Ii sosiy qism


Garmonik aloqalar uchun sub’ekt yaxlit shaxs sifatida namoyon bo’ladi, u


Download 106.5 Kb.
bet2/9
Sana11.10.2023
Hajmi106.5 Kb.
#1698740
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Shaxsning kasbiy kamoloti. Mundajera-fayllar.org

Garmonik aloqalar uchun sub’ekt yaxlit shaxs sifatida namoyon bo’ladi, u
sub’ekt-predmet tartibi - rolli niqob sharti bilan belgilanadi. Bu erda inson
“taraqqiyotning absolyut harakati holatida” bo’ladi.
Keyinchalik shaxsni kasbiy shakllanishi borasidagi qarashlarga
S.L.Rubinshteyn ishlari asos bo’lib xizmat qildi. S.L.Rubinshteyn insonning
hayotga munosabatini ifodalovchi ikki usulni ajratib ko’rsatgan. Birinchi usul -bu insondagi barcha munosabatlar to’liq emas, balki alohida hodisalariga munosabat doirasiga kiruvchi hayotdir. Bunday munosabatda inson hayot sub’ekti hisoblanmaydi, shu bilan birga undan alohida ham bo’lmaydi. Bu erda hayotning o’zi “tabiiy jarayon sifatida” namoyon bo’ladi; inson hayot tarzi bilan uni to’ldiradi. Ijtimoiy hayot insonni o’rniga sub’ekt sifatida namoyon bo’ladi.Bu erdaa xloq beayblik, yomonlik qilmaslik, tabiiylik, insonning tabiiy holati sifatida namoyon bo’ladi, shu bilan bir qatorda bu erda yaxshilik va yomonlik o’zaro bog’liqdir. Bu usul insonning hayoti o’zidan o’zi kechadigan hayot-avtomat aloqalariga kiruvchi xususiyat sifatida tavsiflanadi. Ikkinchi usul ichki refleksiyani namoyon bo’lishi bilan bog’liq bo’lib, u“hayotning bu uzluksiz jarayonini to’xtatib qo’yishi, uzib qo’yishi mumkin va insonning g’oyalar dunyosidan chiqarib yuboradi.

Inson g’oyalar dunyosidan tashqaridagi pozitsiyani egallaydi...”.


Bunday refleksiyaning namoyon bo’lishi hayotiy qadriyatlar tizimini aniqlash bilan bog’liqdir.
S.L.Rubinshteyn aynan shu holat bilan voqelikning yangi usuliga o’tish imkoniyatini bog’laydi.
Bevosita aloqalarni uzish va ularni yangi negizlar asosida
tiklash ikkinchi usulga o’tish bilan yakunlanadi.
Shu vaqtdan boshlab “ruhiy bo’shliqqa, negilizmga, axloqiy
skeptizmga, axloqiy beqarorlikka yoki boshqa - yangi anglangan sharoitda axloqiy inson hayotini qurishga yo’l ochila boshlaydi”.
Sanab o’tilgan fenomenlar yangi usulning mavjudligini xarakterlamaydi,
balki shaxs ilgarigidek yashash imkoniyati yo’q bo’lgan vaziyatda qolganda
o’zining beqaror “Men” tizimini buzilishlardan saqlab qola olmasligini anglatadi.
Bu vaziyat ba’zida “o’zini safarbar etish” holati deb nomlanadi. Biroq bu holatni o’zining namoyon bo’lishiga ko’ra o’zini-o’zi safarbar etish deb nomlab bo’lmaydi: tabiatdan, boshqalardan alohida tarzda anglanmagan voqelikni yo’qotish mumkin emas.
SHunchaki, birinchi usulda turmush tarzining hayot- avtomatdan ajratilmaganligi hech qachon axloqiy beqarorlikni keltirib chiqarmaydi.
Hayotiy faoliyat modusi - bu insonning tashqi dunyo bilan o’zaro
hamkorligini, inson turmush tarzi qanday tuzilganligini aniqlab beruvchi ko’pgina munosabatlarning o’zaro bog’liqligini to’liq xarakteridir.
Hayotiy faoliyat modusi faqatgina inson turmush tarzini turli voqeliklarga munosabatini ifodalab qolmasdan, balki individning turli individual qobiliyatlarini ham faollashtiradi.
Uning ta’sir ostida shaxs qadriyatlari, ehtiyojlari sohasi va boshqalar shakllanib boradi. Turli hayotiy faoliyat moduslaridagi munosabatlar tizimi haqidagi tushunchalarning mazmuni quyidagi jadvalda keltirilgan.




  1. Download 106.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling