Ii sosiy qism
Kasbiy tashviqot va targ’ibot tizimi
Download 106.5 Kb.
|
Shaxsning kasbiy kamoloti. Mundajera-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Psixologik tanlovning quyidagi tomonlari mavjud
- Ikkinchi jihat
.Kasbiy tashviqot va targ’ibot tizimi. .Kasbiy maslahat tizimi. .Kasb tanlash tizimi. .Kasbiy moslashuv tizimi. Sanab o’tilgan fenomenlar yangi usulning mavjudligini tavsiflamaydi, balki, shaxs ilgarigidek yashash imkoniyati yo’q bo’lgan vaziyatda qolganda o’zining beqaror “Men” tizimini buzilishlardan saqlab qola olmasligini anglatadi. Bu vaziyat ba’zida “o’zini safarbar etish” holati deb nomlanadi. Biroq bu holatni o’zining namoyon bo’lishiga ko’ra o’zini o’zi safarbar etish deb nomlab bo’lmaydi: tabiatdan, boshqalardan alohida tarzda anglanmagan voqelikni yo’qotish mumkin emas. Shunchaki, birinchi usulda turmush tarzining hayot- avtomatdan ajratilmaganligi hech qachon axloqiy beqarorlikni keltirib chiqarmaydi. Munosabat murakkab ko’rinishga ega bo’lib, unda shaxs xususiyatlari asosiy o’rin egallaydi. Shaxs - ijtimoiy munosabatlar mahsuli deyilishining, asosiy sababi, uning doimo insonlar davrasida hamda ular bilan o’zaro ta’sir doirasida bo’lishini anglatadi. Bu shaxsning eng etakchi va nufuzli faoliyatlaridan biri muloqot ekanligiga ishora qiladi. Har bir inson o’zgalarini tinglashga, o’z fikrini birovlarga etkazishga, ya’ni fikr bildirishi, ya’ni ba’zan yozma tarzda bayon etishga tug’ma qobiliyatliday o’zini tasavvur qiladi. Lekin ana shu birovlarni tushunish va o’z fikrlarimiz, o’ylarimizni birovlarga etkaza olish qobiliyati aslida bizning insoniy munosabatlar tizimida ekanligimizni, har birimiz o’zimizga o’xshash inson jamiyatisiz mavjud bo’la olmasligimizni bildiradi. Insoniy munosabatlar shunday o’zaro ta’sir jarayonlariki, unda shaxslaro munosabatlar shakllanadi va namoyon bo’ladi. Bunday jarayon dastlab odamlar o’rtasida ro’y beradigan fikrlar, his-kechinmalar, tashvishu-quvonchlar almashinuvini nazarda tutadi. Odamlar muloqotida bo’lishgani sari, ular o’rtasidagi munosabatlar tajribasi ortgan sari ular o’rtasida umumiylik, o’xshashlik va uyg’unlik kabi sifatlar paydo bo’ladiki, ular bir-birlarini bir qarashda tushunadigan yoki “yarimta jumladan” ham fikr ayon bo’ladigan bo’lib qoladi, ayrim hollarda esa ana shunday muloqotning tig’izligi teskari reaktsiyalarni - bir-biridan charchash, gapiradigan gapning qolmasligi kabi vaziyatni keltirib chiqaradi Shaxslararo munosabatlarni o’rganish psixologiya fanida eng dolzarb muammolardan hisoblanadi. Chunki inson shaxsining eng nufuzli va etakchi faoliyatlaridan biri bo’lgan muloqot va u orqali o’zaro munosabatlar odamlar orasida umumiylik, o’xshashlik, uyg’unlik kabi sifatlar paydo bo’lishiga olib keladi. Ayniqsa, oila muhitida shaxslararo munosabatlarning, chunonchi, ota-ona va farzand orasidagi munosabatlarning o’ziga xos tomonlari shaxsning hayoti, faoliyatining samarasi va mazmuniga bevosita ta’sir etadi. Shunday ekan, insonlar orasida amalga oshadigan shaxslararo munosabatlar va uning shaxs xususiyatlariga ta’sirini o’rganish hozirgi kunda psixologiya fanida muhim va dolzarb muammolardan hisoblanadi. Kasbiy tanlovning