Ii sosiy qism


Kasbiy kamolot – kompetentlik


Download 106.5 Kb.
bet4/9
Sana11.10.2023
Hajmi106.5 Kb.
#1698740
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Shaxsning kasbiy kamoloti. Mundajera-fayllar.org


Kasbiy kamolot – kompetentlik




Ko’p qo’llaniluvchi “kompetentlik” tushunchasi kasbiy shakllanish va kasbiy

etuklikni baholovchi me’yor bo’lib, hali aniq ta’rifga ega emas. U mehnat
sub’ektiga nisbatan aniq faoliyat talablari yoki aynan, sub’ektning aniq
faoliyatning o’ziga xos jihatlariga nisbatan munosabatini tavsiflovchi xususiyat
sifatida qo’llaniladi. Umuman olganda, bu tushuncha shaxsning qandaydir hayotiy
vaziyatlarda, ijtimoiy va kasbiy faoliyatda avtoritarligi, shu soha bo’yicha
tushuncha hamda bilimlarga egaligi bilan tavsiflanadi. A.K.Markovaning fikricha,
muayyan bir shaxsning kompetentligi uning kasbiy shakllanishiga qaraganda
ko’proq uchraydigan tavsifnomasidir. Bunga ko’ra, kasbiy kompetentlikning xilma-xil turlarini ajratish mumkin: maxsus (mehnat jarayonini amalga oshirishda),
ijtimoiy (hamkorlikdagi faoliyatni amalga oshirishda), shaxsiy (o’zini-o’zi
boshqarish va takomillashtirish malakalariga egalik) va boshqalar. Ayrim
mualliflar kasbiy muloqotdagi, mutaxassis shaxsining rivojlanishidagi
kompetentlikni ham ajratib ko’rsatadilar.
Kompetentlikning yuqorida sanab o’tilgan turlari albatta bir insonni to’liq
shaklda tavsiflashi shart emas, chunki, shaxs yaxshi mutaxassis bo’lishi mumkin,
lekin o’zini-o’zi boshqarish yoki shaxslararo kasbiy muloqot malakalariga ega
bo’lmasligi mumkin, qolaversa, yuqori darajada kasbiy kompetentlikka ega bo’la
turib, shaxsiy va ijtimoiy kompetentligi past bo’lishi mumkin.
Aytish mumkinki, o’z navbatida professionalizm darajasi sub’ektning
professionalizatsiyani yo’nalganligi, ko’rsatgichi va mazmuni hamda
mutaxassisning professionallashuv darajasiga ta’sir etuvchi ijtimoiy, psixologik,
iqtisodiy va boshqa keng doiradagi kompetentliki bilan shartlangandir.
Dj. Raven (2003) tadqiqotlari kompetentlikning tuzilishli-funksional
konsepsiyani asoslashga imkon berdi va u quyidagilarda aks etadi:
Eng avvalo, shaxs qadriyatlari, ijtimoiy-siyosiy ishonchi va fikrini
aniqlovchi shaxs motivatsion-qadriyatlar sohasini tizimli ravishda namoyon
bo’lishi va shakllanishining ahamiyati;
Shaxsiy qadriyatlarning mehnat jarayonini tashkil qilish va mazmuniga
nisbatan bevosita qiziqish, liderlik, tashkilotchilik kabi xususiyatlarda aks etishi;
Kompetentlikning tabiati kognitiv, emotsional va irodaviy
jarayonlarning, individning maqsadga erishishini ta’minlovchi masalalarni
echishga, hal qilishga tayyorligini baholash mezoni va namoyon bo’lishiga
asoslangan bo’ladi;
Kompetentlik faqatgina o’zining faol komponentlari hisobiga emas, balki
yangi hayotiy vaziyatlarda namoyon bo’lishi mumkin bo’lgan passiv
komponentlari hisobiga ham shakllanib boradi;
Kompetentlik o’zining bir-biridan mutlaqo mustaqil, lekin bir-birini
o’rnini ahamiyatli darajada samarali xulq-atvor omili sifatida egallab tura oladigan,
ko’p sonli komponentlari yordamida aniqlanadi.
Kompetentlikning komponentlari qatoriga kognitiv, emotsional, irodaviy
sifatlardan tashqari o’ziga ishonch (o’zining kasbiy bilimlariga, liderlik
qobiliyatiga va b); qaror qabul qilish va uning ijrosini boshqarish malakasiga ega
bo’lish; qiziqarli umumiy maqsadlarni qidirish, anglash va qaytarma aloqani
qo’llashdagi samarali faoliyat; o’zini-o’zi boshqarish, o’zini-o’zi takomillashtirish
qobiliyatlariga ega bo’lish; o’zini-o’zi nazorat qilish, moslashganlik, murakkab
muammolarni hal qilishga tayyorlik va tavakkalchilikka moyillik, qafiyatlilik,
kasbiy ma’suliyatlilik va boshqalarni kiritishimiz mumkin.
E.F.Zeerning ta’kidlashicha, kasbiy kompetentlikning funksional taraqqiyotini
tadqiq qilish kasbiy kamolotga erishish chog’ida kompetentlikning turli
ko’rinishlari integratsiyalashib borishini va ularning kasbiy muhim shaxs sifatlari
bilan aloqasi kuchayib borishini ko’rsatdi. Aytish joizki, kompetentlikning asosiy
darajalari kasbiy tayyorgarlik va tajriba, o’z-o’zini anglash, o’z kuchiga ishonish, o’zga insonlar tomonidan ko’rsatilgan kamchiliklarni to’g’ri qabul qilish va shu
kabi boshqa kasbiy kamolotni belgilab beruvchi shaxs xususiyatlari kiradi.
Taxmin qilish mumkinki, mehnat sub’ektining sanab o’tilgan
professionallashuv ko’rsatkichlari, mutaxassis bo’lish (malaka, kompetentlik) va
sub’ektning kasbiy etukligi orasida o’zaro aloqa va o’zaro ta’sir mavjud. K.Mak -
Goven va L.Xartlar asosiy urg’uni o’z tarkibiga kasbiy rollarni amalga oshirish va
yangi qadriyatlarni, ustanovkalarni va kasbiy sifatlar tarkibini rivojlanishi uchun
talab etiladigan maxsus bilim va ko’nikmalarni o’zlashtirishni qamrab oluvchi
ijtimoiy o’rganish jarayoniga qaratadilar. Pedagoglarning kasbiy shakllanishini
tadqiq qilish natijasida quyidagicha tahliliy xulosaga kelingan: pedagog-talabalar
tanqidiy tafakkur, shaxslararo munosabatlar, nizolarni bartaraf etish kabi sohalar
yuzasidan maxsus bilim, ko’nikmalarni o’zlashtirishlari, qolaversa, kompyuter
texnologiyalari va turli metodlarni qo’llay olishlari zarur.
Kasbiy sifatlarining shaxsiy va ijtimoiy aspektlarining muvofiqligi g’oyasi
“psixoijtimoiy sifatlar” tushunchasida to’laligicha aks ettirilgan bo’lib, u kasbiy
taraqqiyotning ijtimoiy kontekstlari bilan bog’liq kasbiy sifatlarni anglatadi. Bu
bilan shaxs taraqqiyoti va faoliyatni amalga oshirishda ijtimoiy muhitning roli
alohida ko’rsatib o’tiladi. Muammoga bu jihatdan yondoshish G.Teshfelning
ijtimoiy sifatlar nazariyasi yuzaga kelgandan so’ng ommalashib ketdi. Faoliyat va
o’zaro hamkorlikni o’zlashtirish natijasida shakllanuvchi ijtimoiy sifatlar ishchilar
guruhining o’zaro munosabatlariga hamda individning kasbiy taraqqiyotiga ta’sir
o’tkazadi.
Kasb-jamiyatga zarur bo’lgan faoliyatning tarixan yuzaga kelgan shakllaridir.
Uni bajarish uchun inson bilim, ko’nikma va malakalar yig’indisiga mos keluvchi
qobiliyat va kasbiy muhim sifatlarga ega bo’lish lozim. Kasb (aniq bir kishi nuqtai
nazaridan)-bu faoliyat bo’lib, uning yordamida ushbu shaxs jamiyat hayotida
ishtirok etadi va bu unga yashash uchun zarur bo’lan moddiy vositalar asosiy
manbai bo’lib xizmat qiladi. Shuningdek, u shaxsiyo’zini o’zi amalga oshirishning
vositasi ham hisoblanadi.
Mutaxassislik-kasb ichidagi kasbiy faoliyat ko’rinishlaridan biridir. Biroq
birmuncha qisman, oraliq natijalarni erishishga yo’nalgan (muhandis-tadqiqotchi,
muhandis-o’qituvchi, muhandis-konstrkutor).
Professionallik - ahamiyatli kasbiy natijalarga erishish va faoliyatini yuqori
darajada amalga oshirish imkonini beruvchi, psixik sifatlarni zarur me’yoriy
to’plamiga ega bo’lgan shaxsning ichki tavsifnomasidir.
Har qanday holatda xam shaxs kasb tanlash jarayonida 2 ta savolga to’qnash
keladi va unga javob berishga harakat qiladi. Xususan, tanlayotgan kasbim menga
qay darajada to’g’ri keladi yoki men tanlagan kasbimga mosmanmi? Boshqacha
qilib aytganda, menga tanlagan kasbim qay darajada yoqadi? Menda ushbu kasbga
nisbatan layoqat, qobiliyat, imkoniyatlarim yetarlimi? Yuqoridagi savollarga javob
berish shaxs kasbiy ta’limining samaradorligini bildiradi va kelgusidagi
muvaffaqiyatli faoliyatini ta’minlaydi.


  • Kasbiy tanlov - insonning aniq kasbga, ish joyiga yaroqliligini aniqlovchi
    omildir. Kasbiy tanlov 4 jihat bo’yicha farqlanadi: tibbiy, fiziologik, pedagogik,
    psixologik.


  • Tibbiy kasbiy tanlov tibbiy muolajalar orqali amalga oshiriladi: inson
    organizmining rivojlanishi, shakllanishi aloxida funksional tizimlarni tekshirish
    orqali amalga oshadi.


Fiziologik tanlov-insonning funksional holatini inobatga oladi: ishchanligi
va charchash darajasi stress omillariga munosabati tavakkal sharoitlarda samarali
tashkil qilish qobiliyati, kechki smenalar, axborotlarning noaniqligi va boshqalar
kiradi.

1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling