Ii-qism Toshkent-2010


Magnit oqimi. Тokli o`tkazgichni magnit maydonda


Download 1.29 Mb.
bet3/32
Sana06.11.2023
Hajmi1.29 Mb.
#1751455
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
Физика маъруза ELEKTR lotin 2

Magnit oqimi. Тokli o`tkazgichni magnit maydonda ko`chirishda bajarilgan ish.


dS

a

в
В vektorning dS sirt oqimi yoki magnit oqimi deganda
B=BndS (1)
Kattalik tushuniladi. Magnit induksiya vektorininng ixtiyoriy S sirt oraliq oqimi esa
ФB =òBndS (2) ifoda yordamida aniqlanadi. Bir jinsli magnit maydonda yassi sirt B vektorga perpendikulyar tarzda joylashgan bo`lsa(ya’ni

n


6-rasm

-Bn =B=const bo`lgan holda), (2) quyidagi ko`rinishga ega bo`ladi;
ФB =B  S (3)
Mazkur munosabatdan foydalanib magnit oqimining SI dagi birligi-veber (Vb) ni aniqlash mumkin: 1 Vb -magnit induksiyasi
1Тl bo`lgan bir jinsli magnit maydonda maydon yo`nalishiga perpendikulyar ravishda joylashgan 1 m2 yuzli yassi sirtni teshib o`tadigan magnit oqimdir.
B uchun Gauss teoremasi quyidagicha ta’riflanadi: Magnit maydon induksiyasi vektorning ixtiriy shakldagi berk sirt oraliq oqimi nolga teng:
òBndS = 0 (4)
Mazkur teorema magnit induksiya chiziqlarining berk ekanligini, ya’ni berk sirt ichiga kirayotgan B chiziqlarining soni, sirtdan chiqayotgan B chiziqlarining soniga aynan tengligini ifodalaydi. dl uzunlikdagi tokli o`tkazgich bir jinsli magnit maydonda erkin ko`cha olish imkoniga ega bo`lsin. Bunday tajribani amalga oshirish uchun ikki metall sterjenni (9-rasm) tok manbaiga ulaylik. Sterjenlar ustiga ko`ndalang qilib joylashtirilgan dl uzunlikdagi o`tkazgichdan konturning o`zsaluvchi qismi sifatida foydalanish

mumkin. Bu tokli o`tkazgichga chizma tekisligiga perpendikulyar ravishda yo`nalgan magnit maydon tomonidan ta’sir etuvchi Amper kuchining qiymati dF=IBdl (1) bo`ladi.
Bu kuchning yo`nalishi dl elementning ko`chish yo`nalishi bilan mos tushganligi uchun bajarilgan ish
dA=dFdx=IBdldx (2)
7-rasmdan ko`rinishicha, dl elementning b masofaga ko`chishi tufayli konturning yuzi

d
7-rasm



dS=dldx ga ortadi. Shuning uchun (2) ni quyidagi ko`rinishda yozish mumkin:
dA=IBdS =IdФ (3)
Bu ifodadagi dФ-kontur yuzining dS o`zgarish tufayli kontur yuzini
teshib o`tayotgan magnit oqimining o`zgarishidir. Boshqacha aytganda, konturning o`zgaruvchi dl element ko`chish davomida kesib o`tgan magnit oqimdir. Demak tokli o`tkazgichni magnit maydonida ko`chirishda bajariladigan ish.
dA=IBdS =IdФ
Nazorat savollari.

  1. Magnit maydoni va uni xarakterlovchi kattaliklar.

  2. Konturning magnit momenti.

  3. Magnit maydon induksiyasi, o`lchov birligi.

  4. Magnit induksiya chiziqlari va uning yo`nalishi.

  5. Magnit maydonlar superpozitsiya prinsipi.

  6. Bio-Savar-Laplas qonuni.

  7. Тo`g`ri tok magnit maydonining induksiyasi.

  8. Aylanma tok markazidagi magnit maydon induksiyasi.

  9. Solenoid markazidagi magnit maydon induksiyasi.

  10. Magnit maydonning tokli o`tkazgichga ta’siri. Amper kuchi.

  11. Magnit maydonni zaryadlangan zarraga ta’siri. Lorens kuchi.

  12. Siklik tezlatgichlar.Magnitogidrodinamik generator.

  13. Magnit oqimi.

  14. Тokli o`tkazgichni magnit maydonda ko`chirishda bajarilgan ish.

2-Ma’ruza



Download 1.29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling