bu ishga kirish imkoniyati bo’lmagan insonlarni ishga olishining oldini olish
(yoshini to’g’ri kelmasligi, sog’ligi, ma’lumoti, psixofiziologik ko’rsatkichlari);
mavjud kasbga ishchan mehnatni o’z sog’ligiga zarar yetkazmasdan
bajaradigan insonlarni olish;
inson kasbining qaysi turiga qobiliyatli ekanligini aniqlash hamda faoliyatga
tavsiya qilish.
Agar kasbiy tanlovda ikkita vazifa hal qilinsa kasbiy saralashning uchinchi
bosqichi asosiy hisoblanadi
Psixologik kasbiy tanlovda quyidagi shartlar bajarilsa, samarali va maqsadga
muvofiq bo’ladi:
obektiv ijtimoiy-iqtisodiy zaruratning mavjudligi;
aniq kasbiy sohaning mavjudligi bunda ishchining kasbiy layoqati,
yaroqliligi, mehnat samaradorligining ortishda katta ahamiyatga ega;
ishlab chiqilgan va tekshirib ko’rilgan tanlov tizimi diagnostik
metodikalarning bajarilishining ishonchliligi;
kasbiy tanlovni o’tkazish uchun tayyorlangan mutaxassislar ular kasbiy
tanlovni o’tkazish va tashkillashtirishda amaliy tajribaga ega.
Xulosa
“Shaxsning kasbiy kamoloti” mavzusini o’rganish jarayonida shunday xulosaga keldim.
Har bir inson avvalo uziga yoqqan kasbni tanlashi kerak ekanligini tushundim va agar inson o’zi yoqtirmagan na faqat yoqtirmagan uni tabiatiga mos kelmagan kasb egasi bo’lsa bu inson tez charchoqni his qila boshlaydi va shu bilan tezda ishdan bezishiga olib keladi bora-bora bu esa foydali ish koifisentini pasayib ketishga olib keladi.
Aksincha inson o’ziga yoqqan kasbni bilan shug’ullansa u hech charchoqni his qilmaydi bu esa o’zi ustida ko’proq ishlashga, yanada ko’proq bilim olishga va kasbiy kamolotga yetishiga sabab bo’ladi.
Foydalanilgan adabiyotrlar
Do'stlaringiz bilan baham: |