psixologik tomonini asosiy vazifalari quyidagilar: J Qobiliyatlar va kasbiy muhim bilim, ko’nikma va malakalarning diagnostikasini o’tkazish; J Olingan ma’lumotlarni kasbiy talablar bilan muvofiqligi; Ushbu shaxsning mazkur kasbda faoliyat yuritishi muvaffaqiyatli va muvaffaqiyatsiz kechishini oldindan prognoz qilib xulosa berishi mumkin. Kasbiy tanlov jarayonida kasbiy yaroqlilik xam aniqlanadi. Kasbiy yaroqlilik u yoki bu mehnat faoliyatiga yaroqlilik bilan belgilanadi. Kasbiy yaroqlilik bu mehnat faoliyatini samarali tashkil qilish uchun zurur bilim, ko’nikma, malakalar hamda psixologik va psixofiziologik xususiyatlarini majmuidir. U yosh, malaka, kasbiy qobiliyatlar, motivasiyaga bog’liq. Kasbiy moslashuv shaxsning kasbiy faoliyatini o’rganishda muhim o’ringa ega. Kasbiy moslashuv bu shaxsning asta-sekinlik bilan kasbga kirib borishi va malakali mutaxassisga aylanishidir. Kasbiy moslashuv ta’lim bosqichidayoq elementar faoliyatga va bevosita ish joyida amalga oshuvchi jarayon tayyorlov bosqichiga asoslangan holda o’zida mujassamlashtiradi. Kasbiy moslashuv jarayoni murakkab va shaxsning butun hayotini qamrab oladi va bu vaqtda nafaqat kasbiy tajriba, balki mutaxassis shaxsining o’zi ham shakllanadi. Kasbiy yaroqlilik tizimining to’rtinchi darajasi attestasiya hisoblanadi. Attestasiya bu shaxsning kasbiy tavsifnomasini muayyan malaka kategoriyasiga muvofiqligini baholash tizimi hisoblanadi. Attestasiya bahosi asosan nomzoding bilim, ko’nikma va malakalari hisobga olinadi.Ko’rsatilgan baholash va kasbiy yaroqlilik tizimi shaxsning obektiv va subektiv imkoniyatlarini hisobga olish va mehnat faoliyati uchun qulay muhitni yaratishni hisobga olishdan iborat. Psixologik tanlovning quyidagi tomonlari mavjud: ✔ Aynan psixologik tizim haqida qimmatli ma’lumotlarni olish va diagnostik jihatdan qayta ishlash. ✔ Ushbu kasbiy faoliyat turiga nisbatan qobiliyatlarni shakllanishini prognozlash. ✔ Prognozni aniqlashtirish va tekshirish. Psixologik mazmunga ko’ra, kasbiy tanlovning 3 ta jihati ajratib ko’rsatiladi. Birinchi jihat - muayyan kasbni tanlash uchun zarur motivasiyani aniqlash va shakllantirish. Bunda shaxsiy qiziqishlar tanlagan kasbning ijtimoiy mavqe, uning iqtisodiy manfaatdorligi va nihoyat kasbning shaxs bilimlari bilan muvofiqligi kasb tanlashga ta’sir qiladi. Motivasiya mehnat va kasbiy ta’limningo’zida muhim ahamiyat kasb etadi, shu bois kasb tanlash vaqtida ularni o’z vaqtida aniqlash va korreksiyalash muhim sanaladi. Motivasiya aynan shu kasbda faoliyat yuritishda shaxsiy qiziqishlarni ta’minlaydi. Bu esa o’z navbatida ushbu faoliyatdagi dastlabki ijobiy ustanovkalarni belgilab beradi. Ikkinchi jihat kasb tanlashning psixofiziologik omillarni talab qilmaydi, lekin shu bilan bir qatorda u yoki bu mutaxassislik bo’yicha faoliyat yuritayotgan shaxsga turli darajadagi kuch va vaqt talab etiladi. Kasbiy tanlovning uchinchi jihati - shaxsning stressga barqarorligini tekshirishdir. Umuman xavfsiz kasbning o’zi yo’q. Har qanday kasbda tezkor va nostandart reaksiyalarni talab etuvchi alohida sharoitlar yuzaga kelishi mumkin. Ta’lim dasturlarida ko’pincha favqulodda vaziyatlardan chiqish ko’nikmalarini shakllantirishga ahamiyat berilmaydi. Bunda nerv tizimi temperament, shaxsdan alohida xususiyatlarni talab qiladi. Xatarli va favquloddagi vaziyatlarda shaxsning chidamliligni kasbiy tanlov bosqichida aniqlash muassasa, tashkilot va ish joylarida kadrlar taqsimoti jarayonini samarali olib borishni ta’minlaydi. B.F.Lomovning fikricha, kasbiy tanlov jarayoni nomzodning obektiv tavsifnomasini yetarli darajada ta’minlab beruvchi qator uzviy bosqichlarni qamrab oladi. Birinchi bosqichda ish joyi yoki faoliyatning fiziologigienik va psixologik xususiyatlari baholanadi. Bu to’g’ridan to’g’ri ushbu faoliyatni o’rganish yoki ishlab chiqilgan me’yoriy talablar va ish yurituvchi hujjatlar, ko’rsatma, texnologik xarita, o’quv dasturlari, ma’lumotnomalami qo’llash orqali amalga oshiriladi. Bu bosqichda muayyan ish jarayonida yuzaga kelishi mumkin bo’lgan noqulay vaziyatlarni aniqlash muhim hisoblanadi Faoliyatni o’rganish asosida ushbu mutaxassislik bo’yicha nomzodga qo’yiladigan talablar tizimi ishlab chiqildi: -tibbiy talablar (sog’liq holati, umumiy tibbiy ko’rsatkichlar); -talimiy talablar (umumiy va maxsus tayyorgarlik darajasi); -xarakterologik talablar (xarakter va shaxs xususiyatlari, motivasiya); -psixologik va psixofiziologik talablar (xotira, diqqat, tafakkur, reaksiya tezligi, emotsional barqarorlik, markaziy nerv tizimining xususiyatlari va boshqalar) Ikkinchi bosqich shaxsning kasbiy muhim sifatlarini baholash uchun izlanuvchanlik dasturini tanlash va qayta ishlash. Hujjatlar tahlili tavsiyalar, tavsiyanomalar, suhbat usullari qo’llaniladi. Tanlangan metodikalar qator talablarga, jumladan, ma’lumotlilik va ishonchlilik talabiga javob berish lozim. Uchinchi bosqichda tanlangan testlarni tekshirish va nazorat qilish bosqichi. Asosiy maqsad tanlangan metodikalar qanchalik faoliyat natijasini prognoz qila olishini aniqlashdir. To‘rtinchi bosqichda kasbiy tanlovni o’tkazish jarayonidir. Kasbiy tanlovni o’tkazishning muhim sharti standartlik hisoblanadi. Tadqiqot sharoiti ya’ni test, ko’rsatmalar, blankalar, natijalarni qayta ishlash barcha nomzodlar uchun bir xil bo’lishi lozim. Testdan foydalanish tajribasining ko’rsatishicha, ko’rsatmalarning ozgina bo’lsa ham o’zgarishi tadqiqot natijalariga ham o’z ta’sirini o’tkazadi. Nomzodning o’zi tadqiqot natijalariga motivasiyalashganligi ham muhim. Shu boisdan, tadqiqot o’tkaziladigan muhit do’stona, samimiy bo’lishi kerak. Natijalar tahlili standart bo’lishi lozim. Natijada barcha nomzodlarning natijalari muayyan guruxga birlashadi. Ko’pincha kasb tanlashda quyidagi tasnif qo’llaniladi: -mutlaqo yaroqli; -shartli ravishda yaroqli; - yaroqsiz. Shaxsga kasb, kasbiy soha, mutaxassislik tanlanadi, bu ko’proq uning individual psixologik xususiyatiga mos keladi, buning natijasida u o’zining to’liq imkoniyatini mehnat faoliyatiga tadbiq etadi. Kasbiy o’quv muassasalarda kasbiy tanlov va kasbiy saralash mehnat ekspertizaning alohida shakli sifatida namoyon bo’ladi. Shuni nazarda tutish kerakki, espertizaning birinchi va ikkinchi shaklini sifatli o’tkazish uchun asosiy vazifalar belgilangan: Download 106.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling