II. XV-XVII asrlar adabiyot


Adabiy aloqalar. Taijima adabiyoti va adabiyotshunoslik


Download 30.67 Kb.
bet2/4
Sana29.07.2020
Hajmi30.67 Kb.
#125112
1   2   3   4
Bog'liq
Temur va temuriylar davlatining asoslanishi


Adabiy aloqalar. Taijima adabiyoti va adabiyotshunoslik

asarlari

G‘oyaviy-ma’naviy sarchashmalari Qur’oni karim, Hadisi sharif va tasawuf ta’limoti hisoblangan Sharq adabiyoti namoyandalari badiiy ijodida adabiy ta’sir, adabiy aloqalar masalalari g'oyatda muhim ahamiyat kasb etadi. Mumtoz she’riyatda g'oyani qay holda rangin ifodalanishi she’ming badiiyatini belgilovchi omil ekan, shubhasiz, Sharq xalqlarining mumtoz ijodkorlari bir-birlarining adabiy tajribalaridan ilhomlandilar, ilg'or adabiy an’analami davom ettirib, uning yuksalishiga o‘zlarining hissalarini qo'shdilar.

XTV asr o'rtalaridan XVII asigacha bo'lgan davr o'zbek mumtoz adabiyoti o‘ziga qadar shakllangan Sharq xalqlari adabiyoti ilg'or an’analarini teran o'rganib, kamol toptirgan, ayni choqda, keyingi bosqich shoirlari uchun maktab bo‘larli adabiy meros qoldirgan muhim jarayondir. Bu davrda Rudakiy, Firdavsiy, Fariduddin Attor, Jaloluddin Rumiy, Xoqoniy, Nizomiy, Salmon Sovajiy, Xusrav Dehlaviy, Sa’diy, Hofiz va Kamol Xo'jandiy singari buyuk Sharq so‘z ustalarining asarlari turli xalq vakillari tomonidan sevib o'qilar, Movarounnahr, Xorazm, Xuroson, Eron, Ozarbayjon, Hindiston va boshqa yurtlaming kotiblari tomonidan kitobat qilinar, musawirlari tomonidan asarlari minatyuralar bilan ziynatlanar, tazkiralarda bu ulkan iste’dod sohiblari haqida ma’lumotlar berilardi. Zikri o'tgan davrda ijod etgan Lutfiy Shoshiy, Abdurahmon Jomiy, Alisher Navoiy kabi shoirlar Sharq adabiyotining ulug‘ namoyandalari Hofiz va Sa’diy singarilar qatoridan o‘rin oladi. Mashhur Ozarbayjon shoiri Nizomiy Ganjaviy asos solgan xamsachilik an’anasi bu davrda o'zining eng yuksak cho'qqisini zabt etdi. Haydar Xorazmiyning «Gulshanul-asror» dostoni Nizomiy Ganjaviy «Panj ganj»ining ilk dostoni «Maxzanul-asron>ga javobiya tarzida turkiy tilda bitildi. Ulug‘ fors-tojik shoiri Abdurahmon Jomiy o'zining «Haft avrang» asari bilan xamsachilik taiaqqiyotini yangi bosqichga ko'tardi. Turkiy tilda Alisher Navoiyning «Xamsa» asari vujudga keldi. Shuningdek, bu an’anani davom ettirgan marog'alik shoir Mavlono Ashraf Alisher Navoiyning tahsiniga sazovor bo‘lgan «Xamsa»sini yaratdi.

Ulug‘ o‘zbek shoiri Alisher Navoiyning qalb daftari varaqlanar ekan, unda buyuk mutafakkiming o‘z ustozlari sha’niga aytilgan ko‘plab dil so'zlari, haroratli satrlari ko‘zga tashlanadi. Ayniqsa, Nizomiy Ganjaviy, Amir Xusrav Dehlaviy, Nuriddin Abdurahmon Jomiy, Mavlono Lutfiy, Shayx Muslihiddin Sa’diy, Shamsuddin Xoja Hofiz Sheroziy singari Sharq she’riyati allomalariga bo‘lgan yolqinli muhabbati yorqin sezilib turadi. Mubolag'asiz aytish mumkin, Alisher Navoiyning biron bir asari yo'qki, unda o‘sha buyuklar sharafi ulug'lanmagan bo‘lsin! Shu nuqtai nazardan, uning «Xamsa»si katta ahamiyat kasb etadi. «Hayratul-abror» dan ko‘chirilgan mana bu satrlami his-hayajonsiz mutoala qilish imkondan tashqaridir.

Menki talab yo‘lida qo‘ydim qadam,

Bordur umidimki, cbu tutsam qalam.

Yo‘ldasa, bu yoMda Nizomiy yo‘lum,

Qo‘ldasa, Xusrav bila Jomiy qo‘Ium,

Nukta sururida ravo bo‘lmag‘ay,

Buki Navoiyga navo bo‘lraag‘ay.

(Alisher Navoiy. Xamsa. Toshkent, 196O, 32-bet) Ko‘rinadiki, Alisher Navoiy so‘z mulkining ma’ruf dostonsarolaridan ma’naviy madad so'raydi, ular ruhi va asarlarining ma’naviy-ma’rifiy xayrixohligiga katta umid bog‘laydi. O‘zbek, tojik, oza&ayjon, hind shoirlari ijodida qur’oniy-irfoniy g‘oyalar hamda xalq og‘zaki ijodi ta’siri tobora teranlashib boradi. Markaziy Osiyo xalqlari yozma adabiyotida sayyor mavzularga murojaat etish ham o'zaro adabiy aloqalaming bir ko'rinishi sifatida namoyon bo‘ladi. Bu hodisa davr ijodkorlari tomonidan yaratilgan asarlarda o‘z ifodasini topishi bilan bir qatorda, keyingi davr shoirlari ijodida yanada takomillashtiriladi. Jumladan, o'zbek shoiri Duibekka nisbat beriladigan «Yusuf va Zulayho» asari mavzuiga Ozarbayjon shoiri Xatoiy, tojik shoiri Abdurahmon Jomiylar murojaat qilib, an’ana zaminida yangi ijodiy asar bunyod qildilar. Shuningdek, Xoja Imomuddin Lohuriy, tojik shoirlari Xotifiy va Hiloliy, Ozarbayjon shoirlari Fuzuliy va Haqiriy hamda yana bir qator qalamkashlar «Layli va Majnun» mavzuini qalamga olishdi. Bu sayyor mavzular xalqlar orasidagi do'stlik, adabiyotlar o'rtasidagi adabiy aloqalar rishtalarini yanada mustahkamladi.

XV asming zabardast shoirlari Nuriddin Abdurahmon Jomiy va Alisher Navoiyning do'stlik hamda ijodiy hamkorlik munosabatlari o‘zbek, tojik adabiy aloqalarini yanada yuksak pog'onaga ko'tardi. Ayniqsa, Alisher Navoiyning ikki tilda ijod qilishi bu borada muhim ahamiyat kasb etdi. Alisher Navoiy ijod maktabining tojik, turkman, ozarbayjon va yana qator turkiy xalqlar adabiyoti rivojiga ko'rsatgan ijobiy ta’sirini akademiklar A.M.Mirzoyev, H.Orasli, B.A.Qoriyev singari yirik adabiyotshunoslar ilmiy o'rganib, adabiyotshunoslik fani uchun nihoyatda zarur bo‘lgan qimmatli mulohazalami bayon etdilar.

  1. M.Mirzoyev Alisher Navoiyning fors-tojik adabiyoti oldidagi xizmatlari haqidagi qarashlarini xulosalar ekan, yozadi: «Shu tariqa Alisher Navoiy nafaqat turkiy adabiyotning buyuk bir namoyandasi, adabiyot va san’at ahlining homiysi hamda XV asming ikkinchi yarmidagi Movaraunnahr, Xuroson va Eron xalqlarining ilmiy- adabiy va san’ati taraqqiyotiga qudratli asoschi bo‘libgina qolmay, balki Abdurahmon Jomiydan keyin, XV asr fors-tojik g‘azalchiligining eng buyuk vakillaridan biri sifatida, bizning adabiyotimiz tarixidan ham munosib o'rin oladi» (Mirzoyev A. Foniy va Hofiz.-«Navoiy va adabiy ta’sir masalalari». Toshkent, 1968, 62-bet). Xuddi shuningdek, Ozarbayjon adabiyoti ravnaqida ham Alisher Navoiy ijodidan bahramand bo'lish alohida ahamiyat kasb etadi, deyish mumkin. Jumladan, shoir Muhammad Fuzuliy o'zining «Layli va Majnun» dostonida Alisher Navoiy an’analarini davom ettiribgina qolmay, uni takomillashtirdi.

O‘zbek shoirlarining nomachilikbobidagi yutuqlari ozarbayjon shoiri Xatoiyning «Dahnoma» asarini yozishga, Amiriy, Yaqiniy, Ahmadiy va boshqalaming munozaralari Fuzuliyni shu janrda bir necha asar yozishga ilhomlantirdi. Turli xalqlaming shoirlari bir-birlarining asarlariga nazira yozdilar, g'azallariga taxmis bitdilar, tazmin qildilar. Mavlono Lutfiy va Alisher Navoiy kabi shoirlar fors-tojik tilida ham ijod qilgan bo'lsalar, tojik shoiri Binoiy o‘zbek tilida asarlar yozdi (Mallayev N. O‘zbek adabiyoti tarixi, Toshkent, 1976, 221-bet).

Bu davrda taijima adabiyoti ham bir qator muvaffaqiyatlami qo‘lga kiritdi. Ayniqsa, erkin taijima borasida Qutb Xorazmiy tomonidan o‘zbek tiliga o'girilgan Nizomiy Ganjaviyning «Xusrav va Shirin» dostoni hamda Sayfi Saroyi tomonidan Shayx Sa’diy «Guliston»ini «Guliston bit-turkiy» nomi bilan taijima qilishi yuksak ma’naviy ahamiyatga molik. Shuningdek, Ma’sud ibn Ahmad Sa’diy Sheroziyning «Bo'ston» asarini turkiy tilga o'girdi. «Malikul- kalom» Mavlono Lutfiy esa Sharofiddin Ali Yazdiyning «Zafamoma»si asosida turkiyda o‘n ming misra hajmidagi qahramonlik dostonini yozadi.

  1. asr o‘rtalaridan XVII asrgacha bo'lgan davrda Sharq adabiyoti, jumladan, o'zbek mumtoz adabiyotida turli janrlarda badiiy jihatdan mukammal asarlar vujudga keldi. Bu hodisa o‘z navbatida adabiyotshunoslik fanining taraqqiy etishida keng imkoniyatlar yaratdi. Ayni davrda ham adabiyotshunoslik hamda adabiy tanqid o'ziga xos yo‘nalishda, turli-tuman shakllarda namoyon bo‘ladi. Taniqli shoirlaming asarlarini to‘plash, kitobat qilish ana’anasi davom etadi. Jumladan, temuriy hukmdorlaridan Shohruh Mirzoning uchinchi o‘g‘li Boysunqur Mirzo rahbarligida fors-tojik shoiri Abulqosim Firdavsiy «Shohnoma»sining bir necha qo'lyozmalarini chog'ishtirish asosida ishonchli mukammal matn vujudga keltiriladi. XV asming ikkinchi yarmida Xusrav Dehlaviyning kichik she’riy asarlarini to'plab, alohida devonlar holida tartib berilishi, ko‘paytirilishi ham muhim adabiy hodisadir. Shuningdek, XIV-XV asrlar adabiyoti bo‘yicha yangi tazkiralar tuzildi. Zamonasining iqtidorli olimi va shoiri Faxriy Hirotiy «Radoiful-ash’or» («Radifdosh she’rlar») bayozini yaratdi. Navoiy asarlari asosida «Badoyiul-lug'at» kitobi vujudga keldi.

Mazkur davrda adabiy-tanqidiy qarashlar faxriya, debocha, manoqib, turli sheriy parchalar, sher va shoirlik haqidagi maxsus asarlar, tazkira va tarixiy kitoblar tarkibida rivoj topdi. Bu hodisa oldingi davriarga qaraganda, adabiyotshunoslikning ancha ravnaq topganligi hamda adabiy-tanqidiy qarashlami ifodalashda aniqlikka etiboming birmuncha kuchayganligini ko'rsatadi. Chunonchi, aruz vazni, qofiya, muammo janri va adabiyotning boshqa dolzarb masalalari haqida bir necha asarlar vujudga keldi. Shayx Ahmad Taroziyning sheriy janrlar, sanatlar, qofiya, muammo hamda turkiy aruzga doir risolalarini ozida mujassam etgan «Funun ul-baloga» kitobi, Yahyo Shaybakning aruzga doir ikki
Download 30.67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling