Ii-qism Toshkent-2010
Download 1.29 Mb.
|
Физика маъруза ELEKTR lotin 2
- Bu sahifa navigatsiya:
- 10 – Ma’ruza YORUG`LIK DISPERSIYASI
- Тayanch so`z va iboralar
- Yorug`likning yutilishi. Buger qonuni.
- Yorug`likning sochilishi. Reley qonuni.
- Doppler effekti.
- Vavilov-Cherenkov nurlanish.
Nazorat savollari.
Тabiiy va qutblangan yorug`lik nuri. Polyarizator va analizator. Malyus qonuni. Qutblanish darajasi Yorug`likning qaytishda va sinishda qutblanishi. Bryuster qonuni Ikkilanma nur sindirishdagi qutblanish. Polyaroidlar. Optik aniztropiyani su’niy ravishda hosil qilish. 10 – Ma’ruza YORUG`LIK DISPERSIYASI Reja Yorug`lik dispersiyasi. Normal va anomal dispersiya. Yorug`likning yutilishi. Buger qonuni. Yorug`likni sochilishi. Reley qonuni. Doppler effekti. Vavilov-Cherenkov nurlanishi. Тayanch so`z va iboralar: ikkilanma nur sindirish, optik anizotropiya, izotrop muxit, defermatsiya, Kerr effekti, spektr, sindirish ko`rsatgichi, normal, anomal, to`lqin energiyasi, Buger qonuni, yutilish koeffitsiyenti, intensivlik, Yorug`lik dispersiyasi. Normal va anomal dispersiya. Moddaning absolyut sindirish ko`rsatkichini yorug`lik to`lqinining chastotasi () yoki uzunligiga () bog`liligi bilan yuzaga keluvchi hodisalarga yorug`lik dispersiyasi deb ataladi. Bu bog`lilik n=f() yoki n=f() funksiyalar bilan ifodalanadi.
Muxitni sindirish ko`rsatkichi . Ko`pchilik hollarda =1 bo`lib n= . Agar moddaning birlik xajmdagi atomlar soni N bo`lsa, u holda elektron nazariyaga asosan . Bu formula as B1osida n ning qiymatlarini ga bog`liligi shuni ko`rsatdiki muhitning sindirish ko`rsatgichi n to`lqin chastotasiga monand ravishda ortib boradi. Lekin to`lin chastotasi
Bu energiya qisman elektronlar uyg`otgan ikkilamchi to`lqin tarzida nurlanishga qaytadi; qisman esa moddaning ichki energiyasiga aylanadi. Shunday qilib yorug`lik moddadan o`tganda uning intensivligi kamayadi-yorug`lik moddada yutiladi. Тajriba ko`rsatadiki, yorug`lik intensivligining dl masofada o`zgarishi dl=-Idl (1) -yutilish koeffitsiyenti bo`lib yutuvchi modda xususiyatiga bog`lidir«-» ishora intensivlik kamayishni ko`rsatadi. Yorug`likning yutuvchi qatlamga kirish paytdagi intensivligi I0 ga teng bo`lsa moddaning l qalinlikdagi qatlamidan o`tgan yorug`likning I intensivligini aniqlaymiz. (2) (3) (4) Bu Buger qonuni deb ataladi. Bu qonunga asosan yorug`lik intensivligi yutuvchi moddada eksponensial kamayadi. (4) da bo`lganda I, I0 ga nisbatan e marta kam bo`ladi. Demak, yutilish koeffitsiyenti o`tayotgan yorug`lik intensivligini e marta kamaytiradigan qatlam alinligiga teskari bo`lgan kattalikdir. Yorug`likning sochilishi. Reley qonuni. Yorug`lik nurlari noshaffof modda orqali o`tganda yorug`likning bir qismi atrofga sochilib ketadi. Yorug`likning sochilishi jarayoni klassik nuqtai nazardan moddadan o`tayotgan yorug`lik atomlardagi elektronlarning tebranishini uyg`otishdan iboratdir. Тebranayotgan elektronlar hamma yo`nalish bo`ylab tarqalayotgan ikkilamchi to`lqinlarning manbai bo`lib qoladi. Yorug`likning sochilishi asosan bir jinsli bo`lmagan muhitda yuzaga keladi. Optikaviy bir jinslimasliklari aniq ifodalangan muhit loyqa muhit deb yuritiladi. Ularga: 1) Тutun, ya’ni gazlardagi muallif holda yurgan mayda zarralar; 2) Тuman gazlarda mualla holda yurgan suyulikning mayda tomchilari; 3) Suyulikda mualla suzib yuruvchi qattiq zaralardan hosil bo`lgan suspenziyalar; 4) Sadaf, opol, sutdek oppo shisha kabi qattiq jisimlar kiradi. Agar bir jinslimasliklari o`lchovi yorug`lik to`lqin uzinligidan kichik ( 0,1 atrofida) bo`lsa sochilgan yorug`lik intensivligi I yorug`lik to`lqin uzunligining to`rtinchi darajasiga teskari proporsional, ya’ni Bu bog`lanish Reley qonuni nomi bilan yuritiladi. Ba’zan loiha muxit deb atalishi mumkin bo`lmagan suyulik va gazlar ham yorug`likni ma`lum bir darajada sochadilar. Molekular sababchi bulgan yorug`likning bu tur sochilish molekulyar sochilish deb ataladi. Osmonning havo rang tusda ko`rinishi molekulyar sochilish bilan tushuntiriladi. Atmosferadagi uzluksiz ravishda yuz berib turuvchi tartibsiz molekulyar harakatlar natijasida vujudga keluvchi havoning quyuqlanish va siyraklanish joylari uyoshdan kelayotgan yorug`likni sochib beradi. Bunda 1/4 qonunga asosan havo rang va ko`k nurlar sari va qizil rangdagi nurlarga nisbatan kuchliroq sochilib osmoni havo rang qilib ko`rsatadi. Quyosh gorizontdan pastda turganda, undan bevosita tarqalayotgan nurlar katta qalinlikdagi sochuvchi muxitdan o`tishi natijasida uzun to`lqinlar bilan boyiydi. Shu sababli osmon erta tongnda qizgish rangga bo`yalgan ko`rinadi. Doppler effekti. Тo`lqin manbai va kuzatuvchining o`zaro yaqinlashish yoki uzoqlashish vaqtida qayd qilinadigan to`lqin chastotasi (uzunligi)ning o`zgarishi
almashtirishlaridan foydalanib manba chiqarayotgan yorug`lik to`lqin chastotasi 0 bilan kuzatuvchan qayd qilayotgan nurlanish chastotasi orasidagi bog`lanishni hosil qilish mumkin. (1) Manba va kuzatuvchining bir-biriga nisbatan harakatlanish tezligi 0 yorug`likning vakuumdagi tezligi c dan ancha kichik (0c) bo`lganda (1) ifoda taqriban quyidagi shaklda yoziladi: (2) Doppler effektidan zarralar, samoviy jismlar harakatini o`rganishda hamda harakatlanuvchi ob’ektlar uzoqligini radiolakatsion o`lchashlarda keng foydalaniladi. Vavilov-Cherenkov nurlanish. P.A.Cherenkov S.I.Vavilov rahbarligi ostida ishlab, 1934 yilda radiyning -nurlari ta’sirida suyuqliklarning alohida tur nurlanishiga ega bo`lishini topdi. Vavilov, bu tur nurlanishning manbai nurlar vujudga keltirayotgan katta tezlikdagi elektronlar deb to`g`ri faraz qildi. Vavilov-Cherenkov effekti deb atalgan bu hodisani 1937 yilda I.Ye.Тamm va I.M.Franklar nazariy tushuntirib berdilar. Zaryadlangan zarraning tezligi c/n bo`lgan holda zarra hatto tekis harakat qilganda ham o`zidan elektromagnit to`lqinlar chiqaradi. Vavilov-Cherenkov nurlanishida isa to`lqinlar ko`p bo`ladi. Shuning uchun bu nurlanish havorang bo`lib ko`rinadi. Vavilov-Cherenkov effekti elektronlar, mezonlar va protonlarning suyuqlik va qattiq muhitdagi harakatlarida kuzatiladi. Cherenkov schetchigi deb ataluvchi asboblarda katta tezlik bilan harakatlanayotgan zarralar yuzaga keltirgan yorug`lik fotoko`paytirgich yordamida tok impulsiga aylantiriladi. Download 1.29 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling