda ham tatbiq etiladi. Buning uchun avtomobilning oldingi oynasi va faralari polyaroiddan yasaladi.
Optik anizatropiyani sun’iy ravishda hosil qilish. Yorug`likning kristallarda turli yo`nalishlarda turlicha tezlik bilan tarqalishi optik anizatropiya deyiladi. Fizik xususiyatlari yo`nalishlarga bog`liq bo`lmagan muhit izotrop muhit deb ataladi. Fizik xususiyatlari yo`nalishlariga bog`liq bo`lgan muhit esa anizatrop muhit deb ataladi. Izotrop muhitda (shisha platinkada) yorug`likning sinishi, sinish qonuniga bo`ysinadi. Anizatrop kristallarida (island shpati) yorug`lik nuri singanda ikkilanma nur sindirish hodisasi kuzatiladi.
Ikkilanma nur sindirish tiniq izotrop jismlarda va kubik tizmdagi kristallarda har xil ta’sirlar ostida vujudga kelishi mumkin.

Shishadan yasalgan Q plastinkani o`zaro perpendikulyar P va P1 polyarizatorlar orasiga joylashtiramiz. Shisha deformatsiyalanmagan holda bunday tizim yorug`lik o`tkazmaydi. Agar shishani deformatsiyalasak (masalan, biror o`q bo`yicha siqsak) tizim orqali Yorug`lik o`ta boshlaydi, shuning bilan birga, tizim orqali o`tgan nurlarda





kuzatiladigan manzara rang-barang chiziqlar bilan oplangan bo`ladi. Chiziqlar joylashishining xarakteriga qarab plastinka ichidagi kuchlanishlarning tarqalishi haqida mulohaza yuritish mumkin.
Kuchlanishlarni tekshirishning optikaviy usuli mana shu sun’iy ikkilanma nur sindirishga asoslangan. Optikaviy usul shishadan yasalgan mahsulotlarda zararli kuchlanishlarning bor-yo`qligini tekshirish uchun ishlatiladi. Braklarning

a jratishning bunday usuli juda ham sezgir bo`ladi. 1875 yilda Kerr suyuliklarda (amorf atti jismlarda ham) elektr maydon ta’sirida ikkilanma nur sindirish vujudga kelishini kashf qildi. Bu hodisani Kerr effekti deb atalgan. n0-nå=kE2







Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling